O'zbek xalq og'zaki demonik hikoyalarining tabiati, tematik tasnifi

O'zbek xalq og'zaki demonik hikoyalarining tabiati, tematik tasnifi

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek xalq og'zaki demonik hikoyalarining tabiati, tematik tasnifi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Demonik hikoya atamasi haqida Og'zaki demonik hikoyalarning memorat shakli Og'zaki demonik hikoyalarning fabulat shakli Demonlar haqidagi og'zaki hikoyalar rus va chet El folklorshunosligida atroflicha o'rganilgan. Bu mavzu V.N.Perets, P.T.Bogatirev, S.A.Tokarev, aka-uka Sokolevlar, E.Ya.Pomerantseva, V.Ya.Propp, S.M.Azbelov, I.V.Chistov va boshqalar tomonidan mufassal yoritilgan. Shuningdek, tojikistonlik folklorshunos O.Murodov, O'zbekistonlik D.Tog'aevalarning ushbu mavzuga qarashlari ilmiy-nazariy fikr, mulohazalari etiborlidir. Demonik hikoya o'zbek xalq nasrining mustaqil janridir. Demonik hikoya rus folklorshunosligida «bilichka» atamasi bilan yuritilgan, alohida janr sifatida baholangan. Bilichka atamasining manosi o'zbek tilida «voqeiy hikoya»ni anglatadi. Bu janr turkiy xalq, xususan, o'zbeklar orasida qadimdan mavjud bo'lib, «bo'lgan voqea», qozoqlarda «bo'lmish hekayat va hikoya» terminlari bilan yuritib kelingan. Bu atamalar haqiqatda yuz bergan voqea manosini bildiradi. «Bo'lgan voqea» atamasi «O'zbek tilining izohli lug'ati»da voqe bo'lmoq, sodir bo'lmoq, ro'y bermoq, yuz bermoq, kelib chiqmoq manolarini anglatib, «ro'y bergan voqea», nihoyat voqeiy hikoya shaklida tavsiflangan. Shunga ko'ra, demonlar haqida og'zaki hikoya o'rnida jinlar haqida «bo'lgan voqea» atamasini qo'llash mumkin. Biroq, u ilmiy emas, xalq orasida yuzaga kelgan, xabar manosini anglatgan atamadir. Biz bu terminni qo'llashdan tiyilamiz. Chunki u hikoya xarakterini to'liq ifodalamaydi. Shuning uchun ham mazkur termin hatto, ilmiy xarakter kasb etsa hamki, uning o'rnida demonik hikoya atamasini qo'llashga jazm qildik. Og'zaki demonik hikoyalarning janriy xususiyatlari Demonlar haqidagi og'zaki hikoyalar fanda turlicha ta'riflangan. Xususan folklorshunos olima E.A.Pomerantseva mazkur janrni to'liq va aniq belgilaydi. U yozadi: Bilichkalar irim-sirim, xurofot bilan bog'liq hikoyalardir. Ular inson zotining jin, pari, shayton bilan to'qnashuvi haqida hikoya qiladilar, uning o'ziga xos shaqliy tuzilishi shu narsa bilan belgilanadi. O.Murodov esa bu janrni demonik hikoyalar deb yuritadi va u bu hikoyalar kishilarning demonlar bilan to'qnashuvi haqida hikoya qiladi deb xarakterlaydi. Aka-uka Sokolovlar esa uni «alvasti, jin, shayton, jodugar - bir so'z bilan aytganda, yovuz qora kuchlar haqidagi kichik hikoyalar deb ta'riflaydi. Ko'rinadiki, mazkur mualliflar hikoya xarakterini uning personajlaridan kelib chiqib belgilaydilar. Darhaqiqat, o'ziga xos bu janr kishilarning jin, alvasti, ajina, pari, devga yo'liqishi bilan bog'liq hikoyani anglatadi. Folklorshunoslar nasriy turni ikki guruhga bo'lib, har biridagi janrlarni o'zaro o'xshash va farqli jihatlarini ajratib ko'rsatishga harakat qilishgan, ularni tarixiylik prinsiplari nuqtai nazaridan kelib chiqib belgilashga urinishgan. Xususan, V.Ya.Propp nasriy turni ikkiga bo'lar ekan, biridagi (afsona, rivoyat, bilichka, bivolshina) bilichkalarni alohida ajratib ko'rsatadi. Bular xalq demonologiyasini aks ettirgan hikoyalar bo'lib, ko'proq qo'rqinchli voqealarni hikoya qiladi. Ko'rinadiki, olim tasnif bahonasida bilichkalarni alohida janr sifatida tavsiflaydi va ta'rifini to'liq yoritadi. Shuningdek, u har ikki guruh janrlarining o'zaro farqli jihatlari, o'ziga xos funksiyalari bilan ajralib turishini to'g'ri belgilaydi. Darhaqiqat, nasriy turga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.41 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.41 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga