O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi fan sifatida va boshqa fanlar bilan aloqasi Reja 1 Adabiyot o'qitish metodikasi - fan sifatida. 2. ta'lim bosqichlarida adabiyotning o'quv fani sifatida o'rganish xususiyatlari. Adabiyot o'qitish metodikasining adabiyotshunoslik va tilshunoslik turkumidagi fanlar bilan aloqasi. Adabiyot o'qitish metodikasining ijtimoiy-gumanitar turkumdagi fanlar bilan aloqasi. 4. Adabiyot o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi. 5. Predmettlararo aloqalarning ta'limiy hamda tarbiyaviy ahamiyati. Adabiyot o'qitish boshqa fanlarni o'qitishdan anchayin keskin farq qiladi. Shunga ko'ra uni fan sifatida qaraydiganlar bir guruhni tashkil etsa, adabiyot o'qitishni san'at turi sifatida baholab, adabiyot o'qituvchisining ishini ham san'atkorona bir ish sifatida baholaydiganlar kam emas. Demak, ular adabiyot o'qitish metodikasini ham san'at bilan tenglashtirishadi. Amaliyotchilik nuqtai nazaridan qaraydiganlar esa adabiyot o'qitish metodikasini darslarning o'tilishiga bevosita yordam beradigan, har bir darsning yaxshi va samarali bo'lishiga amaliy ko'mak bera oladigan soha deb bilishadi. Adabiyot o'qitish metodikasi birinchi navbatda adabiyot o'qitishning, yani adabiy ta'limning maqsadi va mazmuni haqidagi fandir. Malumki, adabiyot ta'limning turli bosqichlarida xuddi boshqa predmetlar kabi o'sib kelayotgan avlod - o'quvchilarga mo'ljallangan. ta'lim jarayonidagi barcha fanlarning asosiy maqsadi va mohiyati o'quvchilarda - o'sib kelayotgan yosh avlodda muayyan sohalarga oid bilimlarning asoslarini shakllantirish, shularning negizida ularning boy ma'naviy olamini yaratishdan iboratdir. Bu vazifani amalga oshirishda badiiy adabiyot bilan teng keladigan birorta soha yo'q, deb ayta olamiz. Shunga qaramay, badiiy adabiyotga bo'lgan munosabatlarning ham nihoyatda xilma-xilligini, ularning orasida «bevosita naqd foyda»ni ko'zlab o'qish tamoyillarining ham mavjudligini etirof etishga to'g'ri keladi. Buni adabiyotshunos D.Quronov shunday ifodalagan: «Hozirgi kunda, taassufki, badiiy asarga noijodiy yondashish o'quvchi ommaning aksariyatiga xos bo'lib qolayotir. Ko'pchiligimiz badiiy asarni ma'naviy-ruhiy imkoniyatlarimizni kengaytirish ehtiyoji bilan emas, ko'proq hordiq chiqarish niyati bilan o'qiydigan bo'lib qolyapmiz. Do'konlarimizda yaltiroq muqovali, oldi-qochdi gaplarga to'la kitoblar salmog'ining ortib borayotgani ham shundan dalolat beradi. Totalitar yondashuv natijasida ko'pchilik asardan voqea qidiradi, bu toifa uchun «O'tkan kunlar» Otabegu Kumushning sarguzashtlaridan boshqa narsa emas, «Qutlug' qon» - Yo'lchi bilan Gulnor sevgisi-yu bir ablah boyning to'g'anoq bo'lishi, xolos - xullas, biz vositani maqsad deb tushunadigan bo'lib qolayapmiz». Demak, biz badiiy adabiyotni o'rganish yo'llarini ham bilishimiz zarur bo'ladi. Shunday ekan, bu fan o'quvchi-yoshlarning o'ziga xos xususiyatlari, bu o'ziga xosliklarning adabiy ta'lim bilan bog'liq jihatlari haqida mulohaza yuritadi. Adabiyot o'qitish metodikasi fani o'z nomiga munosib ravishda o'quvchilarga badiiy adabiyot bilan yaqinlashish, oshno bo'lish va ularni tahlil qilish yo'llarini ko'rsatishga yo'naltirilgan. Ayni paytda u kitob ustida ishlashni, badiiy o'qishni tashkil etishni, o'quvchilarning adabiyotga bo'lgan qiziqishlarining shakllanish va rivojlanish yo'llarini ko'rsatishi bilan ham etiborlidir. Ayni shu fan adabiyot darslarini tashkil qilish, bu darslarda ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.59 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.59 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:28 ]
Arxiv ichida: doc