O'zbek tili va adabiyotini o'qitish nazariyasi hamda metodikasining mazmuni, o'ziga xos xususiyatlari Reja: 1. ta'lim islohotlarining asosiy vazifalari. 2. Yangilangan ta'lim mazmuni. 3. ta'lim jarayonining subyekti va obyekti. Yuqori malakali pedagog kadrlar tayyolash va qayta tayyorlashga alohida etibor berish lozim. Kadrlar tayyorlashning sifati, erkin fikrlovchi shaxs-fuqaroni kamol toptirish ertaga sinfxonalar va auditoriyalarda kimlar dars va saboq berishiga boQliq Islom Karimov O'ar bir ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita boQliqdir. Fan va madaniyatning rivojlanishi esa ta'lim-tarbiya ishlarining qay yo'sinda olib borilishidan kelib chiqadi. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyQunlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Buning uchun ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy boQlash, yani uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish talab qilinadi. O'ukumat tomonidan qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ushbu maqsadga erishishga yordam beradi, binobarin, «o'z o'lkamizda yuksak malakali, har jihatdan yetuk kadrlar tayyorlash dasturimizning asosiy sharti bo'lmoQi lozim». Malumki, umumta'lim maktablarida fanlarni o'qitishning eskicha usullari zamon talabiga to'la javob berolmay qoldi. o'qituvchilarning o'qitish tizimidagi o'rnini belgilash hozirgi kunning muhim masalasidir. O'ozirgi zamon maktab o'qituvchisi mumkin qadar mustaqil, erkin faoliyat ko'rsatish yo'lidan bormoQi lozim. Buning uchun unda chuqur bilim, tajriba, iqtidor va shu bilan birga, bolalarga bilimni etkaza olish mahorati bo'lishi zarur. Zero, «biz o'z istedodli, fidoiy bolalarimizga, farzandlarimizga bilim va kasb cho'qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak». Boshqacha aytganda, o'qituvchi zamon bilan hamnafas faoliyatda bo'lmoQi muhim. Biroq bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta'lim va bilim berish tizimi hayotimizda, jamiyatimizda bo'layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan boQlanmaganligi har tomonlama sezilmoqda. Til ta'limi misolida fikr yuritadigan bo'lsak, maktab o'quvchisi dars davomida turli hajm va murakkablikdagi ko'plab topshiriqlarni bajarsa-da, ammo oQzaki va yozma savodxonligi sezilarli o'zgarmayapti. o'quvchilarning ko'pchilik qismida ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda oQzaki, yozma shakllarda to'Qri, ravon ifodalash ko'nikmalari hamon past saviyada qolib kelmoqda. Bu holning asosiy sabablarini faqat o'qituvchiga to'nkash yoki maktablarning moddiy-texnikaviy qashshoqligidan izlash adolatsizlik bo'lardi. Mavjud holat ko'p jihatdan til ta'limining maqsadi, mazmuni va usuliga aloqador bo'lib, uni yangilash hayotiy zaruriyatga aylanib qoldi. Bu o'rinda tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma'lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo'lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Shu maqsadda o'qituvchilarga bazi nazariy ma'lumotlarni eslatib, ularga etarli tushuncha berishni lozim topdik. ta'lim mazmuni masalasi insoniyat tarixida eng qadimiy ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.32 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.32 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:29 ]
Arxiv ichida: doc