Sharq uyg'onish davri va unda ta'lim - tarbiya masalalari

Sharq uyg'onish davri va unda ta'lim - tarbiya masalalari

O'quvchilarga / Adabiyot
Sharq uyg'onish davri va unda ta'lim - tarbiya masalalari - rasmi

Material tavsifi

Sharq uyg'onish davri va unda ta'lim-tarbiya masalalari Reja: 1. Sharq Uyg'onish davrida ilm-fan va madaniyat 2. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari 1. Sharq Uyg'onish davrida ilm-fan va madaniyat Arab xalifaligi yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta'sir etdi. Madaniy hayotda yuz bergan ko'tarinkilik ma'naviy hayotda ham o'zgarishlar bo'lishiga olib keldi. Ana shu ko'tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va o'rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq uyg'onish davri deb ataldi. Bu uyg'onish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg'onish davri xalifalikning Bag'dod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. Xalifalik emirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi. Xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning o'g'li al-Mamun davrida Bag'dodda Bayt-ul-hikma (Donishmandlik uyi) (hozir Akademiya manosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan. Akademiya 813-833 yillarda yanada rivojlangan. Akademiya qoshida rasadxona ham bo'lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog'doddagi mazkur ilm markazi, o'z navbatida Sharq va g'arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma'naviy hayotning rivojlanishiga ta'sir etgan. Bu o'rinda xalifa al-Mamunning ilm-fan ravnaqida ko'rsatgan homiyligini alohida takidlash joiz. Zero, xalifa al-Mamun ilm fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlaridan xalifalikning Xurosondagi noibi bo'lib turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to'plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javhariy, al-Farg'oniy, al-Marazviy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo'lgan. Al-Mamun xalifalik taxtiga o'tirgach u olimlarning barchasini Bag'dodga chaqirib oladi va Bayt-ul-hikma -donishmandlik uyi (Mamun akademiyasi)da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi. Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon, xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniyati bo'lsin, Uyg'onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo'lib xizmat qildi. Agar arablar Markaziy Osiyoni bosib olib, bu yerda ilgari mavjud bo'lgan fan va madaniyat o'choqlarini yo'qotgan bo'lsalar, ko'p o'tmay qadimiy ilmiy an'ana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning yetuk siymolari etishib chiqa boshlaydi. Bularning barchasining bir-biriga qo'shiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi. Yaqin va o'rta Sharqda, jumladan, Eron, Kavkazorti va Movarounnahrda savdo aloqalarining rivojlanganligi, ilm-fan, hunarmandchilikning taraqqiy etishi moddiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta'sir etdi. Yaqin va o'rta Sharq mamlakatlarida madaniy yuksalishga olib kelgan asosiy sabab-feodal munosabatlarning yangi bosqichi bo'ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga bo'ysungan mamlakatlarning xo'jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.94 KB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.94 KB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga