Muhammadsharif So'fizoda

Muhammadsharif So'fizoda

O'quvchilarga / Adabiyot
Muhammadsharif So'fizoda - rasmi

Material tavsifi

Muhammadsharif So'fizoda Reja: KIRISh: Muhammadsharif So'fizoda hayoti va ijodi. ASOSIY QISM. Muhammadsharif So'fizoda ma'rifatparvar shoir. Shoir lirikasi. XULOSA. Muhammadsharif So'fizoda 1880 yilda Chustda hunarmand oilasida tug'ildi. Otasi Egamberdi So'fi pichoqchilik bilan shug'ullangan ekan. Onasi Zaynab xolaning sayi harakati evaziga Muhammadsharif yon qo'shnisi Manzura Otin qo'lida savod chiqaradi, so'ng esa mahallasidagi eski maktabda ta'lim oladi. Bo'lajak shoirning adabiyotga ko'ngil qo'yishida g'azalni did bilan o'quvchi xushovoz ayolning ta'siri katta bo'lgan. So'fizodaning adabiyot dargohiga 90-yillarda, yani Muqimiy o'zining mashhur satiralari bilan badiiy ijodda demokratik yo'nalishini tayin etgan, Furqat ma'rifatparvarlik ruhidagi sherlari bilan bu davr adabiyotining muhim bir xususiyatini belgilab bergan paytlarda kirib keldi. Tabiiyki, uning dastlabki sherlari mana shu ikki katta san'atkorning fusunkor misralari ta'sirida vujudga keldi. Uning -G'ubor dardi alam-,-O'pay-, kabi lirik g'azallari: G'ubor dardu alam siynalarini qildi figor, Figor qilgusi, albatta, zaxru zangu g'ubor, Chu dor ostida qoldim, tarahhum ayla nigor, Nigor qilsa g'azab, lozim o'lmasinmu chu dor, Shoiri shulayi shavqingda mayl bo'ldi nahor, Nahor vasling uchun hajr shom topdi shior. Fanor yoqsa musaffo bo'lur Yamanu, Yasor, Yasor birla barobar qilur Yamandan fanor, Ki zor So'fini bebahrasi hamisha mazor, Mazor baravari mulki, haq yo'lini kezar, Qimorxonaga kirganda dov qo'ysa na or, Na or jonni qo'yib, ishq yo'lida o'lsa qimor, Anor donasidek hasratim qator-qator, Qatori rishtasi nazmimga terildi anor Bu zor Vaxshini qadriga Shamsi xoji etar, Yetar ham ani qadriga xo'p yaxshi bu zor. Hamda -Dakaning-, -Bedanang-, kabi hajviyalari ma'rifat haqidagi qator sherlari uning demokratik adabiyot ostonasiga kirishida o'ziga xos yo'llanma bo'ldi. Shuningdek 1893-1898 yillarda Qo'qonda yashab Muqimiy to'garagida faol qatnashishi shoir dunyoqarashining shakllanishida, badiiy mahoratining o'sishida o'ziga xos maktab bo'ldi. Juda qisqa muddat ichida oddiy pichoqchi Egamberdi So'fining o'g'li Muhammadsharif-Vahshiy-So'fizoda- taxalluslari bilan butun Farg'ona vodiysida shuhrat qozondi. Lekin ijtimoiy tuzum homiylarini sharmanda qiluvchi zaharli hajviyalari shoir boshiga katta tashvish olib keldi. Shoirni dahriy deb elon qildilar.Unga beadab, badasl degan tavqi lanat tamg'asi bosdilar. Bu ham yetmagandek uni qatl etishni lozim topdilar. Shoir qochishga va natijada 1900-1913 yillarda ona-diyoridan uzoqda, darbadar hayot kechirishga majbur bo'ldi. O'rta Osiyo butun shaharlarini kezib chiqdi. Tiflis, Bokuda, Arabiston, Hindiston, Turkiyada bo'ldi. Biroq shoir qaerda bo'lmasin, bari bir ona diyoriga qaytishdan umid uzmadi. U o'z sherlari bilan Kavkaz va Orenburg matbuotida, Toshkentda chiqadigan Turkiston vilyatining gazeti, Sadoyi Turkiston gazetalarida faol qatnashib turdi. Nihoyat, 1913 yilning oxirlarida Chustga qaytib, yangi usuldagi maktab ochdi. Tabiatan dangal, tikso'z, hatto biroz chapani fel bo'lgan shoir maktabi tepasiga shunday deb yozdirib qo'ygan ekan: -Men ul bo'yoqchimanki, maktab xumida rang berib, qora chappalarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.36 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.36 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga