O'zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi tarixining ba'zi masalalari va yetakchi xususiyatlari haqida 3

O'zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi tarixining ba'zi masalalari va yetakchi xususiyatlari haqida 3

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi tarixining ba'zi masalalari va yetakchi xususiyatlari haqida 3 - rasmi

Material tavsifi

O'zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi tarixining bazi masalalari va yetakchi xususiyatlari haqida RYeJA: 1. Kirish. Adabiy tanqidning paydo bo'lishi va taraqqiyot bosqichlari haqida 2.Adabiy tanqidning tabiati va uning adabiyotshunoslikdan farqli xususiyatlari haqida 3.Adabiy tanqidning falsafa, estetika, tarix fanlari bilan uzviy bog'liqligi masalasi 4.Adabiy-tanqidiy tafakkur turlari va yo'nalishlari haqida 5.Xulosa Malumki, adabiy tanqidning paydo bo'lishi va rivojlanishida, avvalo, kitobxonning ijtimoiy- estetik ehtiyojlari yetakchi ahamiyat kasb etgan. Chunki biror-bir badiiy asarni o'qib chiqqan savodxon o'quvchida o'z fikr-mulohazalarini bayon etish, qolaversa muallif bilan fikrlashish istagi paydo bo'ladi. Ana shu ma'naviy ehtiyoj davrlar o'tishi bilan adabiy tanqidchilikning yuzaga kelishiga, maxsus fan sifatida shakllanishiga sharoit tug'dirgan. Adabiy tanqidiy asarlarda badiiy asarning yutuq va kamchiliklari, yozuvchining badiiy mahorati haqida ilmiy mulohaza yuritilibgina qolmasdan, muayyan bir jamiyatning ijtimoiy manfaatlari ham aks etgan bo'ladi va umuman, bu soha qadimdan falsafa, estetika, etika fanlari bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib kelgan. Shuning uchun ham Epikur va Aristotel zamonidan boshlab adabiy tanqidchiga faylasuf, tarixchi-siyosatshunos, huquqshunos hamda ruhshunos sifatida ham qarab kelingan. Xullas, tarixiy-adabiy manbalar «adabiyotshunoslik», «adabiy tanqid», «tanqidchi» atamalari, jahon adabiyoti va ilmiy tafakkuri taraqqiyotida ko'p yillik tarixga ega. Agar o'zbek adabiyoti tarixiga nazar tashlasak, XX asrgacha bo'lgan davrlarda adabiyotshunoslik va adabiy-tanqidiy qarashlar zamonaviy tanqidchilikdan farqli tarzda mavjud bo'lganligini kuzatish mumkin. O'tmishda adabiyotshunoslik va adabiy tanqid fan sifatida mustaqil bir yo'nalishda bo'lmagan. Shunday esa-da, bu soha qadim-qadimdan boshlab sheriy shakldagi tazkiralardan, adabiyotshunoslikka oid bazi bir risolalardan, tarixiy-badiiy yodnomalardan o'rin olib, rivojlanib kelgan. Ayniqsa, sher va sheriyat ilmiga oid risolalar hamda tazkiralardagi adabiy-tanqidiy tafakkurga oid turli xil fikr va qarashlar mumtoz adabiyot taraqqiyotida muhim o'rin tutib kelgan. Takidlash joizki, Sharqda A.Navoiygacha ham va undan keyin ham adabiyotshunoslik bobida ko'p xayrli ishlar qilinib, bir talay asarlar yozilgan. Sheriyat nazariyasi va tanqidchiligiga oid fikr-mulohazalar o'tmishda nafaqat tazkiralarda, balki Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur kabi ma'naviyatimizning ulug' namoyandalari asarlarida ham keng ifoda etilganki, bu jihatdan ularning sher va shoirlik mas'uliyati haqidagi qarashlari adabiyotshunoslik, adabiy tanqid ilmining rivojiga sezilarli ta'sir etdi. Masalan, Farobiy sher san'ati va uning vazifasini shunday belgilaydi: Bu san'at - biror maqsadni amalga oshirayotgan paytda yo'ldan chiqib ketmaslikka yordam beruvchi va inson xayolini qog'ozda namoyon etuvchi san'atdir. Sherning olti xili bor. Shundan uchtasi yaxshi va uchtasi yomondir. Yaxshilaridan biri shuki, uning yordamida inson aqliy quvvatini mukammallashtiradi, saodatga olib boruvchi fikri oydinlashadi, yaxshi ishlarga, fazilatli bo'lishga ilhomlanadi, xassislik, yomon va qabih ishlardan saqlanadi. Ikkinchi yaxshi xili kishining ruhiy sezgilarini yuksaltiradi, haddan tashqari ehtiyotkorlikdan xoli qiladi, izzat-nafsni saqlaydi, g'azablanishdan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.9 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.9 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga