Sakkokiy, Gadoiy, Atoiy, Lutfiy va Hofiz Xorazmiylar ijodi

Sakkokiy, Gadoiy, Atoiy, Lutfiy va Hofiz Xorazmiylar ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Sakkokiy, Gadoiy, Atoiy, Lutfiy va Hofiz Xorazmiylar ijodi - rasmi

Material tavsifi

Sakkokiy, Gadoiy, Atoiy, Lutfiy va Hofiz Xorazmiylar ijodi Reja: Sakkokiy -qasidanavis shoir. Gadoiy ijodidagi asosiy g'oyalar. Atoiy g'azallarining mavzu ko'lami. Turkiy she'riyatning rivojlanishi va taraqqiy topishida Mavlono Lutfiy xizmatlari. Hofiz Xorazmiy ijodi. O'zbek adabiyoti XIV asrdan boshlab yangi taraqqiyot yo'llariga kirganligi ma'lum. Bunda Haydar Xorazmiy, Sakkokiy, Atoiy, Lutfiy, Gadoiy va Hofiz Xorazmiylarning xizmatlari samarali bo'lgan edi. Bu san'atkorlar inson va jamiyat ma'naviy ehtiyojlari bilan bog'liq fikru tuyg'ularni she'riyatning markaziy masalalari sifatida tahlil qilishga intildilar. Sakkokiy XIV asr ikkinchi yarmi, to'g'rirog'i oxirgi choragida tug'ilgan va XV asrning birinchi yarmida Ulug'bek hukmronligida yashab, ijodiy kamolotga erishgan shoirdir. A.Navoiyning Majolisun nafois, Muhokamat ul-lug'atayn asarlarida Sakkokiy va u yashagan davr, uning adabiy faoliyati hamda XV asr adabiyotida tutgan o'rni haqida qimmatli ma'lumotlarni keltiradi. Sakkokiydan bizgacha to'liq bo'lmagan kichik bir devon qo'lyozmasi yetib kelgan. O'zbek adabiyotida g'azal va qasida janri rivojiga salmoqli hissa qo'shgan Sakkokiy g'azallarining asosiy mazmunini samimiy sevgi, real borliqqa muhabbat bilan qarash va uni ulug'lash tashkil etadi. Sevgiga sadoqat va vafodorlik ulug'lanadi, hayot lazzatlaridan zavq va bahra olish targ'ib qilinadi. Sevishganlar, oshiq-ma'shuqlarning ishq yo'lidagi hijron dardiyu firoq, ayriliq alam-iztiroblarini, visol zavq-shavqlari va nashidalarini zo'r hayajon bilan, nihoyatda original, sodda va o'ta ta'sirli qilib tarannum etadi: Gul yuzungni orzulab, yuz ko'zni gulzor ayladi, Shakkar erningni tilab jon tanni afgor ayladi. Shoirning devonida 11 ta qasida ham mavjud bo'lib, ular muayyan tarixiy shaxslarga bag'ishlangandir. 1403-1404-yillarda dunyoga kelgan Gadoiy taxminan 90 yildan ortiq umr kechirgan. Uning hayoti va ijodiga doir ma'lumotlar tarixiy manbalarda nihoyatda kam saqlanib qolgan. A.Navoiyning Majolis un-nafois tazkirasidagi qaydlar bu jihatdan juda qimmatlidir. Navoiy yozadi: Mavlono Gadoiy-turkiygo'ydir, balki mashohirdindir. Bobur Mirzo zamonida she'ri shuhrat tutibdur. Bir nav'i aytur va aning matla'laridan biri budurkim: Ohkim devona ko'nglim mubtalo bo'ldi yana, Bu ko'ngulning ilkidin jong'a balo bo'ldi yana. Zamondosh shoirlar ijodida bo'lganidek, Gadoiy ham g'azal janrida barakali ijod qilgan. Shoir g'azallarining bosh mundarijasi-ishq, hayotga otashin muhabbat. Shuning uchun ham shoir dunyo voqea-hodisalarini oshiq yuragi bilan qabul qiladi. Gadoiy lirik qahramonining ideali quyidagi baytda o'z aksini topgan deyish mumkin: Ishq dardi zarrai gar kam bo'lur, jonim chiqar, Yo ilohiy, to qiyomat bo'lmasin kam dardi yor. Bu dardning zamirida vafo va sadoqat, go'zallikni qadrlashdek pokiza fikru hislar yotadi. Shoir g'azallarida yangilikka intilish hayotga mumkin qadar yaqinlik yorqin ko'rinadi. Ayniqsa, tabiat fasllari, Hirot shahri, uning Jannat havo bog'lari, go'zal xiyobonlari madh etilgan g'azallar bu jihatdan e'tiborlidir. Gadoiy g'azallari sodda va ravon tilda yozilgan. 230 g'azaldan 164 tasi va 5 ta to'rtligi aruzning eng xalqchil bahri bo'lmish ramalda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.41 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.41 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga