O'zbek bolalar adabiyotining shakllanishi Reja: Milliy uyg'onish harakatining bolalar adabiyotini yuzaga keltirishdagi roli Abdulla Avloniy - islohotchi pedagog va bolalar shoiri Hamza Hakimzoda Niyoziy - ma'rifatparvar bolalar shoiri Elbek - bolalar shoiri, nosiri va islohotchi muallimi Tayanch tushunchalar: jadid, usuli savtiya, alifbo, masal, allegoriya, rus-tuzem, devon, g'azal, poema, Chig'atoy gurungi, jurnalistika, nazm, obraz, ramz. Milliy uyg'onish harakatining bolalar adabiyotini yuzaga keltirishdagi roli. O'lkamizning ilmiy-ma'rifiy taraqqiyoti tarixida buyuk islohotlar ko'p kuzatilgan. Miloddan etti asr ilgari Xorazm zaminida yuzaga kela boshlagan Avesto ming yildan ziyodroq vaqt mobaynida O'rta Osiyo xalqlarining nafaqat diniy, balki ma'naviyma'rifiy mayog'i bo'lib keldi. IX-XI asrdayoq yurtimizdan etishib chiqqan Forobiy, Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abulqosim Zamaxshariy, Imom Ismoil Buxoriy singari o'nlab mutafakkir allomalarning ilmiy-badiiy merosi nafaqat bizning, umuman, insoniyatning ma'naviy-madaniy taraqqiyoti uchun bebaho xazina sanaladi. Shuningdek, temuriylar davrida ilmiy kashfiyotlari bilan jahonga dong taratgan Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy ilm-ma'rifat olamida yakdillik bilan etirof etiladi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mutafakkirlarning so'z va qalam sehri ham dunyo tamaddunida alohida o'ringa ega. XIX asrdagi O'rta Osiyoning Buxoro amirligi, Xiva hamda Qo'qon xonligidagi iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, diniy inqiroz va nizolarning oqibati, o'lkaning jaholat va mustamlaka botqog'iga botirgan edi. XX asr Sharqining eng mashhur, eng taraqqiyparvar harakati - jadidchilikka asos solgan Ismoilbek Gasprali to'g'ri etirof etganidek: Shijoat maydonida Temurlarning, Shayboniylar ismi-shariflari unutilgani kabi ilm maydonida Ibn Sinolar, Forobiylar, maorif maydonida Ali Qushchi, Ulug'beklar yoddan chiqib, butun Movarounnahr bir xonaqoyi parishon va diyori darveshon o'lmish edi. Ilm, hilm, maorif izzatnafs va haysiyat (hurmat-etibor) riyokorlikka aylangan edi Shu sababli mustaqillik yillarida B.Qosimov, O.Sharafiddinov, N.Karimov, Sh.Rizaev, H.Boltaboev singari yetuk adabiyotshunos olimlar hamda yosh tadqiqotchilar tomonidan o'tmishdagi davr murakkabliklari, jadid adiblarining faoliyati teran tadqiq etildi. Milliy uyg'onish, millatning o'zligini anglash jarayoni mazkur davr adabiyotining ruhi va mazmunini tashkil qilganidek, o'zbek bolalar adabiyotining rasman qaror topishi ham umumadabiy hodisaning yangi bir qirrasi sifatida maydonga keldi. XIX asrning 90 yillarida yangi usuldagi maktablar tizimi Turkistonga ham etib keladi. 1893 yili Ismoilbek Gaspralining o'zi Buxoroga kelib, amir bilan uchrashadi va yangi maktab ochishga muvaffaq bo'ladi. Chor hukumatining maqsad va intilishlariga zid bo'lgan bunday maktablar Turkistonning boshqa o'lkalarida ham birin-ketin ochila boshlaydi. ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, 1907 yili turkistonda 30 ta jadid maktabi bo'lib, 1300 nafar bola o'qigan. Shuni ham qayd etish kerakki, 1884 yilda Toshkentda birinchi rus-tuzem maktablari ochilgan edi. 1892 yilda o'lkada ularning soni 21 taga etgan bo'lsa, 1917 yilning boshlarida 170 tani tashkil qilgan. Shunday bo'lsa-da, ikki buyuk asr oralig'ida o'zbek bolalar adabiyotining chinakam ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
284.77 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
284.77 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:28 ]
Arxiv ichida: doc