R e j a 1. Maqsud Shayxzoda ijodining ozarbayjon va o'zbek adabiyotlarida tutgan o'rni. 2. Maqsud Shayxzodaning tarjimai holi. 3. Maqsud Shayxzodaning ozarbayjon tilidagi ilk ijodi. 4. Maqsud Shayxzodaning o'zbek tilidagi poeziyasi. 5. Maqsud Shayxzoda dramalari. 6. Maqsud Shayxzoda ijodining tanqid va adabiyotshunoslikdagi talqini. Maqsud Shayxzoda (1908-1967) Maqsud Shayxzoda XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga sezilarli hissa qo'shgan istedodli shoir, dramaturg, adabiyotshunos olim, tarjimon va mohir pedagogdir. U 1908 yilning 25 oktyabrida Ozarbayjonning mashhur Ganja viloyatidagi Oqtosh shahrida tabib oilasida dunyoga kelgan. Millati ozarbayjon bo'lgan bu yigit 1921-1925 yillarda Bokudagi Dorulmualliminda Abdulla Shoiq, Husain Jovid kabi mashhur shoirlardan ta'lim olgan. So'ng Dog'istondagi Darband, Bo'ynoq shaharlarida o'qituvchilik qilgan hamda Boku Pedagogika institutining sirtqi bo'limini tugatgan. O'sha yillari Shayxzoda bazi qarashlari uchun nohaq ravishda millatchilikda ayblanib, 1928 yilda Toshkentga surgun qilinadi va umrining oxirigacha shu yerda qolib ketadi. O'zbekistonda Shayxzoda Narimonov nomli maktabda dars berdi, Sharq haqiqati, Qizil O'zbekiston, Yosh leninchi gazetalarida ishladi. 1933-1935 yillarda u O'zbekiston Fanlar Komiteti aspiranturasida o'qidi, so'ngra til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1935-1938 yillar) sifatida tadqiqot ishlari olib bordi. 1938 yildan to umrining oxirigacha Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutida o'zbek adabiyoti tarixidan dars berdi. Maqsud Shayxzoda Ozarbayjondalik chog'idayoq badiiy ijod sohasida mashqlar qila boshlagan bo'lib, 1921 yilda Kommunist gazetasida Qizil askar qo'shiqi sarlavhali birinchi sheri bosilib chiqqan edi. 1923 yili ozarbayjon tilida uning 28 aprel inqilobi dramasi nashr etilgan bo'lib, havaskorlar tomonidan sahnaga qo'yilgan, lekin badiiy jihatdan zaif bo'lganligi uchun keyinchalik biron marta ham qayta bosilmagan edi. 1927 yilda Shayxzodaning Ozarbayjondagi Maorif va madaniyat jurnalida Narimon haqinda xalq masali degan ilk dostoni elon qilingan bo'lib, u yosh shoirning hayotni kengroq ko'lamda qamrab olishga intilayotganligidan, izlanishlar jarayonini boshidan kechirayotganligidan dalolat berardi. Toshkentda Shayxzoda o'z ona lisoniga juda yaqin bo'lgan o'zbek tilida ijod qila boshlaydi hamda badiiy adabiyot olamidagi izlanishlarini davom ettiradi. Shu izlanishlarning dastlabki samarasi sifatida 1929 yilda Sharq haqiqati gazetasida Shayxzodaning Traktor deb atalgan o'zbek tilidagi birinchi sheri bosilib chiqadi. Bu sher badiiy jihatdan zaif bo'lsa-da, yosh shoirning o'z oldiga inson mehnatini ulug'lash uchun munosib tashbehlar topishga intilishdek ezgu maqsad qo'yganligidan guvohlik berar edi. Shundan keyin birin-ketin yosh shoir Maqsud Shayxzodaning sheriy kitoblari nashr etiladi. Ular jumlasiga Loyiq soqchi (1932), O'n sher, Undoshlarim (1933), Uchinchi kitob (1934), Jumhuriyat (1935), O'n ikki, Yangi devon (1937), Saylov qo'shiqlari (1938) sheriy to'plamlari kiradi. Mazkur kitoblardagi sherlarida Shayxzoda rus mumtoz poeziyasidan, ayniqsa, V.V.Mayakovskiy ijodidan ta'sirlanib, o'zbek adabiyotida erkin vaznni qo'llay boshladi hamda rus va sharq sheriyati an'analarini chambarchas chatishtirib yuborishga ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.14 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.14 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:19 ]
Arxiv ichida: doc