Navoiyning sittai zaruriya qasidalar turkumida inson mumtozligining quroniy haqiqatlar bilan talqin etilishi Insonni o'rganish va poklash, nuqsonlardan xoli holda tasavvur etish, uning ma'naviy kamolotini o'ylash ulug' mutafakkir Alisher Navoiyning oliy orzusi edi. Ulug' shoir chinakam insoniylikni aynan ilohiylikda, ilohiy fayzdan bahramandlikda ko'radi. Quroni Karimda bir necha o'rinda inson Xudoning yerdagi xalifasi, u eng mukarram zot, maxluqotning gultoji, deya ta'riflanadi. Shoir insonning ana shu ulug' sharafga chinakamiga munosib bo'lishini istaydi. Hazrat Navoiy ijodining olamshumul ahamiyatini taminlovchi asosiy omillardan biri ham uning islom ma'naviy xazinasidan, tasavvuf ilmidan bahramand bo'lib Komil inson haqidagi shirin orzularni ulug'lashidadir. Ulug' Navoiy har bir asarida (dostondan fardgacha) Komil insonni ulug'ladi. Shoir yirik hajmli asarlari tarkibidagi hamdlarida insonni boshqa mavjudotlardan ulug' qilib yaratgani uchun haqqa behad madh aytadi. Hamd g'azallarida esa (haq-Inson munosabatlari) haqqa etishning ma'naviy-ruhiy iztiroblari xususida teran mushohada yuritadi. Ilohshunoslik va insonshunoslikka oid asl hikmatlar silsilasi aks etgan 724 baytdan iborat Sittai zaruriya (Olti zarurat) forsiy asarida ham inson Ruhi Mutlaq nisxonalari eng ko'p aks etgan xilqat sifatida ta'riflanadi. Tavhidning mohiyati inson va uning haqiqati bilan izohlanadi. Chunki inson bo'lmaganda ilohiyot haqida gapirishga hojat ham qolmasdi. Inson ruhini va uning xususiyatlarini o'rganish ulug' shoir tasavvurida, bu aslida ilohiyotni o'rganishdir. Alisher Navoiy insonning biologik tuzilishi ustida batafsil to'xtalar ekan, uning to'rt unsur (anosiri arbaa) dan (tuproq-quruqlik, olov - issiqlik, suv - sovuqlik, havo-namlik) iborat ekanligini Sittai zaruriyada shunday tasvirlaydi: Chu az zaminash bardoshti ba sad ezoz, Ba martaba go'zarondi zi torumi xazro Mazmuni: Yuz ezoz ehtirom ila uni (tuproqni) yerdan ko'tarding va martabasini ko'k gumbazidan ham yuqori qilding. Baytdagi ixcham talqindan ko'rinib turibdiki, haq butun borliqdan Insonni alohida ezoz ila ajratadi. Bu ajratish esa bir necha asosni o'zida birlashtiradi. Ulug' shoir qasida satrlaridagi mazkur asoslarning har biriga alohida-alohida to'xtaladi. Borliqdagi narsalarning har biri u yoki bu unsur (tuproq, suv, havo, o't)dan yaralgan bo'lsa, insonda turli, bir-biriga qarama-qarshi unsurlar muttahiddir va ular inson tabiatining murakkabligini belgilaydi. Alisher Navoiy Navodir ush-shabob devonidagi 5- g'azalida o'sha haqiqatni quyidagicha tasvirlaydi: Sarsaroyi har quyun qilg'ay badan tufrog'ining Juzv-juzvin bir-bir ushbu gunbadi gardon aro Inson tanasi va tabiatining to'rt unsurdan iborat ekanligi - tananing qizil (qon), sariq (o't), ho'l (suv) va quruq (tuproq)dan, tabiatining otashiy (flegmatik), xokiy (sangvinik), obiy (melanxolik), bodiy (xolerik) kabi tarkibiy qismlardan yaralganligi Sharq mumtoz adabiyotida ham, Qadimgi Yunonu hind falsafasida ham keng tarqalgan haqiqatdir. Shuning uchun insonga ham moddiy, ham ichki va tashqi jihatdan ziddiyatlar birligi sifatida qaraladi. Inson borliqdagi boshqa mavjudotlardan o'zining ziddiyatliligi bilan ajralib turadi: Chahor zidro ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.86 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.86 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:24 ]
Arxiv ichida: doc