«Maxabharata» eposi Qadimiy hind adabiyotining ikkinchi yirik eposi bu «Maxabharata»dir. Epos Hindiston tarixi bilan chambarchas bog'liqdir. Chunonchi, mamlakatning «Bharat» deb nomlanishi «Maxabharata» voqealaridan meros. Hindiston degan nom faqat o'rta asrlarda Hindistonga musulmonlar kirib kelganidan keyin shakllangan. «Maxabharata» so'zi ikki so'zdan, yani «maxan» «buyuk» va «Bharata» shohning ismidan tashkil topgan bo'lib «buyuk Bharata» deb tarjima qilinadi. Bharata ham Hindistonda odil va xalqparvar shoh sifatida nom qoldirgan bo'lib, keyinchalik uning ismi butun mamlakatning nomiga aylanib ketgan. Bharata Hindistonning markaziy qismlarida joylashgan Hastinapur davlatining (hozirgi Dehlining atrofi) shohi bo'lgan. Bharata aql va kuch qudratda tengi yo'q shoh. Uning davlatida barcha baxtli, farovon va to'q turmush kechirgan. Tarix sahifalarida shoh Bharata nomi bilan bog'liq juda ko'p afsonalar mavjud. «Maxabharata» eposi ham uning shohlik davrini ta'riflash bilan boshlanadi va ettinchi avlodidagi taxt uchun kurash tarixini bayon qiladi. Hastinapur shohligi an'anaga ko'ra avloddan avlodga o'tib kelavergan va uning barcha avlodlari ham o'z ota-bobolaridek odil va xalqparvar shoh sifatida nom qoldirganlar. Shu sabab bu mamlakatda ko'p asrlargacha tinch hayot hukm surgan. Lekin Bharataning ettinchi avlodida tarixda birinchi marta amakivachchalar o'rtasida taxt uchun kurash boshlangan. Mana shu kurash tarixi «Maxabharata» asarining asosiy syujetini tashkil etadi. «Maxabharata» eposi «Ramayana»ga nisbatan hajm jihatidan ancha katta asardir. U o'n sakkiz kitobdan iborat ko'p syujetli asar an'anaviy qoliplash, yani hikoya ichida hikoya usulida yaratilgan. «Maxabharata» sanskrit tilida nazmda yaratilgan bo'lib keyinchalik boshqa hind milliy tillariga va ko'pgina chet tillarga tarjima qilingan. «Maxabharata»ning yozma adabiyotga kirib kelish tarixiga kelsak, u, avvaliga, asrlar davomida xalq og'zaki ijodida avloddan avlodga ko'chib kelgan. Bu davr mobaynida u yana yangi − yangi syujetlar bilan boyib borgan. Keyinchalik afsonaviy bir avliyo, «Maxabharata» personajlaridan biri bo'lmish Vyasa tomonidan so'zlab berilishi natijasida uning yozma nusxasi dunyoga kelgan. deb taxmin qilinadi. «Maxabharata» voqealari «Ramayana» voqealariga nisbatan keyinroq sodir bo'lishiga qaramasdan yozma adabiyotga «Ramayana»dan avval kirib kelgan. Hind mutaxassislarining aytishicha «Maxabharata» voqealarining bo'lib o'tgan davri meloddan avvalgi ikkinchi ming yilliklar bo'lsa, uning bizgacha etib kelgan eng daslabki yozma nusxasi melodning V-VI asrlariga to'g'ri kelishi aniqlangan. «Maxabharata» ham «Ramayana» eposidek yarim afsonaviy va yarim tarixiy asardir. Uning afsonaviyligi eposdagi obrazlar tizimining mabud, yarim mabud, farishta, inson va hayvonlardan tashkil topib ular orasida bo'lib o'tadigan turli g'ayri tabiiy voqealarning tasvirlanishi bilan bog'liq bo'lsa, eposning tarixiyligi barcha davlatlar va shohliklar, ularning hukmdorlari, voqealar tafsilotida uchraydigan shaxs va joylar nomining tarixda haqiqatan ham mavjud bo'lganligi, ayrimlarining nomi esa hanuzgacha saqlanib qolganligi bilan belgilanadi. «Maxabharata» eposi hinduizmning muqaddas kitobi sanaladi. Chunki, bu asar orqali hind xalqi o'zining ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.55 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.55 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:19 ]
Arxiv ichida: doc