Miryoqub obrazining ijtimoiy-ma'naviy tadriji ( Cho'lponning kecha va kunduz romani ) O'zbek adabiyotidagi ilk romanlar fonida Kecha romani hayotni badiiy tadqiq etish yo'lining o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu o'ziga xoslik Cho'lponning inqilob arafasidagi Turkiston voqeligini uning qahramonlar ruhiyatida qoldirgan izlari orqali ochishga intilishida ko'zga tashlanadi. Yani, yozuvchining ko'zlagan g'oyaviy-badiiy niyati ijtimoiy va psixologik tahlillarning uyg'unlashuvi hisobiga amalga oshishi lozim edi. Boshqacha aytsak, Kecha o'zbek nasridagi ilk ijtimoiy-psixologik roman sifatida dunyoga kelgan. Romanchiligimizning ilk cho'qqisi - «O'tgan kunlar»dan farq qilaroq, «Kecha»da voqealar silsilasi emas, inson xarakteri, uning ruhiyasida kechayotgan jarayonlar markaziy o'rin tutadi. Cho'lponning romanchiligimiz taraqqiyotiga qo'shgan eng muhim yangiliklaridan biri ham shundadir. A.Qodiriy adabiyotimizga g'arbona shaklni olib kirgani holda, tasviru talqinda klassik nasrimiz - xalq kitoblari, jangnomayu qissalarimizga xos an'analar yo'lidan bordi, ularni yangi, yuksak bir pog'onaga ko'tardi. Romanning beqiyos shuhrat topishi, qo'lma-qo'l bo'lib, gap-gashtagu boshqa marakalarda o'qilishining sababi ham shunda - milliy zamin bilan chambarchas bog'liqligida bo'lsa, ehtimol. Birinchi roman sifatida O'tgan kunlar o'z vazifasini ortig'i bilan uddaladi - g'arb adabiyotiga xos janr milliy zaminga o'tqazildi. Biroq, malumki, bu paytga kelib Yevroparomanchiligi yuksak darajada taraqqiy etib ulgurgan, uning ilg'or namoyandalari sarguzashtli syujet yaratishdan ko'ra ko'proq insonning murakkab ichki olamini kashf etishga intilardilar. Xususan, rus adabiyotining alplari - Dostoevskiy va Tolstoy o'z asarlarida inson ruhiyasining eng chuqur qatlamlarigacha ko'z tashlab, so'z san'atining insonshunoslik bobidagi imkoniyatlari nechog'li keng ekanligini namoyish qilgandilar. Shu kabi ulug' san'atkorlarga ergashgan Cho'lpon ularning mahorat sirlarini o'zlashtirish va shu orqali milliy romanchiligimiz ravnaqiga xizmat qilishni niyat qilgan bo'lsa, ehtimol. Ikkinchi tomondan, 30-yillar avvalidagi ijtimoiy-tarixiy sharoit va unga bog'liq yozuvchining ruhiy holati ham ayni shu usulni taqozo qilgan ko'rinadi. Yani, Cho'lpon yaqin o'tmishni, Turkistonning tarixiy taraqqiyot yo'lini o'zi yaqindan bilgan ijtimoiy tiplar ruhiyasi orqali anglamoqchi, o'zini qiynagan savollarga javob topmoqchi bo'ladi. «Kecha va kunduz»da psixologik tahlil nuqtai nazaridan yuksak mahorat bilan yaratilgan xarakterlardan biri, shubhasiz, Miryoqub obrazidir. O'z oldiga qo'ygan g'oyaviy-badiiy niyat talabi bilan Cho'lpon Miryoqub ruhiyati tahliliga, uning psixologik jihatdan isxonarli bo'lishiga jiddiy etibor beradi. Professor O.Sharafiddinov bu obraz haqida to'xtalib: «Miryoqub obrazining ziddiyatli qirralarini belgilagan narsa shundaki, u, bir tomondan, yangicha burjua odamiga xos sifatlarga ega, ammo, ikkinchi jihatdan, o'z muhitidan butunlay uzilib ham ketgan emas1»,-deb yozadi. Cho'lpon Miryoqub ruhiyasidagi tadrijni tasvirlarkan, qahramonining o'z muhitidan uzilib» chiqishini, buning ijtimoiy-ruhiy ildizlarni ko'rsatishga intiladi. Miryoqubning ichki olamini ochish, uning ma'naviy qiyofasini o'zgartirgan, ijtimoiy siyosiy qarashlarini shakllantirgan (garchi bu narsa «Kecha»da nihoyasiga yetmagan bo'lsa-da) ruhiy jarayonni, bizningcha, bir-biriga uzviy bog'liq bo'lgan uch bosqichda ko'rsatadi: 1) psixologik zamin; ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.61 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.61 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:20 ]
Arxiv ichida: doc