Rauf Parfi she'rlari haqida

Rauf Parfi she'rlari haqida

O'quvchilarga / Adabiyot
Rauf Parfi she'rlari haqida - rasmi

Material tavsifi

11-sinf adabiyot darsligi asosida 25-mavzu: RAUF PARFI she'rlari haqida XX asr o'zbek adabiyoti tarixida o'zining betakror she'rlari bilan o'ziga munosib o'ringa ega bo'lgan shoirlardan biri Rauf Parfidir. Rauf Parfi she'riyat maydoniga XX asrning 60-yillarida kirib keldi. Birinchi kitobi «Karvon yo'li» deb nomlanadi. Ta'kidlash lozimki, shoirlar uchun birinchi kitob juda muhim bo'ladi. Shoir ahli o'zlarin ing birinchi kitoblari bilan o'quvchilarini topishi yoki, aksincha, yo'qotishi ham mumkin. Rauf Parfi taqdiriga she'riyat muxlislarining suyukli shoiri bo'lishdek baxt bitilgan edi. «Rauf Parfi she'riyati» degan ta'birning o'ziyoq shoirning adabiy merosi, go'zal she'rlari, ijodining umumpafosi to'g'risida mulohazalar yuritishga undaydi. Shoir she'rlarida Vatan, ona, inson, tabiat mavzulari yetakchilik qiladi. Muhtaram o'quvchi! Siz shoirning ulkan ijodiy merosining bir qismidan bahra oldingiz. «Tong otmoqda», «Yomg'ir yog'ar», «Yoz kechasi», «Yana qaytib keldim», «Yurak» she'rlari ijodkorning nechog'li favqulodda iste'dod sohibi ekanligidan, tabiat lirikasi bilan inson «men»i uyg'un va hamohang shaklda tarannum etilganidan darak berib turibdi. «Tong otmoqda» she'rida shoirning umidlari, yorqin tuyg'ulari ifodasini topgan. E'tibor berilsa, bunda quy osh zambarakka, uning zarrin nurlari o'qlarga qiyoslangan. Quyoshdan tinimsiz o'qlar yog'iladi go'yo. Aslida, bu o'xshatish bejiz emas. Fizik qonuniyatlarga ko'ra, nurning zarralar ko'rinishida tarqalishi ham mavjud voqelikdir. Yer shari shoir tasavvurida o'sha zarralar oqimi - o'qlardan yaralangandek ko'rinadi. Keyin shoir nigohi tabiat hodisasidan insonlarga ko'chadi. Har kuni saharda uyg'ongan odam musaffo tong bilan qarshilashadi. Tong pokizaligi odamlar yuragiga ko'chadi. Bu she'rning juda sodda zohiriy ma'nosini shunday tahlil qilish mumkin. Ammo Rauf Parfi she'rlari bir marta o'qib qo'yiladigan va darhol uqib olinadigan sodda she'rlar sirasiga kirmaydi. Shoir o'z qalb kechinmalarini ifodalashda tabiatga murojaat qilishini «Yomg'ir yog'ar» she'rida ham ko'rish mumkin. Kim hayotida yomg'irga duch kelmagan? Kim ham yomg'ir ostida qolib kyetmagan? Qo'lida shamsiyasi bo'lmagan har qanday odamning sochlariga, boshiga yomg'ir tomchilari tomchilaydi. Kayfiyati chog' odam bundan huzur topishi, aks holda, asabiylashishi ham mumkin. She'rdagi «Yomg'ir yog'ar, shig'alab yog'ar» misrasi olti marta qaytariladi. Bunday takror misoli yomg'irning yog'ish tovushini eshitishga, yomg'irning yerga tushish harakatini tasavvur etishga yordam beradi. Xo'sh, shoir tasvirlayotgan yomg'ir ostida qolgan «men»ning kayfiyati qanday? U qayg'udami yoki quvonchdami? Bu jumboq keyingi bandlarda ochiladi. She'rning lirik qahramoni yomg'irdek go'zal tabiat hodisasiga butun vujudi bilan qo'shiladi. Chunki u: «Men unga ochaman bag'rimni», - deb e'tirof etadi. Demak, uning qalbida o'zgacha bir zavq-shavq paydo bo'ladi. Buning ta'sirida yomg'ir unutiladi. Yomg'irga lirik qahramon asir bo'ladi. Eng muhimi, ushbu ruhiy vaziyat ortidan she'r tug'iladi. Shu bois shoir: «Yog'a boshlar qog'ozga ko'ngil», - deb o'z she'riga nuqta qo'yadi. «Men bunday vaziyatda qog'ozga she'r yozdim» deyishi juda sodda va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.45 MB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.45 MB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga