Nizomiy Ganjaviy ijodi Reja: Hayoti va ijodi. Ganjaviy hayoti bilan bog'liq bo'lgan voqea. Dostonlarda hikmat durdonalarining aks etishi. Hayoti va ijodi. Ulug' ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy o'z salaf va xalaflari Hoqoniy Shirvoniy, Qatron Tabriziy, Imoniddin Nasimiy, Muhammad Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov kabi dunyoga mashhur so'z ustalari qatorida sharafli o'rinda turadi. Nizomiyni shoirlarning shoiri, shoirlarning ustodi shohsupasiga ko'targan uning Xamsasi bo'ldi.Panj ganj-Xamsa nomlari bilan mashhur bo'lgan besh dostondan iborat bu asar buyuk badiiy tafakkur va hududsiz istedod hosilasi sifatida Sharq adabiyotining nodir hodisasiga aylandi. Navoiy Nizomiy Xamsasini yuksak baholab, uni el qulog'iga ma'naviy gavharlar etkurib, so'ngra qalbga yo'l olib, uni ham labo-lab to'ldiruvchi mo'jizbayon asar deb ataydi. Navoiy o'zining Majolisun-nafois asarida turli xalqlarga mansub bo'lgan, lekin Hirot adabiy muhiti bilan bog'liq holda Xamsa yozishga ahd qilgan Marog'ali Ashraf,Ali Osiy, Fasih Rumiy, Xoja Imodiddin Loxuriy, Abdullo Xotufiy, Kotibiy Turshuziy kabi shoirlarni xarakterlab o'tadi. Ilyos Yusuf o'g'li Nizomiy 1141 yilda Ozarbayjonning Qadimiy Ganja shahrida tug'iladi. Ota-bobolari o'z davrining ma'rifatli kishilaridan edilar. Ilyosning bobosi Zaxi Muayyaddinni olim va shoir bo'lganligini naql qiladilar. Ilyosning onasi Ganjada yashovchi kurd oilasiga mansub bo'lgan. Nizomiy shoirning taxallusidir. Navoiy: Bebaho so'z durlarini o'z o'rniga qo'ya olganligi uchun taqdir uni Nizomiy deb atashga axd qildi, deb yozadi: Nozim o'lub so'z duru serobiga, Charx «Nizomiy» yozib alqobiga. Navoiy Nizomiy taxallusiga «Shayx», «Hakim» kabi sifatlovchi so'zlarini qo'shib aytadi. Bu esa uning ma'naviy rahnamoligiga va faylasuf shoirligiga ishoradir. Nizomiy o'z davrining hamma ilmlarini egallagan nodir istedod sohibi bo'lib etishadi. O'z ijodini lirik asarlar yozish bilan boshlagan Nizomiy ustozlar og'ziga tushdi. Hoqoniyning yuksak bahosiga sazovor bo'ldi. Shuhrati bugun O'rta va Yaqin Sharqqa yoyildi. Nizomiy istedodini payqagan, uni tan olgan o'sha davr hukmdorlari saroyga taklif etdilar. Lekin u saroyga bormadi. Nizomiyning ijod bobidagi shon-shuhratidan xabar topgan Darband hokimi izzat-hurmat yuzasidan shoirga Ofoq ismli cho'ri qizni tortiq qiladi. Lekin Ofoq Nizomiyning cho'risi emas, hayotining eng mo'tabar kishisi, turmush yo'ldoshiga aylanadi. Ofoq juda qisqa umr ko'rdi. 1180 yilda vafot qildi. Lekin Nizomiyga Muhammad ismli o'g'il yodgor bo'lib qoldi. Hayotdagi eng yaqin kishisini yo'qotgan Nizomiy umr davomida Ofoqni unutolmadi. 1188 yil «Hisrav va Shirin» dostonida Shirin obrazi orqali Ofoq siymosini jonlantirishga ahd qildi. Shirin obrazi Nizomiyning Ofoq uchun qo'ygan haykali edi. Keksalik yillarida yaratgan «Iskandarnoma»sida ham Ofoqqa bo'lgan muhabbatini dard bilan yozadi. Yolg'iz yodgori bo'lgan Muhammadni har jihatdan yetuk va donishmand bir kishi bo'lishini istaydi. Nizomiy uyida shoir va sheriyat muxlislari to'planar edilar. Bu yerda bo'ladigan adabiyot haqidagi suhbatlar Muhammadni adabiyot olamiga etakladi. Muhammad 14 yoshidan boshlab qo'liga ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.65 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.65 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:24 ]
Arxiv ichida: doc