Qadimiy Hindiston adabiyoti Reja: 1 Veda - ilk adabiy yodgorlik 2. «Ved» 3. «Vedant» 4. «Mahakavya» 5. «Ramayan» Tayanch so'zlar va iboralar: veda, gimn, samxita, rishi, shruti, smriti, rigveda, yajurveda, rig, yagya, atxarvaveda, samaveda, Atxarvana, Angiras, punarjanam, vedik sanskrit, epik sanskrit, Agni,Vayu, Surya, Ushas, Soma, Rudra, Indra Qadimgi hind adabiyoti o'z mazmunida hind xalqining bitmas tuganmas ma'naviy, axloqiy, diniy va falsafiy bilimlarini o'zida aks ettirgan boy bir merosni tashkil etadi. Undagi janrlar, syujetlar, obrazlar va g'oyalar xilma-xilligi keyingi to'rt davr adabiyotiga asos bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Vedalar mana shu merosning eng dastlabkisidir. Qadimda borliq haqidagi ilk qarashlar turli miflar mazmunida o'z aksini topganidek qadimgi hind jamiyatining dunyoqarashi ham vedalarda o'z aksini topgan va bu qarashlar she'riy misralarda bayon etilgan. Bu she'riy misralar gimnlar, ya'ni diniy ko'shiqlar, madhiyalar bo'lib ularning tarkibida lirikadan tortib falsafiy dialoglar, ibodat va sehr-jodu mavzusidagi, qurbonlik va tabiat go'zalligiga bag'ishlangan qo'shiqlar mavjuddir. Bu qo'shiqlar shunchaki qo'shiqlar bo'lmasdan ularda hind xalqining borliq, inson va tabiat haqidagi dastlabki diniy-falsafiy qarashlari aks etgan. Vedalar ko'p yillargacha diniy kitoblar sifatida adabiyotda o'rganilmagan. Lekin keyinchalik boshqa yozma yodgorliklar topilmagach, ularni qaytadan chuqurroq o'rganish, ularning mazmuni bilan yaqindan tanishish natijasida vedalarni adabiy yodgorlik sifatida tan olish mumkinligi aniqlangan. Darhaqiqat, vedalar bilan birinchi bor tanishgan kitobxon turli ma'budlarga atalgan gimnlarni o'qib ularni diniy kitob sifatida qabul qilishi tabiiy hol. Aslida esa vedalar tarkibida din bilan bog'liq bo'lmagan oddiy tabiatga, tabiiy hodisalarga bag'ishlab yozilgan qo'shiqlar ham salmoќli o'rin egallaydi. Vedalar Hindistonning shimoli-g'arbida, ya'ni Hind va Qobul daryolari o'rtasida va hozirgi Panjob shtatining bir qismi bilan tutashgan hududlarda yaratilgan. Vedalar asrlar davomida yaratilgan bo'lganligi sababli bizga yetib kelguniga qadar mazmun va shakl jihatdan ko'p o'zgarishlarga uchragan. Chunki vaqt o'tishi bilan bu qo'shiќlarni keyingi davr jamoalari yangi-yangi bilimlar, qarashlar bilan to'ldirib, boyitib borgan. Shu bois ularning mazmuni ham, ba'zan hajmi ham o'zgarib borgan, ba'zilari bir necha sahifadan iborat bo'lsa, ayrimlari to'rt misra yoki bir sahifadan iborat. Biz vedalarni aniq bir adabiy turga kirita olmaymiz, chunki ularning tarkibida mif ham, drama ham, epos ham shakllangan. «Veda» so'zi aslida sanskrit tilidan olingan so'z bo'lib «bilim, ilm» degan ma'nolarni anglatadi. Veda qo'shiqlari asrlar davomida xalq og'zaki ijodida yashab, avloddan avlodga o'tib kelgan. Yozma adabiyotga ancha keyin hind jamiyatining yuqori, ilmli tabaqalari tomonidan kiritilgan. Veda qo'shiqlari, asosan, murojaat tarzida bayon etilgan. Chunki tabiat hodisalarining mavjudlik sababini tushunib yeta olmagan, o'zini ularning oldida ojiz his qilgan o'sha davr jamoalari ularga g'ayri tabiiy, insonga bo'ysunmaydigan, ma'lum bir kuch-qudratga ega bo'lgan ma'bud sifatida qarab ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.67 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.67 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:33 ]
Arxiv ichida: doc