Sayding qo'yaber sayyod - erk va ozodlik qo'shig'i

Sayding qo'yaber sayyod - erk va ozodlik qo'shig'i

O'quvchilarga / Adabiyot
Sayding qo'yaber sayyod - erk va ozodlik qo'shig'i - rasmi

Material tavsifi

Sayding qo'yaber sayyod - erk va ozodlik qo'shig'i Furqat xalqimiz madaniyati, adabiyoti va ilm-fani tarixida talantli shoir sifatida shuhrat topgan. U o'z davrining barakali ijod qilgan shoirlaridan edi. Uning ijodida turli janrlarda yozilgan asarlar mavjud. Jumladan, g'azal, muxammas, musaddas kabi janrlarda yaratgan asarlarida zamona ruhi ufurib turadi. Shoirning Sayding qo'yaber, sayyod, sayyora ekan mendek misrasi bilan boshlanuvchi musaddasi uning ijodidagina emas, balki, butun o'zbek milliy uyg'onish davri adabiyotida muhim o'rin egallaydi. Musaddasda asosan uch obraz sayd (ov), sayyod(ovchi), dom(tuzoq) obrazlari mavjud bo'lib, mazkur obrazlar Sharq adabiyotida qadimdan o'rin olgan. Asar o'zining erksevar mazmuni, chuqur insonparvarlik g'oyasi bilan davr adabiyotida alohida o'ringa ega. Ma'lumki, XVII asrda turkman shoiri Andalib ushbu obrazlardan unumli foydalanib, ovchi tuzog'iga ilingan ohuga hamdardlik tuyg'usi bilan to'lib-toshgan alohida muxammas yozgan edi. Furqat esa musaddas janrida asar yozib, u ham yuqoridagi obrazlarni mujassamlantirdi. Lekin shoir yashagan zamon, Turkistonday yurtning, elning qo'ldan ketib sayyodning qo'liga tushishi unga yangi ma'no, yangi mazmun beradi. Qolaversa, furqatshunoslar ushbu musaddasning maydonga kelishida she'rda nomi zikr etiladigan Sa'dulla Hofizning yomonlar tomonidan fojiali o'ldirilishini ham bir sabab qilib ko'rsatadilar. Asarda shoir asosan haqsizlikni, zulmni, tutqunlikni qoralaydi, o'zining hayot haqidagi orzularini kuylaydi. U erkin va ozod hayotni tarannum etadi. Musaddas erkin hayot, ozod turmush haqidagi qo'shiqdir. Musaddasda shoir yashagan davrdagi adabiyotga, undagi ijobiy qahramonga xos bo'lgan shirin orzulari, kelgusida baxtli hayotga yetishishi haqidagi istaklari ko'tarinki ruhda o'z ifodasini topgan. Musaddas yetti banddan iborat. Dastlabki band quyidagicha boshlanadi. Sayding qo'yaber, sayyod, sayyora ekan mendek, Ol domini bo'ynidin, bechora ekan mendek. Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mendek, Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mendek. Shoir tuzoqqa tushgan ohuning holini xilma-xil tashbih va muqoyasalar bilan tasvir etgach, ovchiga xitob qilib, uni banddan ozod etishni so'raydi. Shoir haddan ko'p zulm ko'rgan saydga dildan achinadi, sayyodning esa zo'ravonlik qilganini qoralaydi. Furqatning qalbida o'z xalqining ozodlikka bo'lgan muhabbati, intilishi jo'sh uradi, - deb yozadi adabiyotshunos Xolid Rasul. Darhaqiqat, she'rda ozodlikka erishish haqidagi shoir orzusi o'z ifodasini topgan. SHe'rda mehnatkash xalqni erkin, yorug' hayotga chaqirishi ham yorqin sezilib turadi. Mazkur musaddas shoir yashagan davrdagi mustamlakachilik zulmiga qarshi norozilik ifodasi edi. Furqatning shoirlik iste'dodi bu she'rda yanada chuqurroq seziladi. SHe'rda allegorik obrazlar hukmron. SHe'rdagi jo'shqin lirizm Sayyodga bag'ishlangan quyidagi misralarda o'z ifodasini topgan: Tog'da ochilib lola, yer sabza bahor o'lsa, Axir bu nechuk bedod, olam anga tor o'lsa? Chiqmay desa joyidin, uzlatda figor o'lsa, Gar chiqsa banogohi domig'a duchor o'lsa. Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mendek, Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mendek. Bechorani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 444.82 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 444.82 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga