Muqimiy ijodiy faoliyati va adabiy muhiti

Muqimiy ijodiy faoliyati va adabiy muhiti

O'quvchilarga / Adabiyot
Muqimiy ijodiy faoliyati va adabiy muhiti - rasmi

Material tavsifi

Muqimiy ijodiy faoliyati va adabiy muhiti RYeJA: Muqimiy ijodiy merosining o'rganilishi; Muqimiyning bolalik va o'smirlik yillari; Muqimiy tolibi ilm; Muqimiy ijodining burilish davri; Muqimiy lirikasi; Muqimiy hayot vaqtidayoq uning ijodiy faoliyatiga bo'lgan turli munosabatlar, Muqimiy atrofidagi fikrlar kurashi uning vafotidan so'ng yanada kuchayadi, turli tarixiy sharoitlarda turlicha shaklda davom etadi. Chunki shoir Muqimiyning sherlari siyohi qurimasdan hofizlar tomonidan qo'shiq qilinib xalq orasiga yoyilib ketar edi. Uning asarlarini o'z ichiga olgan qo'lyozma bayozlar asosan XIXasrning 80 yillarining boshlariga to'g'ri keladi. Shulardan biri 1881 yilda kitobat qilingan (Sh.i.f.№1307) bayoz bo'lib, unda Muqimiyning «o'lmasun» radifli bir lirik sheri kiritilgan. 1883 yilda kitobat qilingan boshqa bir bayozda (Sh.i.f.№1821)Muqimiyning yigirmaga yaqin sherlari joylashtirilgan. Bundan keyin tuzilgan bayozlardan esa Muqimiy asarlari borgan sayin ko'proq uchraydi. Bu faktlar Muqimiyning 80-yillar boshidayoq, shoir sifatida keng shuhrat qozonganini ko'rsatadi. 1907 yilda, Nikolay Ostroumov Toshkentda «Devoni Muqimiy» nomli to'plam nashr ettirdi. To'plamining oxiriga N. Ostroumov tomonidan yozilgan maqola ham ilova qilingan bo'lib, bu maqolada muallif shoirning tarjimai xoli haqida ma'lumot beradi, uning shaxsiyati va ijodiy faoliyati baholaydi. N. Ostroumov Muqimiyning «umrini qalandarona o'tkazmoqni lozim» topib, tarkidunyo qilgan, darvishlik tariqatini qabul etgang kishi, deb talqin qiladi. Ostroumov o'z tafsifnomasining oxirida Muqimiy kunduzlari din aqllari xizmatida bo'lar va madrasa xujrasida o'tirar, kechalari esa quron o'qish va sher yozish bilan shug'ullanar edi, deb ko'rsatadi. Shunday qilib, Ostroumov Muqimiyni bu dunyodan voz kechgan tarkidunyo qilgan dindor bir shaxs deb takidlaydi. 1910 yilda Toshkentda Portsev litogrfiyasida «Devoni Muqimiy maa hajviyot» nomi bilan Muqimiy asarlarning to'plami nashr qilindi. 1912 yilda yana Toshkentda Orifjonov tipolitografiyasida Muqimiy asarlarining ikkinchi to'plami nashr qilindi. Bu har ikki to'plamda ham Muqimiy ijodiy qiyofasini yoritishda Ostroumov nuqtai nazari davom ettirilgan. Muqimiy hayoti va ijodini o'rganish masalasiga taalluqli bu faktlar shuni ko'rsatadiki, rus bosqinchilarining olimlari Muqimiy ijodini sohtalashtirib, buzib o'zlarini uning ijodini xomiysi qilib ko'rsatishga uringanliklari ko'rinib turadi. Bu bilan ular Muqimiyni o'z odamlariga aylantirmoqchi va uning halq o'rtasidagi obro'sidan o'z manfaatlari yo'lida foydalanmoqchi bo'lganliklari bilinib turadi. Ularning bunday qobiq niyatlariga qarshi o'laroq o'zbek halqi ayniqsa taraqqiyparvar ziyolilari Muqimiyni o'zining sevikli va qadrdon shoiri sifatida xurmat qilib keldi, uning sherlarini ko'z qorachig'iday asradi, sevib yodladi, eng yaxshi ko'rgan kuylariga solib, tarannum etdi. (Yubileylar haqida, og'zaki). 1938 yilda Respublikamizda Muqimiyning vafotiga 35 yil to'lishi munosabati bilan o'tkazilgan xotirlash yubiley davrida shoir hayoti va ijodini o'rganish sohasida keskin burilish ro'y berdi. Yubileyga tayyorgarlik davrida Muqimiy asarlarini to'plash, o'rganish, nashr etish ustida qizg'in va samarali ish olib borildi, gazeta va jurnallarda ko'plab maqolalar bosildi. Bu maqolalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.82 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.82 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga