Romanchilik taraqqiyotining etakchi tendensiyalari. Reja: 1.Bugungi o'zbek romanlarining janr va uslub xususiyatlari. 2.О'zbek romаnlаridа shаxs fojeаsining bаdiiy tаlqini. 3.O'zbek romanlariga xos etakchi estetik tamoyillar. O'zbek romannavislari zamondoshimiz obrazini yaratish orqali o'z hatti-harakatlarini, faoliyatini hatto his-tuyg'ularini ham aql-idroki ila mulohaza qilib, o'z-o'zini taftish etuvchi - analitik obrazlar vositasida bugunning dardu iztiroblari mohiyatini ochishga harakat qilayotirlar. Inson ko'nglini anglashning yangi shakl va vositalaridan foydalanishga intilishni biz iste'dodli ijodkorlardan biri - Ulug'bek Hamdamning «Yolg'izlik» nomli qissa va hikoyalar to'plami (1998), «Tangriga eltuvchi isyon» she'riy to'plami, «Muvozanat» va «Isyon va Itoat» romanlari misolida ham kuzatamiz. Yozuvchining har bir asari qatidagi mohiyat uning sarlavhasidanoq anglanadi. Inson hamisha o'z ehtiyojlarini qondirish uchun intiladi. Butun hayoti shu ehtiyojlarga «qul» qilinganday. Munosabatlariga zid holatlar yuzaga kelganda u yaratgandan ham, hayotdan, umridan ham noliydi. O'z istaklari qamrovi toru keng bo'lishidan qat'i nazar, istak va ehtiyojlar nuqtai nazaridan shukur qilish o'rniga hamisha norozilik ustunlik qiladi. Kamdan kam odamlargina hayotning asl ma'nosini, insonlikning ma'nosi imon, e'tiqod orqali o'zlikni anglash va o'zligini topish ekanini tushunadilar. «Isyon va Itoat» romanida yozuvchi ayni shu jarayon, ya'ni har bir insonning o'z hayoti davomida o'zligini va yaratuvchisi bo'lmish Ollohni anglash jarayonida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan Isyon va bu isyonning intihosi Itoatning mazmun-mohiyatini yoritishga harakat qilgan. Bu asarga adabiy jamoatchilik o'z munosabatini bildirdi. O'zbekiston adabiyoti va san'ati gazetasining 2005 yil 20 maydagi sonida mustaqillik davri o'zbek nasri tahlil qilinib, davra suhbati ishtirokchilari «bugungi nasriy asarlarning qahramonlari faqat faoliyat odamigina emas, balki o'y va mushohada kishisi sifatida ham tasvirlanadigan bo'ldi. Odamning asl mohiyatini faoliyatidagina emas, balki tin olib turgan yoki o'ylayotganda ham namoyon etishi mumkinligi badiiy tasvir tajribasiga kirib kela boshladi. Shuning uchun ham Ulug'bek Hamdamning «Isyon va Itoat» romanidagi « Qachonki uning bag'rida gurillab yongan isyon gulxani o'chgan, g'ofillik ham uni qiynamay qo'ydiqaytaga, isyon o'rnida tug'ilgan o'sha kayfiyat - o'sha itoat ruhida qandaydir ma'rifat bor edi. Ma'rifatki, g'ofillikni, uning olamini yuvib yuborishga qodir Endi uning ko'zlarida, bag'rida, butun borlig'ida itoat nuri hokim, itoatki, mislsiz isyondan so'nggina «to'qiladigan, itoatki, isyondan ming kara, million kara yuksakroqqa eltadigan!» «tarzidagi falsafiy mushohadalar o'quvchiga o'rinsiz donolik bo'lib tuyulmaydi, balki o'z mohiyatini anglamoqchi, o'zini topmoqchi bo'lgan insonning ruhiy to'lg'onishlari tarzida ta'sir qiladi» - kabi asosli fikrlarni ilgari surdilarki, bu qarashga biz ham qo'shilamiz. Darhaqiqat, romanda insoniyat paydo bo'lgandan beri uning qalbida yashab kelayotgan Isyon va Itoat, imonu e'tiqod masalalari tahlil va tadqiq qilingan. Bilamizki, Shayton Allohga itoat etmagani uchun farishtalar safidan chiqarilib, jannatdan quvilgan. Allohning habibi inson-chi? Inson yaratgan parvardigorining og'ir va mashaqqatli ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.29 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.29 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:35 ]
Arxiv ichida: doc