Qadimiyatga qaytish - muqobil davri adabiyoti REJA: 1. Davrga umumiy xarakteristika. 2. Ushbu davrdagi asosiy adabiy janrlar. 3. Davrning shoir va adiblari. IX asr adabiyot, ijtimoiy hayot, fanda qadimiy an'analarga qaytish davri sifatida tarixda iz qoldirdi. Aniq fanlarni o'rganishga intilish kuchaydi. Adabiyotda qadimiy an'analarga muhabbat paydo bo'ldi hamda johiliya davri shoirlari merosini o'rganishga kirishildi. She'riyatning rivojlanishi bilan yangi fan- balog'at ilmi nazariyalar paydo bo'ldi. Bu davr vakillaridan biri Xabib Abu Tammom (796-843), Damashq yaqinidagi Jasim qishlog'ida tavallud topdi. Uning otasi (Taddus yoki Feodosius) xristian diniga mansub bo'lib, shoir islomni qabul qilgach, Otam Aus, arablarning Tayy qabilasidan deb ta'kidlaydi. Otasi bilan Damashq shahriga kelib, to'quvchi bo'lib ishlay boshladi. O'zining birinchi she'rlarini Damashdan, Xoms shaxriga ko'chib o'tganda yoza boshladi. Uning ijodiga o'sha yerlik shoir Dik al-Jinniyning ta'siri katta bo'ldi. 17 yoshida ish qidirib Misrga boradi, u yerda Masjidda suv tashuvchi bo'lib ishlay boshlaydi. Masjid ilm- ma'rifat o'chog'i bo'lgani tufayli u yerda har sohaning olimlari o'z shogirdlari bilan suhbatlar, bahs munozaralar olib borar edilar. Abu Tammom esa muntazam bu suhbatlarda eshituvchi bo'lib qatnashib, o'z bilimlarini yanada oshiradi. U Misr amiri, Suriya amiri, Bag'dod xalifasi al-Mamun sharafiga qasidalar yozadi. Ular e'tibor qilmagach, hajv qilib, o'zi Mosulda yashay boshlaydi. She'riy asarlar yozishni davom ettirib, sekin asta atrofdagilarning e'tiborini qozonadi. U haqidagi xabar al-Mu'tasimga borib yetadi. Xalifa uni saroyga taklif qiladi. U saroy shoiri sifatida al-Mu'tasimni maqtab,uning janglardagi jasoratini ko'klarga ko'tarib asarlar bitadi. Shoir juda ko'p safarlarda bo'lib ko'p do'st yoronlar orttiradi. Shunday safarlarning birida u «Kitab al-Xamosa»ni yaratadi. Abu Tammom asarlarini as-Suliy devon shakliga keltirgan u Qohira va Bayrutda nashr qilingan Devonda madh,riso, vasf, g'azal, faxr, hijo, zuhdiyot janriga oid asarlar to'plangan. «Kitab al Ixtiyor min ash-shu-ara il-qaboil»(Qabilalar shoirlarining saylanma asarlari)-bunda har xil arab qabilalari shoirlarining asarlari to'plangan. «Kitab al-ixtiyor min ash'ori shuaro» (Shoirlar she'rlaridan tanlangan kitob). «Kitab al-fuxul»(Ulug' shoirlar kitobi)-bu kitobga Islomdan ilgarigi va keyingi ulug' shoirlarning tanlangan asarlari jamlangan. «Kitab al-Xamosa»(Shon shavkat kitobi) «Muxtarot min ash'or al-muhadisina» (Zamondosh shoirlarning tanlangan asralari). «Ixtiyor al-mukattot»(Tanlangan asarlar.) An-Naqoid Jarir val-Axtal(«Jarir va Axtal naqoidlari»). Bu to'plamga ikki shoirning bir- birini hajv, tanqid qilib yozgan 20 ta asari to'plangan va shu bilan birga 1 ta Farazadaqning asari ham kiritilgan. Yuqoridagi asarlardan faqat «Devonul- Xamosa» va «an-naqoidlar» asarlari bizgacha yetib kelgan. Abu Tammom asosan madx, xijo, riso, g'azal, faxr, zuhdiyot, vasf janrlarida ijod qildi. Abu Tammom vasf janrini mustaqil janr darajasiga ko'tardi. Uning vasfi ikki qismga bo'linadi. Tabiat vasfi. Tabiat uni bir umr o'ziga jalb etgan, u doimo tabiatning ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
438.9 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
438.9 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:33 ]
Arxiv ichida: doc