Maktabda Furqat ijodini o'rganish 3

Maktabda Furqat ijodini o'rganish 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Maktabda Furqat ijodini o'rganish 3 - rasmi

Material tavsifi

Maktabda Furqat ijodini o'rganish Adabiy ta'limda Furqat ijodi doimiy ravishda o'rganib kelingan. Sho'ro davrida ham adib asarlari darsliklardan muqim joy olgan edi. U davr adabiyotshunosligidagi cheklangan jihatlar shoir ijodini o'rganishda ham aynan aks etgan edi. Ijtimoiy voqelik, tuzum talabiga ko'ra shoirning dasturga kiritilgan asarlari asosan ijtimoiy va mafkuraviy nuqtai nazardan talqin qilingan. Mustaqillikdan keyingi davrda Furqat ijodi kengroq ko'lam va o'zgacha nigoh bilan o'rganila boshladi. Oldingi uchta dasturga ko'ra adib qalamiga mansub bitiklar umumta'lim maktablarining 6-, 8- va 10-sinflarida o'rganildi. Endi bu asarlarni o'qitishda didaktik va estetik yondashuv yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, ular bag'rida jo bo'lgan irfoniy mazmunga ham etibor qaratilmoqda. Oxirgi qabul qilingan dasturda ko'ra Furqat ijodi 9-sinfda o'rganilishi belgilangan. Biz bu maqolada so'nggi dasturga ko'ra darslikka kiritilgan shoir lirikasi namunalarini o'rganish yuzasidan mulohazalarimizni bayon etamiz. Furqat umrbayoniga oid ma'lumotlar darslikda etarlicha berilgan. O'qituvchi mazkur biografik dalillarni kengroq sharhlab, qo'shimcha izohlar bilan bayon etib berishi kerak. Ushbu soatda faqat hayot yo'li, boshdan kechirganlari so'zlab berilmaydi, balki adabiy merosi hamda ijod olamiga ham umumiy nazar tashlanadi. Bu borada yana darslikdagi materiallar muallimga yordamga keladi. Bizningcha, birinchi soatni quyidagicha reja asosida o'tkazish maqul bo'ladi: 1. Furqatning hayot yo'li: tahsil olishi, mehnat faoliyati, sayohatlari, oilaviy hayoti va turmush tarzi, chet eldagi hayoti. 2. Furqatning publitsistik faoliyati: Turkiston viloyatining gazeti bilan aloqasi, maqolalari. 3. Adibning ilmiy asarlari. 4. Furqatning tarjimonlik faoliyati. 5. Shoirning badiiy olamiga ekskursiya. Darslikda shoirning ma'rifatparvarlik yo'nalishidagi ijodi to'g'risida umumiy fikrlar aytilib, sherlari sanab o'tilgan, lekin ular haqida tavsifiy tahlil berilmadi. O'qituvchi darslikka qo'shimcha ma'lumot sifatida shu ruhdagi sherlardan namunalar keltirishi, ayrimlarini sharhlab o'tishi lozim bo'ladi. ma'rifatparvarlik sherlarning barchasi masnaviy yo'lida yozilgan bo'lib, ularda maorifni isloh qilish, ilmga davat, fan va madaniyat yangiliklarini targ'ib etish g'oyalari surilganligiga tarbiyalanuvchilar diqqati tortiladi. Mashg'ulot so'ngida darslikdagi savol va topshiriqlar hamda o'qituvchining o'zi tuzgan qo'shimcha savollari asosida suhbat o'tkazish mumkin. Darslikda berilishiga ko'ra tahlilga tortilishi kerak bo'lgan Furqatning Fasli navbahor o'ldi, ketibon zimistonlar g'azali tabiat lirikasining namunasi. Unda ko'klam kelishi bilan tabiatda ro'y berayotgan go'zal o'zgarishlarni g'oyat sinchiklab kuzatgan shoirning qalb kechinmalari aks etgan. Fasli navbahor o'ldi ketibon zimistonlar, Do'stlar, g'animatdur, sayr eting gulistonlar. O'quvchilar diqqati bu sherda ham xuddi Muqimiyning Navbahor g'azalidagi singari yilning eng dilbar faslidagi go'zallikdan do'stlarni bahramand qilish istagi ifodalanganligiga qaratiladi. Mumtoz adabiyotda uzoq intiq kutib, orzuga etgan damlardan oldingi intizorlik davrini qorong'ulik sifatida tasvirlash an'ana ekanligini aytib, talabalardan o'tilgan mavzular bo'yicha mazkur fikrga misollar (misralar yoki baytlar) eslashni so'rash o'rinli bo'ladi. Navoiy Farhodning tug'ilishini Shabistonda tug'di bir yangi oy deb ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.09 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.09 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga