Mirtemir ijodi R e j a Mirtemirning o'zbek sheriyati rivojiga qo'shgan hissasi. Mirtemirning hayot yo'li. Mirtemir sheriyati. Mirtemir dostonlari. Tanqid va adabiyotshunoslikda Mirtemir ijodining o'rganilishi. M I R T Ye M I R (1910-1978) Mirtemir hozirgi zamon o'zbek sheriyatining rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan ardoqli lirik shoirdir. Komil Yashin takidlaganidek, Mirtemir XX asr o'zbek sheriyatining tamal toshini qo'ygan ustoz, oqsoqol shoirlarimizdan. U g'oyatda mehnatkash, jafokash, xassos, bilimdon, kamtar so'z san'atkoridir. Vatanparvar shoir klassik adabiyotimizning barhayot an'analarini, xalq og'zaki ijodini chuqur o'rganib, hozirgi o'zbek adabiyotini boyitdi, yuksaklikka ko'tarishda zo'r kuch sarf etdi. Mirtemir Tursun o'g'li 1910 yili Qozog'iston Respublikasi Turkiston shahrining Iqon qishloqida tug'ildi. U ibtidoiy eski maktabni bitirgach, 1921-1923 yillarda Toshkentdagi Almaiy nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiyalandi. Mirtemir 1925 yili yerlar bilim yurtiga o'qishga kirib, uni 1929 yilda tamomladi. So'ngra O'zbekiston Davlat Pedagogika akademiyasida tahsil oldi. Mirtemir adabiyotga 20-yillarning o'rtalarida kirib keldi. Uning birinchi sheri Tanburim tovushi 1926 yilda Yosh leninchi gazetasida bosilib chiqdi. Shundan so'ng shoirning qalami yarim asrdan ziyodroq vaqt mobaynida bir nafas ham yozishdan to'xtamadi. Mirtemir oz muddat oliy maktablarda dars beradi, muharririyatlarda xodim, teatrlarda adabiy emakdosh, Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, nashriyotlarda muharrir bo'lib ishlaydi. Shoirning birinchi sherlar to'plami Shulalar qo'ynida nomi bilan 1928 yilda chop etilgan. Unda Vatan madhi, mehnat gashti, yosh zamondoshlarning ma'naviy dunyosi asosiy mavzu sifatida tarannum etiladi. Bu to'plam o'z davrida sheriyatimizda quvonchli voqea bo'ldi. Qo'limizdagi to'plam, - degan edi Sotti Husayn mazkur kitobga yozgan so'zboshisida, - o'zbek adabiyotiga yangi qo'zg'alon, yangi umidlar bag'ishlaydi. Shulalar qo'ynidagi sochmalardan haqiqatan kurash, isyon, zafar taronalarini tinglab olarsiz Mirtemirning Zafar (1929), Qaynashlarim (1932), Bong (1932), Ochlar o'lkasida (1936), Poytaxt (1936), O'ch (1943), Tanlangan sherlar (1947), Tanlangan asarlar (1958), Sherlar (1961, 1964), Yangi sherlar (1967), Qush tili (1970), Tingla hayot (1974), Kipriklarim (1976), Izlayman (1976), Yodgorlik (1978) kabi to'plamlari adibning sermahsul ijodkor ekanidan dalolat beradi. Mirtemir ijodining dastlabki davridanoq izlanuvchan shoir sifatida tanildi. U davrimizning mohiyati keng ko'lamli ekanini, uni ifodalash uchun esa yangi-yangi poetik shakllar zarurligini yaxshi tushundi. Shuning uchun ham u ko'proq sochma sherlarga murojaat qildi. Ularda qalbini to'ldirgan, tinchlik bermagan hislarni ifodalashga urindi: Tun singari asta bosib keladi, Suv singari sarin jilib keladi. Tog' eliday shoshqin esib keladi. Ko'l mavji singari tinib keladi. Naqadar mung yotar bu pardalarda, O'tgan umrning ohi zorimi? Qushlar chirqillamas tol panalarda, Usta barmoqlarning ko'ring qorini Shoir ijodiy kamoloti uning O'ylar, Qizqaldoq, Qoya, Mening bolaligim, Bog'imning chechaklari , Lolazordan o'tganda, Quyoshning zabti kabi lirik sherlarida yanada aniq ko'rinadi. Bu sherlar shiraga to'lgan, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.52 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.52 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:20 ]
Arxiv ichida: doc