Monaxlar haqida o'ttiz ikki hikoya

Monaxlar haqida o'ttiz ikki hikoya

O'quvchilarga / Adabiyot
Monaxlar haqida o'ttiz ikki hikoya - rasmi

Material tavsifi

«Monaxlar haqida o'ttiz ikki hikoya» Reja: 1. Qadimgi hind dramaturgiyasi 2. Birinchi hind dramaturgi BXASA 3. Dramaturg Shudraka ijodi Tayanch so'z va iboralar: Bxasa, Saumilla, Kaviputr, xayoliy Vasavadatta, Ganapati Shastri, Trivandrum pesalari, Svapnavasavadatta, Pratidjnyaugandharayana, chopar, elchi, Gxatotkach, Bxim, duta, Dutagxatotkach, Urubxanga, Karnabhara, Karn, Duryodxon, Balacxarita, Abxishekanataka, Avimaraka, Protimnataka, Romeo va Juletta, Charudatta, Vasantasena, Yaugandxarayana, Pratidjnyaugandxarayana, Shudraka, Loydan yasalgan aravacha, Mrichchxakatika, Bechora Charudatta, Aryaka, Palaka, Maytreya, getera, Kalidasa, Dandin, Mirza Rusva. «Monaxlar haqida o'ttiz ikki hikoya» asari «Panchatantra», «Shoh taxti haqida o'ttiz ikki hikoya» yoki bo'lmasa «To'tining etmish hikoyasi» kabi asarlardagidek qoliplash usulida yozilmagan. Bu asarga qoliplash usulining zarurati ham bo'lmagan. Chunki hikoyalar bir-biri bilan to'qima syujet orqali bog'lanib ketavergan. Bir tomondan, hikoyalar Afandi hikoyalari tarzida bo'lib ularda ahmoqlar ustidan qo'lish bosh maqsad qilib olinadi, lekin tanqidga olinganlar jamiyatning istagan vakili emas, balki aynan monaxlardir, lekin istagan monax emas kambag'allar toifasiga kirib qolgan monaxlardir. Ularni hind jamiyatidagi shivaitlar «Bharataka» deb nomlaydilar. Asar haqida turli taxminlar mavjud. Ulardan biri I.Xertel taxmini bo'lib, uning fikricha «Bharatakadvatrinshati» hikoyasida jayn dini monaxlari haqida so'z boradi. Asar muallifi jayn dini vakili Munisundari (1360-1447) deb taxmin qilinadi. Asar hikoyalarida jayn monaxlarining shivaitlar bilan g'oyaviy kurashi tasvirlangan. Bu albatta taxminiy fikrlardir. Lekin shunga qaramasdan jaynlar orasida keng tarqalgan anekdotlar bu fikrda qandaydir asos borligini, qisman bo'lsa-da, isbotlaydi. Asarning uslubi juda oddiy, hattoki tili anchagina sodda, leksik jihatdan kambag'al desak ham xato bo'lmaydi. Har bir hikoya boshiga kiritilgan ikki misra sherni hisobga olmaganda sheriy kiritmalar deyarli yo'q. Asar tarkibidagi dialektlarning (ayniqsa gujarati dialekti) ko'pligi ham asarning xalq og'zaki ijodidan ko'p foydalanganligidan darak beradi. Hikoyalar tarkibida savodsiz va madaniyatsiz o'qituvchilarni masharalash, o'qituvchilar tilida tez-tez ishlatiladigan iboralarning ko'pligi hikoyalarni «maktab qissalari» janriga yaqin turishini ko'rsatadi. Quyida asar hikoyalaridan ayrimlari namuna sifatida keltiriladi. «Karlikning davosi» So'z manosin chaqmagan, bajarar chalkash ishni O'g'lin urgan olimdek bo'lar sharmanda doim. Karantaka kishlog'ida bir qari karquloq monax yashar ekan. Uning o'quvchisi ustozining karligidan qiynalar ekan va unga davo izlamoqchi bo'libdi. Bir kuni u bir tabib uyiga dori so'rab kelibdi. U yerda esa tabib shu kuni birinchi marta sakkiz yoshlik o'g'lini maktabga jo'natayotgan ekan. Otasi unga g'azab bilan qichqirsa ham o'g'li quloq solmayotgan ekan. Shunda otasi debdi: «Ey, nima eshitmayapsanmi?» U hech javob bermabdi. Shunda g'azabdan otasi bolani ustunga bog'lab qo'yib rosa uribdi. Kaltakdan joni og'rigan bola: «Otajon, eshitayapman, eshitayapman» deb javob beribdi. Eshik ortida turgan monax bularning hammasini ko'rib turib o'ziga xulosa qilibdi: «Karlikdan qutulishning davosi shu ekan-da. Men ham ustozimni shunday qilib davolayman». O'quvchi uyiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.79 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.79 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga