Muhammad Yusuf (1954-2002) R e j a: 1. Shoirning tarjimai xoliga bir nazar. 2. Muhammad Yusuf sherlaridagi samimiylik va omma ruhiga yaqinlik. 3. Sheriy to'plamlari haqida ma'lumot. 4. Muhammad Yusuf ijodining o'zbek adabiyotidagi o'rni. Diltortar sherlari oxangrabo kushiklarga aylanib, xar bir o'zbek xonadoniga kirib borgan lirik shoir Muhammad Yusuf 1954 yilning 26 aprelida Andijon viloyatining Marxamat tumaniga qarashli Kovunchi kishlogida dehqon oilasida tug'ilgan.o'rta maktabni shu yerda tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutiga o'qishga kirib,uni 1978 yilda tamomlagan. Ijodga havas uni oliy ma'lumot olgach Toshkentda qolishga undadi. 1978-1980 yillarda Kitobsevarlar Respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent okshomi» gazetasida,1986-1992 yillarda Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida ishladi, 1992-1995 yillarda «O'zbekiston ovozi» gazetasida, O'zbekiston axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda O'zbekiston Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida ukidi, 1997 yildan umrining oxiriga qadar O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi urinbosari lavozimida faoliyat kursatdi. M.Yusuf O'zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998) hisoblanadi. Uning dastlabki sherlari «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» ruznomasida 1976 yilda chop etilgan edi. Bevaqt ulim shoirni oramizdan olib ketdi. Badiiy ijod bilan talabalik davridan shugullana boshlagan, ammo sherga g'oyat mas'uliyat va talabchanlik bilan munosabatda buladigan Muhammad Yusuf ilk to'plami - «Tanish teraklar»ni 1985 yilda nashr ettirdi. Birinchi kitobiyok uni elga tanitdi, to'plamdagi sherlardan dunyoga kelgan diltortar kushiklar esa uni mashxur kildi. Iktidorli shoirning «Bulbulga bir gapim bor», «Uykudagi kiz», «Xalima enam allalari», «Ishk kemasi», «Kunglimda bir yor», «Bevafo ko'p ekan», «Yolgonchi yor», «Erka kiyik», «Osmonimga olib ketaman» kabi kuplab sheriy kitoblari bosilib chikkan. Respublikamizdagi eng yosh xalq shoiri Muhammad Yusuf edi. U 1998 yilda 44 yoshida «O'zbekiston xalq shoiri» unvoniga sazovor bo'lgan. «Badiiy asar tili go'zalligining aniq bir sharti bor: tasvir aniq va ravon bo'lishi,yani tasvir etilayotgan xulk,harakat yoki manzara til tufayli o'quvchilarning kuz oldida aniq va yorkin namoyon bo'lish zarur». Shunga ko'ra Muhammad Yusuf sherlarining tili ravon, aniq, sodda,badiiy tasvir vositalarining me'yorida qo'llanilishi bilan ajralib turadi: Mayli-da kimgadir yoksa, yokmasa, Ularga kushilib yiglasharmidik. Biz baxtli bulamiz, Xudo xoxlasa. Xudo xoxlamasa, Uchrasharmidik. . . Bu misralardan o'quvchi shoir nima demokchiligini tezda tushuna oladi. Shoir sherlaridagi yetakchi xususiyatlardan biri-musikiyligidir.Shuning uchun xam M.Yusuf sherlari kuplab san'atkorlarimiz tomonidan ashula qilib,musiqaga solinib kelmokda: Utar kancha yillar tuzoni, Yulduzlar kuz yoshi -samoni. Utar inson yaxshi-yomoni, Mexr kolur, muhabbat kolur. . . .Nima deysan, ey gayur inson? Giybatlaring kildi meni kon. Sen xam bir kun utursan, inon, Mexr kolur,muhabbat kolur! Muhammad Yusufning sherlari minglab kitobxonlar kalbidan joy olgan.Aytishlaricha, uning yozgan sherlarini xali siyoxi kurimasdan,talashib bastakorlar kuyga solishgan vaqtlar xam ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.51 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.51 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:22 ]
Arxiv ichida: doc