Navoiy hassoslik

Navoiy hassoslik

O'quvchilarga / Adabiyot
Navoiy hassoslik - rasmi

Material tavsifi

Navoiyona hassoslik Alisher Navoiy «Badoe ul-bidoya» ning debochasida o'z devonining jiddiy farqini sanab o'tadi. Shulardan biri har harf turkumining avvalgi g'azalini hamd g'azal bilan boshlash bo'lsa, ikkinchisi, devonlardagi o'rniga ko'ra birinchi joylashtirilgan g'azallarni «alohida uslub xaysiyati» da yaratishdir.1 Aslida «Hazoyin ul- maoniy» dagi 1 -g'azal (shoir takidiga ko'ra) Allohga hamd bilan boshlanishi lozim. Biroq devonlarning majmuasidagi o'rniga binoan birinchi g'azal Komil inson madhiga bag'ishlangan. Zehnidagi Quroniy manoyu maqsad va g'oyalar to'laligi bois, Mir Alisher butun umrini, ijodini «risolit durining maxaani», «jahoni sug'ro, xujasta tug'ro», «bog'i riavon guli»- «barchadin ashraf inson» ning «sharif ul- kavnayn» ekanligini farddan dostongacha isbotlashga bag'ishladi. Shuning uchun ulug' shoir «Xazoyin ul- maoniy» ni Haqning sifatlari hamdi bilan emas, balki Haq san'atining yuksak namunasi vasfi bilan boshlab, insonni komilning asl timsoli Muhammad payg'ambarga bag'ishlangan nat g'azal bilan tugadi. Irfon, ishq, ko'ngil kabi insonni mumtoz etgan tushunchalarning asl mohiyatini hayotiy tajribalar orqali chuqur anglab etgan hasos shoir ko'r-ko'rona toat - ibodatni qoralaydi va «Kuntu kanaan»ning siru sinoatini bilish uchun, avvalo, uning mahariyatiga daxldor yagona markaz (Inson) ni o'rganish, tadqiq etish, mo'jizaviy mukammal san'at namunasi ekanligini anglash natijasidagina Haqqa sidqidil hamd aytish muddaosi bilan ijod qiladi. Malumki, ulug' shoirning har bir g'azali o'z mazmun silsilasiga , tizimiga ega. Uning har bir g'azali inson ruhiyatining muayyan bir holati tavsifiga bag'ishlanadi. «Xazoyin ul-maoniy» to'g'risining har bir baytida esa kamolotga etishning etti ruhiy - ma'naviy riyozat maqomi va uning amaliy - nazariy bosqichi, soliq qalib maqomida o'zgarib, Haqqa tobora yaqinlashib borishi ruhiy taraqqiytning natijasi ekanligiga ishora qilinadi. Inson o'zining ilohiyot mazhari ekanligini Ishq va Ko'ngil orqali anglaydi. Devondagi g'azalda tasavvuf ta'limotining markaziy masalasi- kamolotga etishning shartlari (oshiq qalbi va ruhini etti darajada kamolga erishtirish) kuchli ramziyat tizimi asosida talqin etilgan. Shuning uchun har baytda jomu may so'zi takrorlanadi. Ashraqat min shamsil kasi anvor - ul hudo, «Yor aksin mayda ko'r» deb, jomdin chiqdi sado.2 «May kosasining quyoshi aksidan haqiqat yo'lining nurlari porladi.» May kosasi- ishqu muhabbat tufayli yaratilgan butun borliq. Quyosh - Olloh, aksi - tajalliy timsoli. Tasavvufiy adabiyotlarda yozilishicha, inson yaratilgunga qadar jamki borliq ruhsizsiz qorong'ulik shaklida bo'lgan, uni jilolantirish uchun Inson yaratilgan. Shoir «haqiqat yo'lining nurlari porladi» deyish orqali Olloh Komil inson vositasida tajalliy aylanishiga va ikkinchi misrada oddiy olamnnig javhari - ko'ngil ilohiy ismlari mazhari markazi ekanligiga ishora qilgan. Mazkur g'azalda sayrilloh (Olloh tomonga sayr) qalb maqomi va uning darajalari tadrijiy taraqqiyoti soliq ma'naviy - ruhiy kamolotining birlamchi sharti sifatida tasvirlangan. G'azalda ana shu darajalarga ishora bor. Bu g'azal ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.25 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.25 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga