Nozimaxonim hayoti va ijodi (1870 - 1924 YIL) Reja: Adabiyot olamida shunday qalam sohiblari ham borki, ular shoirlikni davo qilmaydilar, sheriyatni ko'ngil ishi deb biladilar. Yozmishlari ko'p bo'lmasa-da sanoqli sherlari bilan ham xalq qalbidan o'rin oladilar, adabiyotimizning qaysidir tomonini to'ldiradilar. Shoira Nozimaxonim ana shunday oz va soz yozgan shoiralardan. Uning bizgacha etib kelgan mavjud sherlari 20 taga boradi. Biroq shu bor-yo'g'i yigirma sheri bilan ham o'zbek adabiyoti tarixida istedodli shoira sifatida o'rin oldi. Shoira haqidagi ma'lumotlar ham ko'p emas. Uning sherlari o'sha paytdagi Taraqqiy, Shuhrat,Sadoi Turkiston, Ishtirokion» gazetalarida chop etilgan. Nozimaxonim hayoti va ijodi haqida ilk bora adabiyotshunos M.Zokirov ma'lumot bergan. Olim shoiraning vaqtli matbuotlarda chop etilgan sherlarini yig'ib, Nozimaxonim shogirdi ohanguzarlik Manzurabonu Majidova xotiralaridan shoira haqidagi ma'lumotlarni malum tartibga soladi. 1968 yilda chop etilgan Tirik satrlar to'plamida ham shoira hayoti va ijodidan lavhalar berilgan. 1977 yilda professor B.Qosimovning Erksevar shoira deb nomlangan maqolasi shoira hayoti va ijodiga jiddiy bir nazar bo'ldi. 1980 yilda T. Jalolov O'zbek shoiralari kitobida Nozimaxonim hayoti va ijodi uchun alohida fasl ajratdiki, bu shoira ijodini ommalashtirishdagi yaxshi bir xizmat bo'ldi. 1991 yilga kelib, adabiyotshunos olim A. Jalolov XIX asr oxiri XX asr boshlarida o'zbek adabiyoti kitobida Turkistonda yashagan ilg'or fikrli adiblar ijodiyotini tahlil qilar ekan, Nozimaxonim ijodiyotini ham nazardan chetda qoldirmaydi va o'zining munosib bahosini beradi. 2002 yilda esa etiborli olim B.Qosimov Milliy uyg'onish kitobida shoira Nozimaxonim hayot yo'li va ijodiy merosini qaytadan jiddiy, atroflicha kuzatib, tahlil qiladi, shuningdek, shoiraning istiqlol yo'lidagi kurash faoliyatini yaqqol ochib beradi, ijodini Vatan va Millat manfaati nuqtai nazaridan xolis baholaydi. Ko'rinadiki, Nozimaxonim hayoti va ijodi adabiyotshunosligimizda har bir davrda o'ziga xos etibor bilan kuzatildi va o'rganildi. Nozimaxonim 1870 yilda Toshkentning Beshyog'och dahasida ziyoli oilasida tug'ildi. Uning otasi Mulla Said Ahmad zamonasining ziyoli, peshqadam kishilaridan bo'lib, qizining kelajagi haqida qayg'urib, mukammal ta'lim va tarbiya olishi uchun qo'lidan kelgancha uringan. Said Ahmad aka qizini dastlab eski maktabda, so'ngroq mahalliy xotin-qizlar uchun ochilgan ruscha maktabda o'qitdi. Xotin-qizlarga past nazar bilan qaralgan, ularni o'qish va o'qitish ishlarini mutlaqo keraksiz deb bilgan bu murakkab zamonda bo'lajak shoiraning otasini unga bo'lgan yuqori etibori va orzu-umidlari bu kishining o'z davrining yuksak saviyali shaxsi bo'lganligini ko'rsatadi. Shoiraning shogirdi Manzurabonu Majidova o'z xotiralarida Nozimaxonimning rus tilida erkin gaplasha olgani, Orenburg va Qozonda chiqib turgan matbuotni muntazam kuzatib borganligi haqida quyidagilarni hikoya qiladi: «Otincha ayam o'ris tilida yaxshi gaplashar, o'qur va yozar edilar. Hali hanuz yodimda, biz qachon ularni ko'rgani borsak, qiziq-qiziq rasmli ruscha hikoyalarni o'qib, tarjima qilib berar ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.53 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.53 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:25 ]
Arxiv ichida: doc