O'zbek fantastikasi tarixi va uning o'ziga xosligi Reja: 1.O'zbek fantastikasining tarixi, fantastikanig turlari. 2.Bugungi o'zbek adabiyotida fantastik hikoyachilik sohasidagi izlanishlar. Z.Fantastik qissalarda ijtimoiy hayot bilan bog'liq holda genetik masalalar xususida fikr yuritilishi. 4.Fantastika va siyosat. 5-Hozirgi o'zbek fantastikasidag'oyaviy-badiiy izlanishlar. Fantastika va milliylik. Realizm va fantastika. O'zbek fantastikasining tarixi xalq og'zaki ijodiga borib taqaladi. O'tgan voqealar haqida hikoya qiluvchi og'zaki hikoya v; qiesalar xayoliy uydirmalar asosida vujudga keladi. Insoniyat uchar gilam, uchar ot, ochil dasturxon, hizr suvi orzu qilish orqadi o' istaklarini bayon qilib, baxtli hayot haqida o'ylashgan Fantastikaning turi ko'p. Masalan ilmiy fantastika, sarguzaig fantastika, narigi dunyo xususidagi va boshqalar. Keyingi yillarda ilmiy fantastika kuchaydi. Bu hol ilmiy texnikaning rivoji bila) bog'liqdir. Hozirgi zamon adabiyotida Tohir Malik, Xojiakba; Shayxov, Mahkam Mahmudov, Abror qosimov, Baxtiyor Hoshimxo'jaer. Murod Xidir kabi fantast yozuvchilar samarali ijod etmoqdalar. Malumki, hozirgi ilmiy fantastika asosan to'rt yo'nalishda taraqqiy etmoqda, Birinchisida ijtimoiy dunyoqarash bilan bog'li bo'lgan genetik shakl yetakchilik qilsa, ikkinchisida yosh avlo, tasavvuriga ta'sir o'tkazish ko'zda tutiladi. Uchinchi yo'nalish uchun sirli va qiziqarli syujet muhimrok; bo'lsa, to'rtinchi tur asarla negizida salmoqli fantastik fikr yotadi. Hozirgi o'zbek fantastlarining qiziqarli, g'ayrioddiy syujet va fantastik obraz yaratish sohasidagi tajribalari malum samaralar berayotir. Tohir Malik va B.Hoshimxo'jaevning «Zaharli g'ubor» qissasi shu jihatdan diqqatni jalb etadi. Qissa qahramoni - Charlz Long favqulodda istedodli bo'lib, o'n yoshida kollejni bitirgan. London va Garvard universitetlarida tahsil olib, turli fanlar bo'yicha olimlik darajasiga etgan. Yigirma yoshida Galveston universitetida nazariy fizikadan dars bergan. Biroq tez orada universitetni tashlab, uyida, yer ostida qurgan laboratoriyasida ilmiy ish olib boradi. To'rt yil mobaynida ilm-fandagi «marra»larni bosib o'tadi. Uning uchun olisdagi kishining fikrini o'qish, o'zi yasagan temir panjalar mahkamasidagi hujjatlarni qo'lga tushirish, hatto Sahroi Kabirdagi qumbarxanlarini ko'chirish hech gap emas. Long qudratli kuchga ega bo'lgan analizator yasab, uni o'z miyasiga ulaydi. Shuning uchun ham u miya faoliyatidan to'la-to'kis foydalanadigan yagona inson edi. Uning miyasiga kelgan har bir fikr maxsus uzatgich orqali analizatorga o'gar, analizator esa bu fyakrlarni ajratar, saralar, ularning reallashiga yordam berar edi. Nodir ilmiy istedod va uning samaralari Longga tinchlik bermaydi. U o'zini buyuk qudrat sohibi deb elon qiladi va butun koinotga hukmronlik qilmoqchi bo'ladi. U o'z erkiga qarshi chiqqan kishilarni, xalqlarni, hatto butun yer yuzini yakson qilib tashlash niyatidan ham qaytmaydi, Xullas, fan yutuqlarining jinoiy ishlarda asqotish mumkinligi masalasi bu asarning g'oyaviy mundarijasini belgilaydi. . . Long o'zining jinoiy ishini amalga oshirish uchun maslakdosh odamlar va hatto jinoyatchilardan yordam kutadi. U nomi politsiya mahkamasidagi ro'yxatda bo'lgan Tom Jonsonni ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.17 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.17 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:28 ]
Arxiv ichida: doc