Rauf Parfi ijodi

Rauf Parfi ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Rauf Parfi ijodi - rasmi

Material tavsifi

Rauf Parfi ijodi R e j a 1. Hozirgi o'zbek poeziyasi rivojida Rauf Parfi ijodining tutgan o'rni. 2. Rauf Parfining hayot yo'li. 3. G'arb sheriyati va Rauf Parfi lirikasi. 4. Tanqid va adabiyotshunoslikda Rauf Parfi ijodining o'rganilishi. RAUF PARFI (1943-2004) Rauf Parfi hozirgi o'zbek sheriyatida hech kimga o'xshamaslikka intilayotgan, o'ziga xos ovozga ega bo'lgan va kitobxonlar etiborini qozongan istedodli shoirlardan biri hisoblanadi. Rauf Parfi 1943 yilda Toshkent viloyatining Sho'ralisoy qishlog'ida dunyoga keldi. 1960-65-yillarda Toshkent Davlat Universitetida tahsil olgach, u jumhuriyat kino qo'mitasida, G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida ishladi. Garchi uning ilk sherlari 50-yillarning ikkinchi yarmida paydo bo'lgan bo'lsa ham o'zi 60-yillarning o'rtalariga kelib shoir sifatida tanildi. Shundan so'ng uning Karvon yo'li (1968), Aks sado (1974), Ko'zlar (1976), Qaytish (1981), Sabr daraxti (1986) kabi o'nlab sara sheriy to'plamlari bosilib chiqdi. Sukunat (1991), Ona Turkiston (1992), Turkiston ruhi (1993) hamda 2 jildlik Saylanma asarlari (1993) chop etildi. Agar uning birinchi jildi nazm bo'lsa, ikkinchisini nasriy va tarjima asarlari tashkil etadi. Rauf Parfi tarjimon sifatida Bayronning Manfred, Nozim Hikmatning Inson manzaralari, Karlo Kaladzening Dengiz xayoli kabi asarlarini o'z ona tiliga o'girdi. Rauf Parfi Sabr daraxti (1986) sheriy to'plami uchun O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon, 1992 yilda xalqaro Mahmud Koshg'ariy mukofotlariga sazovor bo'lgan. Rauf Parfi yaralari ochiq, dardli shoir. Unda xazinlik ko'p. Ora-chora marsiya ham yozib tashlaydi. Tushkunlik kayfiyati mavjud. Shoir insoniy dardlardan xoli bo'lolmaydi. Rauf Parfi shoir sifatida o'zligini to'laroq ifodalashga intiladi. Shoir boladek quvonibgina yashay olmaydi shuning uchun: Seni, ey g'amli ohang, tanimasdim, bilmadim oldin, - deya xitob qiladi. Bora-bora dunyoni tanib, hayotga o'zini javobgar seza boshlagach, g'am ham ketadi, shoirning qalbini asrining tomiriga ulaydi. Rauf Parfi o'zining o'ychan, g'amgin ovozini sira umidsizlik deb hisoblamaydi: Men kuyunib sevaman netay Men kuyunib so'zlayman. Rauf Parfi ko'p sherlari o'ziga va boshqalarga murosasiz, ma'naviy talabchanlik ruhida yozilgan beomon va shiddatli aybnomalardir. U hissiyot vositasida tafakkur qiluvchi kuchli behalovat shoirdir. Shoirda miqyosli tafakkur madaniyati, tahlil mahorati bilan yuksak ma'naviy intilishlar va teran dil birlashib ketganligiga shak-shubha yo'q. Rauf Parfining sheriyat dunyosida o'zgacha timsol, obrazlar mavjud. Uning mohiyati, ayniqsa, shoir hayoti, ijodiy taqdiri haqidagi sherlarida ijodkorning o'zigagina ayon, boshqalar uchun sirli-g'aroyib jarayonlar tarzida namoyon bo'ladi. Chunonchi, Sheriyat asarida g'oyat nafis san'at tabiatiga xos shunday bezovta-o'ychan satrlar bor: Rom etmas hech narsa, sahrodir ko'ngil, Osmonlarga faqat afsona so'zlar. Malomat toshida ochilgan bir gul, Dam o'tmas kular ul, dam o'tmas bo'zlar Ne ajabki shoir Navoiy o'zining shoir, orif, rindi, vali, darvesh, arbobu sarvar zotlarning timsoli mujassami bo'lmish lirik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.1 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.1 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga