Reja: 1. Sadriddin Ayniy hayoti va ijodi 2. Sadriddin Ayniyning jadidchilik faoliyati 3. Sadriddin Ayniyning pedagog qarashlari va bola tarbiyasiga oid asarlari Sadriddin Ayniy Buxoro amirligida jadidchilik harakatining asoschilaridan biri, o'zbek va tojik adabiyotining mashhur namoyandasi, mohir pedagog. Uning adabiy faoliyati haqida ko'plab ilmiy asarlar yaratilgan. 1965 yilda uning pedagogik qarashlari haqida A. G'aniyev «Sadriddin Ayniyning pedagoglik faoliyati va ta'lim-tarbiya to'g'risidagi fikrlari» nomli risolasini yaratdi. S. Ayniyning ijodi va faoliyati, pedagogik qarashlari uzoq yillar davomida ko'plab ijodkorlar faoliyati kabi, o'zi mansub bo'lgan jadidchilik harakatiga qarshi qo'yib o'rganildi. Faqat mustaqillikdan keyingina S. Ayniy kabilarning butun Turkiston xalqlarini istiqlol sari uyg'otgan jadidchilik harakatining tashkilotchilari, faol namoyandalari ekanligini ochiq aytish imkoniyati tug'ildi. Sadriddin Ayniy 1878 yil 15 aprelda Buxoro viloyati G'ijduvon tumanining Soktare qishlog'ida dehqon oilasida tug'ildi. Uning otasi Saidmurodxo'ja dehqonchilik bilan birga tegirmon charxini yasash, to'quvchilik hunarlari bilan ham shug'ullangan, u adabiyotga ancha muhabbat qo'ygan, o'qimishli odam bo'lgan. Sadriddin maktab yoshiga yetgach, otasi uni Soktare masjidiga qarashli maktabga beradi, ammo u ibtidoiy ma'lumotni bibixalifa (qizlar muallimi)dan olgan. Adabiyot va san'atga muhabbat otasidan o'tgan, uni she'rning ohangi o'ziga tortar edi. Sa'diy, Hofiz, Navoiy, Fuzuliy, Bedil she'riyatini tushunmasa ham ohangi uni maftun etadi. 1889 yilning yoz faslida Sadriddinning ota-onasi vabo kasalidan ketma-ket vafot etadilar. Oila mashaqqatlari uning zimmasiga tushdi. 1890 yilda Sadriddin ukalarini bobosi uyida qoldirib, kuz faslida Buxoroga keladi. Uning o'qishga borishiga bir voqea turtki bo'ladi. Madrasaning katta domlasi mashhur ma'rifatchi Sharifjon Maxdum ishtirok etgan qishloqdagi bir ziyofatda dastyorlik qilib turgan Sadriddin madrasaning bir talabasi bilan baytbarak aytishda yengib, ko'pchilikning e'tiborini qozonadi (bu talaba S. Ayniyning keyinchalik bir umrli do'sti, jadidchilik harakatining yirik vakili Mirzo Abdulvohid Munzim edi). Yosh Sadriddinning iqtidorini sezgan mudarris Sharifjon Maxdum uning Buxoroga o'qishga borishi kerakligini Sadriddinning akasi madrasa talabasi Muhiddinxo'jaga tayinlaydi. 19 yillik talabalik davri «Mir Arab», «Olimjon», «Hoji Zohid», «Badalbek», «Ko'kaldosh» madrasalarida kechdi. O'qish-o'qitish usullarining yaroqsizligidan tashqari, talabalarning iqtisodiy ahvoli nihoyatda og'irligi tufayli o'qish muddati 20-25 yilgacha cho'zilib ketar edi. Sadriddin ham har qancha qobiliyatli bo'lmasin, yashash uchun hujra qidirishga, tirikchilik uchun uy xizmatkori, boyvachcha talabalarning kirini yuvish, ovqatini pishirish kabi yumushlarni bajarishga majbur edi. Shu bilan birga, Buxoroning Mirzo Abdulvohid Munzim, Homidxo'ja Mehriy, Ahmadjon Abusaid Hamdiy, Mulla Nazrulla Lutfiy, Abdulmajid Zufunun, Maxdum Hayrat kabi ilg'or yosh shoirlari, olimlari bilan bo'lgan uchrashuvlar, munozaralar, mushoiralar uning og'ir, mashaqqatli kunlarini nurafshon qildi. U talabalik yillarida Hindistonda fors tilida chiqadigan «Hablul-matin», Misrda nashr qilinadigan «Chehranamo» gazetalari bilan tanishdi, Ismoilbek Gaspralining «Tarjimon», taniqli adib Fotih Karimiy muharrirligida Orenburgda chiqadigan «Vaqt» gazetalarining ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
437.75 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
437.75 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:35 ]
Arxiv ichida: doc