Sarvar Azimov

Sarvar Azimov

O'quvchilarga / Adabiyot
Sarvar Azimov - rasmi

Material tavsifi

Sarvar Azimov (1923) Taniqli dramaturg va adabiyotshunos Sarvar Olimjonovich Azimov 1923 yili Jizzax shahrida ziyoli oilasida dunyoga keldi. Mashhur o'zbek shoiri Hamid Olimjonng ukasi Sarvar Toshkentdagi Karl Marks nomli pedagogika texnikumini tamomlagach, O'rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetiga kirib (1942-1946) o'qidi, so'ngra aspiranturada ta'lim oldi. 1946-1947 yillarda Radio komitetida mas'ul muharrir, 1950 yillarda Adabiyot muzeyida ilmiy xodim, 1950-1954 yillarda A. S. Pushkin nomli Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, rahbar o'rinbosari bo'lib ishladi. 1954-1956 yillarda O'zbekiston partiya Qo'mitasida fan va madaniyat bo'limi boshlig'i, 1956-1957 va 1980- 1985 yillarda O'zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga boshchilik qildi. 1957-1959 yillarda Madaniyat vaziri, 1959-1969 yillarda Respublika hukumati raisi o'rinbosari va Tashqi ishlar vaziri bo'lib xizmat qildi. 1969-1980 yillar mobaynida sobiq SSRning Suriya va Pokistondagi elchisi, 1986-1990 yillarda Tashqi ishlar vaziri bo'lib ishladi. Yozuvchining adabiy-tanqidiy faoliyati 1948 yildan boshlangan. «O'zbek adabiyoti tarixini buzishga qarshi», «SSR xalqlari adabiyoti xrestomatiyasi to'grisida», «Yosh o'zbek yozuvchilari ijodi haqida» kabi asarlari bilan ilmiy-nazariy masalalarni ilgari surdi. Sarvar Azimov Hamid Olimjon ijodi bo'yicha uzoq yillar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, 1953 yilda nomzodlik, 1972 yilda doktorlik dissertatsiyalarini ham qildi. U o'rta maktablar uchun o'zbek adabiyoti darsliklari xrestomatiyalari va dasturlarini yaratishda katta mehnat sarf qilgan. Sarvar Azimov o'zining sahna asarlari bilan sho'ro davri o'zbek dramaturgiyasi va teatri taraqqiyotiga muhim hissa qo'shib keldi. «Qonli sarob» (1961), «Oppoq tong qo'shig'i» (1962), «Yulduzlar jamoli» (1964) asarlari va adabiyotshunoslikka doir ilmiy-nazariy kitoblarni o'zbek adabiyotining munosib yutuqlarilandir. «Zamon» dramasi (1968) o'zining g'oyaviy-badiiy puxtaligi bilan dramaturg ijodida alohida o'rin tutadi. Bu asarda kolonializm kishanlarini parchalab tashlab, o'z mustaqilligiga ega bo'layotgan chet-el xalqlarining hayoti, ozodlik uchun kurashi, milliy ozodlik uchun kurashinin Sharqqa keng yoyilib, ularning yurak-yuraklariga, aql idroklariga kirib, singib borayotganligi ifodalanib berilgan. Sarvar Azimov barcha dramatik asarlarida chuqur xalqchillik bilan davrning muhim muammolarini ko'tardi. Xorijiy mavzuda yozgan asarlari bilan o'zbek dramaturgiyasiga dunyo xalqlari taqdiri mavzusini olib kirdi. Sarvar Azimov o'zbek dramaturgiyasini yangi mavzu, yangi shakl, yangi obrazlar bilan boyitib kelayotgan ijodkor. Ijodkor bir qancha radioqissalar senariysi muallifi, kinoqissalar avtoridir. U O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, O'zbekiston xalq yozuvchisi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.55 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.55 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga