Mumtoz adabiyotda bolalar kitobxonligi asoslari Reja: Bolalar kitobxonligi tabiati Alisher Navoiy - bolalarga Muhammadsharif Gulxaniy - bolalarga. Alifbe manzumalar bolalarning dastlabki o'qish kitobi Tayanch tushunchalar: abdsedariy, mufradot, murakkabot, muqattaot, chiston, lug'z, hijo, abjad, yakka bayt, alifbe-manzuma, abjad, muvashshah, muammo, tarix, musaddas, musamman, hikoyat, maqolat, masal, harfiy san'atlar, alifbe-g'azal, alifbe-ruboiy, alifbe-muxammas, tanbih. Bolalar kitobxonligi tabiati. Bolalar kitobxonligi tushunchasi ikki xil manoviy ifoda kasb etadi. Keng manoda, umuman, bolalarning kitob o'qish hodisasi, ular o'qishiga mo'ljallangan barcha adabiy-badiiy, ilmiy-ommabop asarlar mutolaasi bolalar kitobxonligini tashkil qiladi. Ammo, bolalarga bag'ishlangan ijod namunalari hali mavjud bo'lmagan davrda, ilgaridan davom etib kelayotgan kattalar o'rtasidagi kitobxonlik, qissaxonlikda yoxud didaktik asarlar mutolaa qilishga harakat qilganlarki, buni bolalar kitobxonligining dastlabki ko'rinishi sifatida qayd etish mumkin. Kitobxonlik bu - birgalikda kitob o'qish yoki kitob, kitobatchilik bilan bog'liq tushuncha. Bolalar kitobxonligi haqida munosabat bildirgan Safo Matchonov: kitobxonlik tor manoda kitob o'qishni bildirsa, keng manoda tanlab o'qish, his etish, anglash va fikr bildirish tushunchalarini o'z ichiga qamrab oladi. U badiiy adabiyotdan oziqlanadi, adabiy tanqid va pedagogika ko'magida yuksala boradi, - deb yozadi. Haqiqatan, kitobxonlik keng va tor manoda ham kitob mutolaasiga daxldor. Shu sababli Kitob turli tillarda har xil jaranglasa ham, mohiyatan bir tushuncha ifodalaydi. Masalan, qadimgi xitoycha va turkcha kuchnig- noma, dastxatlarni muqovalash, qadimgi skandinavcha kenning- o'rgatish, ossur tilida kunukku- nashr qilish, ruscha kniga (masalan, Bibliya yunoncha so'z bo'lib, Kitoblar degan manoni anglatadi) - asarlarning nashr etilishi (qadimda esa qo'lyozmalarning ham muqovalash) va nihoyat arabcha kitob - yozilgan, muqovalangan asar, malum matnli varaqlardan iborat, juzlab tikilgan, muqovalangan, hajmi 48 sahifadan kam bo'lmagan bosma (qadim qo'lyozma ham) asar ekanligi malum bo'ladi. Demak, kitob insoniyat olamining yaratgan noyob mo'jizalaridan biri sifatida, ajdodlar aql-idrok kuchining qudratli quroli va ziyo chashmasi ekanligi oydinlashadi. Binobarin, ilk qo'lyozmalar, kitobatchilik an'analari, adabiy-badiiy asarlar o'zbek bolalar kitobxonligining ibtidosidir. Jamiyatning bolalikka munosabati, farzand ta'lim-tarbiyasi haqida qayg'urish ilk kitoblardayoq ko'zga tashlangani shunday mulohazaga asos bo'ladi. Zotan, o'ttiz asr muqaddam Movarounnahr zaminida vujudga kela boshlagan Avesto ana shunday kitoblarning ilk namunasi edi. Avesto tom manoda qadimgi tarixning buyuk sivilizatsiyasidir. U orqali juda ko'p ma'lumotlar, ajdodlarimizning eng qadimiy urf-odatlari, diniy va dunyoviy bilimlari, ta'lim-tarbiyaga oid qatiy qonun-qoidalar, ota-ona va farzand, ustoz va shogird munosabatlari, qiz va yigit bolalarning o'rganishi joiz bo'lgan hunarlari, shuningdek, badiiy tafakkur namunalari insoniyat madaniyatining nodir durdonasi sifatida bizgacha etib kelgan. Avestoshunoslar, adabiyotshunoslar bu kitobning yaratilish tarixi, uning eramizdan oldingi IX asrda ilk kurtaklari bizning yurtimiz hududi - ko'hna Xorazm zaminida paydo bo'la boshlab, VI asrda uzil-kesil shakllangan mazdoparastlik dinining ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.58 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.58 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:22 ]
Arxiv ichida: doc