Rus bolalar adabiyoti

Rus bolalar adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Rus bolalar adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

Rus bolalar adabiyoti Reja: A.S.Pushkin ertaklari ahamiyati. L.Tolstoy - bolalar kitobxonligida. K.Chukovskiy - bolalar shoiri va adibi. S.Marshak - bolalar shoiri Tayanch tushunchalar: seminariya, qirollik, kosmik svilizatsiya, novella, sarchashma, arxaik, antik, slavyan, vizantiya, grek, monolog, dialog, alifbo-kitob, alifbo-yozuv, sentimentalizm, lubochnaya, lubka, gravyura, taxtakach, masal, grammatika, miniatura, ertakona sujet, mozaika, badiiy sayqal, ertakshunos, germanistika, naturmort, illyustratsiya, mifologiya. Aleksandr Sergeevich Pushkin (1799-1837) ta'lim-tarbiyasida Yevropamadaniyati, fransuz Uyg'onish davri adabiyoti ta'siri katta. U bolaligidan fransuz va rus tillarida erkin so'zlasha olgan. Bo'lajak shoir litseydagi talabalik davridayoq antik adabiyotning mumtoz hamda Yevropayozuvchilarining asarlarini sevib o'qish bilan birga, rus klassiklarining kitoblarini ham sevib mutolaa qilgan. Qadimgi rus adabiyoti unga kam tanish bo'lsa-da, ammo uning estetik jihatdan shakllanishida xalq folklori eng katta ta'sir ko'rsatgan. Pushkin davrida, hatto dvoryanlar oilalarida ham, ertaklar aytish urf bo'lgan. Shoir bolaligida ertaklarni o'z enagasi Arina Rodionovna Matveevadan, buvisi Mariya Alekseevna Gannibaldan, uy xizmatchisi Nikita Kazlovdan hamda Moskva yaqinidagi zaharova qishlog'ining dehqonlaridan eshitganligini ko'p takidlaydi. U Ukrainada janubda, Nijegorod shahridagi Boldinoda, Janubiy Ural va Orenburg tomonlarda bo'lib ertaklar, maqollar, matallar, qo'shiqlar eshitgan va yozib olgan. Pushkin ijodida bolalar mavzusi kam uchraydi. Faqatgina uncha katta bo'lmagan Go'dakka (1824), Go'dakka epitafiya (1828) (epitafiya - qabr toshi ustidagi bitik) sherlari bevosita bag'ishlovdir. Ammo uning ko'pgina lirik sherlari, doston va adabiy ertaklari bolalar kitobxonligida mashhur. Shu sababli Tvardovskiy haqli ravishda, u bizning hayotimizga bolaligimizning ilk davrlaridan boshlab kirib keladi va umrimizning oxirigcha bizni hech qachon tark etmaydi, degan edi. Muhimi, Pushkin yangi rus adabiyotini realistik va xalqona tamoyillar bilan boyitdi. U Ruslan va Lyudmila dostonini yozishni o'n etti yoshida boshlab, yigirma yoshida tugatadi. Shoirning ana shu ilk ijod namunasidayoq ertak ajoyibotlari olami mavjud. Bu bir necha yuz yillardan buyon o'quvchilarni doimo o'ziga rom etib kelayotir. Ruslan va Lyudmila dostonining mashhur muqaddimasi kitobning ikkinchi nashri (1828-yilda) bilan paydo bo'ldi va u mustaqil asar deb talqin qilinadi. Muqaddimaning asosiy qahramoni qo'shiqchi hamda ertakchi bo'lgan Bilimdon Mushuk (Kot uchyoniy). Muallifning ertakona sujet mozaikasini oldindan berishi bejiz emas, bunda qo'shiqlar hamda ertaklar qanday dunyoga kelishi, inson tomonidan o'ylab, to'qib bo'lmaydigan g'ayritabiiy xalq g'oyalari sirli rishtalar bilan bog'langani anglashiladi. Shu sababli shoir o'sha sirli manzil (Yashil eman daraxti o'sayotgan Dengiz bo'yi)da ertaklar eshitganini, shu jumladan Ruslan va Lyudmila ertagini ham tinglaganini muqaddimada takidlaydi. Ajoyibotlarning tasviri go'zal suv parisi va suv alvastisi, yovuz kuchlar (demonologiyadan), yani xalq isxonadigan qahramonlar talqinidan boshlanadi. Keyin misli ko'rilmagan olam tasvirlanadiki, buni to'qima yo haqiqiyligi anglash qiyin. Ko'z ko'rib, quloq eshitmagan yo'lakchalarda misli ko'rilmagan hayvonlarning oyoq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.38 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.38 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga