O'tkir Hoshimov ijodi 3

O'tkir Hoshimov ijodi 3

O'quvchilarga / Adabiyot
O'tkir Hoshimov ijodi 3 - rasmi

Material tavsifi

O'tkir Hoshimov ijodi R e j a 1. Hozirgi o'zbek adabiyotida O'.Hoshimov ijodining tutgan o'rni. 2. O'.Hoshimov biografiyasi. 3. O'.Hoshimovning hikoya va qissalari. 4. O'.Hoshimov romanlari. 5. O'.Hoshimov dramalari. O'TKIR HOShIMOV (1941 yilda tug'ilgan) Noyob istedod sohibi O'tkir Hoshimov adabiyotga Abdulla Oripov, Omon Muxtorov, Shukur Xolmirzaev singari bir qator tengdoshlari bilan birga kirib keldi. O'sha paytda adabiyotimizning Oybek, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda singari ulkan yozuvchilari hayot bo'lib, ularning nazariga tushish hammaga ham nasib qilavermasdi. O'tkir Hoshimov esa Abdulla Qahhordek mashhur san'atkor etiborini jalb qilgan yoshlardan edi. O'tkir Hoshimov 1941 yil Toshkentda oddiy ishchi oilasida tug'ildi. U o'rta maktabni bitirgach, 1959-64 yillar Toshkent Davlat Universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo'limida ta'lim oldi. Keyinchalik u Toshkent haqiqati, Sovet O'zbekistoni, 1966 yildan Toshkent oqshomi ro'znomasi muharririyatida bo'lim mudiri, G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida bosh muharrir o'rinbosari vazifalarida ishladi. O'tkir Hoshimov o'z ijodini sher va ocherklar yozishdan boshladi. 1962 yilda uning Po'lat chavandozlar ocherklar to'plami bosilib chiqdi. Shundan keyin uning birin-ketin hikoya, qissa va romanlari kitobxonlarning qo'liga borib tegdi. Uning ilk qissasi Cho'l havosi (1964) adabiy jamoatchilik tomonidan iliq qarshi olindi. Atoqli adib Abdulla Qahhor bu qissa haqida o'sha paytda juda yaxshi fikr bildirgan. O'tkir Hoshimovning bu qissasiga yozgan oq yo'lida u Birdan lov etib alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq bo'ladi, - deb bashorat qilgan edi. Shu asardan yozuvchining izlanish va mashqlar davri boshlandi. Adib ijodidagi ilk qadamlaridayoq inson ma'naviyati, ruhiyati, hissiyoti, qalb haqiqati tadqiqotchisi sifatida ko'ringan edi. Roman, qissa, hikoyalarida so'z san'atining azaliy bosh muammosi - inson taqdiri va qalbining badiiy tahlili ham mavjud edi. Muallif dolzarb ijtimoiy muammolar talqini bilan yondosh holda ko'p o'rinlarda personajlar ruhiyatidagi g'oyat nafis jarayonlarni san'atkorona ifoda etardi. Cho'l havosi, Muhabbat, Nigora, Shamol esaveradi nomli hikoya va qissalar shundan dalolatdir. Keyinroq u dolzarb, ijtimoiy muammolar talqiniga ko'proq moyillik bildirib, ayni zamonda bevosita ma'naviyat, ruhiyat tahliliga bag'ishlangan asarlar ustida ish olib bordi. Yozuvchining shu yo'nalishdagi Qalbingga quloq sol (1973), ayniqsa, Bahor qaytmaydi (1970), Dunyoning ishlari (1982) qissalari unga katta shuhrat keltirdi. Bahor qaytmaydi (1970) qissasida yozuvchi istedodli, biroq uning qadriga yetmagan, ulug' maqsadlardan mahrum xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy-ma'naviy inqirozini san'atkorona tahlil etib berdi. Bundan adibning haqiqiy ijod yo'liga kirganligini ko'ramiz. O'tkir Hoshimov asardan-asarga o'sib bordi. Unda nafosat tuyg'usi behad kuchli. Hatto u aldangan odamning ma'naviy inqirozi, fojeasi, haloqati tasvirida ham shu tuyg'usini saqlab qoladi. Ayniqsa, u yaxshi, oliyjanob, ma'naviy barkamol odamlar qalbi tahlilida o'zini nihoyatda erkin his etadi. Uning ijobiy qahramonlari aksari go'dakday beg'ubor, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.22 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.22 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga