Oqila xamisha oqila

Oqila xamisha oqila

O'quvchilarga / Adabiyot
Oqila xamisha oqila - rasmi

Material tavsifi

Oqila hamisha oqila Rivoyatlarda aytilishicha, tutun cho'g'-olovga zorlanib deydi: - Onajon, men sizning qizingiz bo'lsam ham nega doimo qop-qoraman. Siz esa, porlab yonib turasiz, buning sababi nima? Cho'g' shunday javob beradi: - Qizim, bu ish yangi bir ish emas, dunyoda inson o'z porloqligi bilan porlaydi. Bolaning porloq bo'lishi uchun bir porloq ota-onaning shunday go'zal fazilati bilangina inson ulardek bo'lmaydi. Farzandning o'zi fazilatni kasb etib olishi kerak. Shundagina u farzandi porlaydi, hamisha cho'g'dek yonib turadi1. Bu yerda shu narsani ham takidlab o'tish lozimki, qizaloqning cho'g'dek porlashi, gullab-yashnashi, el-sevar, mehnatkash, dono bo'lib kamol topishida ota-ona, mahalla- ko'yning xizmati katta bo'ladi. Zero, insonda mehnatsevarlik, go'zallik tuyg'usini tarbiyalamay turib, uni har tomonlama kamol toptirib bo'lmaydi. Bu yerda qiz bolalar ko'proq ona tarbiyasi bilan o'sishlarini eslatib o'tish lozim. Xalqda qush uyasida ko'rganini qiladi, deyilgan udumga avlodlarimiz azaldan amal qilib kelgan. Ayniqsa, yoshi ulug'lar onalarga qarata, - qizlaringizni diqqat - etibor bilan tarbiya qiling. Fazilat, odob va go'zal axloq o'rganib, xulqlarini go'zallashtiring, ust-boshlaridan ziyoda aql-idroklarini tarbiya qiling. Ularni haddan ziyod erka qilib o'stirmang. Xar narsani qizaloqlarning ixtiyoriga tashlab qo'ymang, gap qaytarishga o'rgatmang, ular oldida o'zingizni yaxshi tuting. Siz yaxshi bo'lsangiz ular ham sizga gap qaytarishga, so'qishga o'rganmaydi. Kelajakda xuddi yigitlar kabi sog'lom, tetik, o'ktam, jasoratli, mard, zukko, dono bo'lib o'sishlari uchun hamma imkoniyatlarni yaratib bering. Ana o'shanda qizingiz ertag-u rivoyatlardagi To'maris, Malikai Jahon, Barchinoy, Guloyim, Malikai Xusnobodlar kabi barkamol bo'lib o'sishadi, - degan pand-nasihatlari onalarimiz uchun dasturil amal bo'lib kelgan. Juda ko'p doston, ertaklarda xalqimiz o'z orzu armonlarini ilgari surishgan, ona qizlarini asosiy qahramonlar sifatida ijod cho'qqisiga ko'tarishgan. «Malikai Jahon», «Malikai Xusnobod», «Said Xezimkash», «Podachining qizi», «Noni halol» kabi ertaklarning bosh qahramonlari xotin-qizlar. Xayol qilmaydigan, orzu qilmaydigan odam, xalq yo'q. Xalq hamisha tinch, to'q, baxtli hayot ishqida yashashni orzu qilgan. O'z hukmron doiralarini mot qilish, ularni taxtlaridan haydash; juda bo'lmagan taqdirda ularga xotin, kuyov bo'lishdek ezgu niyatlar ularga hamroh bo'lib kelgan. Bazan xonlar, podsholar, boylar, amaldorlar, turmush qurmoqchi bo'lgan malikalar tomonidan qo'yiladigan juda qiyin, hatto, bajarib bo'lmaydigan shartlar, jumboqlarni mehnatkash xalq vakillari kuch, bilim, mahorat-u zukkolik, donolik bilan yechishlari fikrimizga asos bo'ladi. Bu yerda ko'proq vazifalar xotin-qizlar zimmasida bo'lganidan onalar, buvilar, momolar o'z qizaloqlariga, nabira-chevaralariga ular olamga kelishlari bilanoq aql bo'ladilar. Ularni sabr-toqatli, ishbilarmon, hayotda sodir bo'ladigan har qanday jumboq, to'siq-g'ovni og'ir-bosiqlik, donolik, mardlik bilan engib o'tishga o'rgatadilar. Bu g'oya bugungi kunda oilalarda, mahallalarda, bolalar bog'chalarida amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, jumboqdi ertaklarni bu davr bolalariga o'qib, hikoya qilib, aytib berish rasm tusiga kirgan. Bu g'oyani ilgari surgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.26 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.26 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga