Qissasi Rabg'uziy (Qissasul - anbiyo) o'zbek badiiy nasrining ilk namunasi sifatida

Qissasi Rabg'uziy (Qissasul - anbiyo) o'zbek badiiy nasrining ilk namunasi sifatida

O'quvchilarga / Adabiyot
Qissasi Rabg'uziy (Qissasul - anbiyo) o'zbek badiiy nasrining ilk namunasi sifatida - rasmi

Material tavsifi

Qissasi Rabg'uziy (Qissasul-anbiyo) o'zbek badiiy nasrining ilk namunasi sifatida REJA: I. Kirish II.Asosiy qism 1)Nosiruddin Rabg'uziy- qissa va hikoyatlar ustasi 2)Qissasi Rabg'uziy asari va uning g'oyaviy badiiy talqini 3)Payg'ambarlar tasvirini berishda adibning tasavvur kuchi va mahorati 4)Rabg'uziy qissa va hikoyalarida axloqiy ta'limiy qarashlar II. Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati Asar o'zbek nasrining ilk namunasi KIRISH Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq haqqoniy tariximizni qayta tiklashga, ma'naviyatimizni yuksaltirishga, milliy san'atimizga adabiyitimizga alohida urg'u berildi. Prezidentimiz I.A.Karimovning1 Jahon madaniyati yutuqlariga ulkan hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizning madaniy va ma'naviy merosi teranligi va chuqurligi anglab olinganligi, har bir avlodning o'z o'tmishiga oliyjanob milliy va diniy an'analarga hurmat bilan qarash,ularni asrab avaylash ruhida tarbiyalanayotganligi ayni chog'da hozirgi zamon jahon svilizatsiyasi ma'naviy qadriyatlarini o'zlashtirish va ularga oshno bo'lish zarurligi ravshan anglab etilganligi-mana shularning hammasi hayotbahsh bir zamindirki bizning yangilanish va xalqimizning milliy o'zligini anglashini oshirish, aholining milliy ma'naviy yetukligi va faolligini kuchaytirish borasidagi siyosatimiz mana shu zaminga tayanadi degan fikrlari ma'naviyatimizning mustahkam poydevori sanalgan mumtoz adabiy merosimizni chuqur tadqiq etish va unga yangicha yondashishni talab etmoqda. Bizning ushbu ishimiz XII-XIVasrlar adabiyotinig eng yirik vakili bo'lgan mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida e'tirof etiladigan adibimiz Nosiruddin Rabg'uziy va uning bebaho asari Qissasi Rabg'uziy (Qissasul-anbiyo) asari haqida bo'lib, uning asaridagi badiiy xususiyatlar talqini, Rabg'uziy qissalari mavzu doirasi, kompozitsiyasi haqida baholu qudrat ma'lumotlar berishga harakat qilganmiz. Asar badiiy nasrining ilk namunasi sifatida katta ahamiyatga ega. Chunki asarda badiiy adabiyotimizdagi ko'plab elementlar ilk marotaba Rabg'iziyning yozuvchilik mahoratida nomoyon bo'lgan 1I.A.Karimov Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilsin Tafakkur jurnali 1998y 7b NOSIRUDDIN RABG'UZIY QISSA VA HIKOYATLAR USTASI Rabg'uziy o'zbek mumtoz adabiyoti tarixida alohida mavqe qozongan adibdir. U Xorazmning Raboti O'g'o'z degan joyida tug'ilgan. Rabg'uziy Qissasi Rabg'uziy asarining muqaddimasida otasi Burhoniddinning O'g'o'z Rabotining qozisi bo'lganligini aytib o'tadi. Asar Nosiruddin To'qbo'g'aning topshirig'i asosida yozilgan.1 Muallif uni …yigitlar arig'i (poki) ulug' otlig', qutlug' zotlig', ezgu xulqlig', islom yorug'lig', mo'g'ul sonlig, ' musulmon dinlig', odamiylar ishonchi, mo'minlar quvonchi, himmati adiz (yuksak) aqli tengiz deb ta'riflaydi. Nosuruddin To'qqbo'g'abekka bag'ishlangan sheriy madhiyada uning arslon mengizlik surasi ko'rkluk sifatlig' surasi tuz so'zlayur so'zni uqa singari sifatlari keltirilgan. Rabg'uziyning ushbu asardan boshqa ijodiy merosi haqida ma'lumotlar mavjud emas. Qissasi Rabg'uziy asari turkiy xalqlar orasida tarqalgan. U payg'ambarlar haqidagi qissalardan iboratdir. Bu asar o'zbek nasrining eng qadimiy namunalaridan biridir. Unda XIIasr oxiri XIV asr boshlaridagi o'zbek adabiyotining bir qator o'ziga xos xususiyatlari juda yorqin nomoyon bo'lgan. Payg'ambarlar haqidagi Rabg'uziyning olam va odam haqidagi qarashlarini badiiy jihatdan ifodalash uchun vosita bo'lgan. Ularda adib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.62 MB
Ko'rishlar soni 281 marta
Ko'chirishlar soni 67 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.62 MB
Ko'rishlar soni 281 marta
Ko'chirishlar soni 67 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga