MDX xalqlari adabiyoti faniga kirish Reja: 1. «MDX xalqlari adabiyoti» ning xususiyatlari. 2. «MDX xalqlari adabiyoti» ning bo'limlari. 3. «MDX xalqlari adabiyoti» ning taraqqiyot bosqichlari. Dunyoda xalqlar tili, dini, etik-stetik ideallari, an'analari bilan farq qiladi. Xar bir xalq adabiyoti xam uziga yarasha go'zallik, san'at, jilosi bilan farqlanadi. Birok xar bir adabiyot umumiy xususiyatlarga egaki, ular kuyidagilardan iborat: 1. Gumanizm Insonparvarlik. Xar bir asar insonni uluglaydi, inson his-tuyg'ularini, orzularini kuylaydi, insonni ezozlaydi, yovuzlik, zolimlikka qarshi turadi. Adabiyot inson kungil mulkining, uning ruhiy olamining dardu xasratlari, his-tuyg'ularini kuylaydi. Adabiyot doimo insoniyatga yaxshilik qilish g'oyasini ilgari suradi. Xazrat Alisher Navoiy aytganlaridek: Bu kungil gamnokidin to shodumon kurdum sani, Istaram, xar damki ulgay xotiram gamnokrok. Prozaik asarlarda xam, sheriyatda xam urushga qarshi, zulm-zuravonlikka qarshi g'oyalar kuylanadi. 2. Yozuvchining xoxlagan metodidan foydalanish imkoniyatiga egaligi. Ilgari fakat sotsialistik realizm metodi uluglangan bulsa, endilikda realizm, romantizm va boshqa g'arbdan kirib kelgan metodlarda erkin ijod qilish mumkin. 3. Adabiyotning kupmillatli ekanligi. Adabiyot fakat bir xalqka xos bulmasdan, balki xar bir xalqning adabiyoti bordir. Adabiy asarlar xam fakat bir xalqka tegishli bulmay, butun dunyoga tarkaladi va jahonning barcha kitobxonlari kungil mulkiga aylanadi. Masalan, Firdavsiyning «Shoxnoma»si, Umar Xayyom ruboiylari, Navoiy asarlari, Pushkin sherlari shunday asarlar jumlasiga kiradi. 4. Adabiyotning partiyaviy emasligi. Adabiyot xech qanday partiyalarga buysunmaydi. U kaysidir bir sinf g'oyalarini emas, umuminsoniy, ezgu g'oyalarni kuylaydi. 5. Adabiyotning ngi yozuvchisiga ega ekanligi. Davr o'zgarishi bilan adabiyotda xam o'zgarish paydo bo'ladi. qarashlar, fikrlashlar, g'oyalar uzgaradi. Tor kobigiga uralib olgan, eski fikrlarga yopishib olgan yozuvchilar emas, dunyoni asliday kuradigan, ilg'or fikr, dunyoqarashga ega bo'lgan yozuvchi-shoirlar adabiyotga ulkan xissa kushadilar. Masalan, XX asrning 20-yillarida rus adabiyotida V.Mayakovskiy, XIX asrning 2-yarmida kozok adabiyotida Abay Kunonbaevlar sheriyatga yangi shakllar, sheriy janrlar olib kirgan ijodkorlar sanaladi. 6. Adabiyotning xalqchilligi. Bu xususiyat, asosan, asarning tilida, urf-odatlarning aks etishida kurinadi. xalq psixologiyasi, ruhi tula aks etgan asar, milliy koloritga boy bo'lgan asar xalqchil asardir. Shuning uchun badiiy asarga kirib kelgan xar bir detal, obraz asarning milliyligi va xalqchilligini ta'minlashi lozim. 7. Adabiyotning erkin ekanligi. Bu uning asosiy xususiyatlaridan biridir. Xar qanday tazyikdan xoli, fakat g'oya uchun yaratilmagan asar erkin adabiyotga kiradi. Mana shu xususiyatlariga ko'ra MDX xalqlari adabiyotlari bir-biriga yaqindir. Bu adabiyotni biz bo'limlarga bo'lib urganamiz: I. Markaziy Osiyo va Kozogiston xalqlari adabiyoti. Bunga tojik, turkman, kirgiz, kozok, korakalpok xalqlari adabiyoti kiradi. Klassiklarimizdan Xusrav Dexlaviy, Abdurahmon Jomiy, Sadiy kabi shoirlarimiz ijodi tojik adabiyoti uchun sarchashma bulsa, XIX asrda Axmad Donish, Toshxuja Asiriy, XX asrda Sadriddin Ayniy, Sherali Loyik, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.9 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.9 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:19 ]
Arxiv ichida: doc