Muqimiy hajviyasi va hajviyotchilikning yangi bosqichi

Muqimiy hajviyasi va hajviyotchilikning yangi bosqichi

O'quvchilarga / Adabiyot
Muqimiy hajviyasi va hajviyotchilikning yangi bosqichi - rasmi

Material tavsifi

Muqimiy hajviyasi va hajviyotchilikning yangi bosqichi RYeJA: Muqimiy hajvgo'y - shoir; Muqimiy hajviyotining tasnifi; Shoirning «Tanobchilar», «Saylov» va «To'yi Iqonbachcha» asarlari; Muqimiy hajviyotida davr illatlarining fosh etilishi; Muqimiy sayohatnoma janrining asoschisi; Sayohatnomalarda shoirning «meni»; Muqimiy ijodida xalqchillik; Xotima. Muqimiy ijodiy merosida hajviyot salmoqli o'rin tutadi. Muqimiy xajviyoti uning ijodidagi asosiy motivlar bilan uzviy bog'liq bo'lib, shoir ijodiy qiyofasini to'liq tasavvur qilishga, shoir ijodining hayotiy ahamiyatini to'laroq tushunishga yordam beradi. Muqimiy o'z lirikasida ifodalay boshlagan xukmron muhitdan norozilik, mavjud tuzum tartiblardan qanoatlanmaslik mativlari hajviyotda yanada kuchaytirib, keskin tus oldirib, o'tkir tanqidiy asarlarni yaratdi. Muqimiy lirik qahramondagi mavjud tuzumdan qanoatlanmaslik, turmushdagi adolatsizlarga norozilik kayfiyatlari bu lirik qahramonni shu kamchiliklarni tanqid qiluvchi isyonkor qahramonga aylantiradi. Shu manoda Muqimiy-lirik shoir bilan Muqimiy-hajvgo'y tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog'langan bo'lib,biri ikkinchisini to'ldiradi. Farq shundaki, lirik shoir Muqimiy bir hil adabiy usullar ishlatgan, olijanob va samimiy obrazlar yaratgan bo'lsa, endi u hajvgo'y shoir sifatida boshqacha adabiy usullar qo'llab,isyonkor obrazlar yaratdi. Inson qiyofasidagi yozuv mahluqlarning jirkanch basharalarini ochib tashladi. Muqimiy hajviyalari mazmunan boy, mavzu jihatidan rang-barangdir. Uning hajvlari jamiyat hayotning hamma qirralarini qamrab olgan. Ochko'z, xudbin hukmdorlar xos bo'lgan hamma tabaqalarning aniq timsollarini yaratgan. O'zbek taraqqiyparvar adabiyotida yaratilgan ajoyib mashiy jirkanch kishilar tasviri, dastavval, Muqimiy qalamiga mansubdir. Bu tuban jirkanch kimsalar tasviri orasida xukmdorlarning hamma tabaqalarini, boylarni, rus bosqinchilarini, kalta fahm ayrim ruhoniylarni, sudxo'rlar singari jamiyat zararkunandalarini uchratamiz. Muqimiy hajviyalarining mohiyatini ravshanroq ochish va ular to'g'risidagi mulohazalarimizni ravonlashtirish uchun ularni tanqid nishoniga qarab, shartli ravishda uch guruhga bo'lish mumkin: Rus xukmdorlari va mahalliy amaldorlar zulmini ko'rsatishga, ularning jirkanch timsollarini yaratib, fosh qilishga qaratilgan hajvlar «Tanobchilar», «Dodxoxim», «Ahtaring», «Saylov», «Par mevalar», «Dar mazammati sageki, ellikboshi nomi nihoda budand» va boshqalar. Mahalliy xudbin boylar, och ko'z bosqinchilarning kirdikorlarini ochib tashlashga, ularning makru hiylalari zaminida tug'ilgan pastkashliklarini ko'rsatishga qaratilgan hajviyalar: «Maskovchi boy ta'rifida», «Hajvi Viktor boy», «Hajvi Viktor», «Voqeai Viktor», «Dar shikoyati Laxtin», «Voqeai ko'r Ashurboy Xoji», «To'yi Iqonbachcha», «Xoji qadoqchi», «Gap to'g'risida gap» va boshqalar. Jamiyatda tekinxo'rlik bilan kun ko'ruvchi ayrim din peshvolarini tanqid qilishga, ularning fel atvorlaridagi iflosliklarni, kulgili hollarni tasvirlashga bag'ishlangan hajvlar: «Hajvi xalifai Mingtepa», «Dar mazammati qurbaqa», «Avliyo» va boshqalar. «Tanobchilar». Bu hajviya o'z mavzui, turmushni aks ettirishdagi badiiy umumlashma kuchi bilan demokrati adabiyotdagi hajvlar ichida alohida o'rin tutadi. Unda mustamlakachilik tartiblari xukmronlik qilgan davrda rus amaldorlarining xalqqa ko'rsatayotgan zulm-zo'rliklari ravshan hayotiy lavhalarda, tayinlik shaxslar faoliyatida tasvirlangan. «Tanobchilar» hajviyasi amaldorlar zulmiga yo'liqqan oddiy bir dehqonning hikoyasi tarzida yozilgan. Dehqon o'z boshiga tushgan kulfatlarni shunday hikoya qila boshlaydi: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.83 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.83 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga