She'riyatda musiqiylik Ritm Bo'g'in Turoq Vazn Ritmik pauza Turkum Qofiya Oddiy qofiya To'la qofiya Noto'la qofiya Radif Raviy Zulqofiyatayn Musallas qofiya Band Sodda band Murakkab band Reja: She'riyatda musiqiylik Ritm Bo'g'in Turoq Vazn Ritmik pauza Turkum Qofiya Oddiy qofiya To'la qofiya Noto'la qofiya Radif Raviy Zulqofiyatayn Musallas qofiya Band Sodda band Murakkab band So'zshunoslikning barcha o'zak (oldingi bo'limlarda tahlil etilgan) masalalari she'riyatga ham taaluqlidir. Darvoqye, V.G.Belinskiy yozganidek, Butkul dunyo, undagi tamomiy gullar va buyoqlar, tabiat va hayotning barcha shakllari she'riyat hodisasi bo'la oladi. Ana shu hodisalarda yashirib, ularni hayot jilvalari ila jozibador etgan narsa she'riyatning mohiyatini tashkil etadi. She'riyat - bu olam hayotining tirik tomiri, uning qoni, uning olovi, uning shu'lasi va quyoshidir (Sobr. soch. v tryox tomax, T., 1, M, 1948. s. 644). She'r ohang jihatidan ma'lum bir tartibga solingan his-tuyg'u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli, ritmik nutqdir1 va ayni paytda, musiqiyligi, yoqimligi, mo'ljalga uradigan jozibasi, dilkashu dardkash insoniyligi bilan ajralib turadigan mo'jizadir. Bu ikkala jihat doimo uyg'unlashgandagina she'r dunyoga keladi. Chunki Vaznu qofiyasi bo'lib, she'r bo'lmagan parchalar bo'g'ani kabi vaznu qofiyasiz (sochim) she'r parchalari-da ko'bdir.2 She'riyat asosida lirikaning qonuniyati (lirik kechinma - his va tuyg'ular tafsiloti) yotar ekan, demak, unda hissiyot va fikr (mazmun va shakl birligidek) qorishiq yashaydi. Obrazli qilib aytganimizda, hissiyot - ona, fikr - ota, ulardan bino bo'lgan farzand - she'rdir. Ushbu fikrlarni to'liqroq anglash maqsadida Hamid Olimjonning Zaynab va Omoniga bir nigoh tashlaylik. Ocherkda: - Axir birga yurar emishsan-ku! - To'g'ri, maktabdan birga qaytgan vaqtlarim bo'lgan. Lekin sen aytgan gaplar hammasi yolg'on. - Ochiq kunda, yetti yot begona bo'lgan odam bilan ergashib yurganing nima qilganing axir? - Sora yana o't oldi. - Endi nima deysan? - Zaynab opasiga tikildi. - Buzilib ketibsan. Omon bilan yurma deyman. Pochchangning amakisining o'g'li bor. Seni o'shanga beraman. - yerga tegadigan manmi, san? - Zaynab yana tikildi. San, lekin man beraman! - Sora qat'iy aytdi. Uzoq olishgandan so'ng opa-uka yig'ladilar. U Zaynabga san buzilib ketding, deb da'vo qildi. Zaynab opasi bilan xayrlashmasdan uning uyidan chiqdi. [1] Dostonda: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 Bo'lmaydimi Sobir, tez gapir! Opa, bo'lmas, jonim, gapim bir! Yo meni de, yoki Omonni? Netay, tikdim yo'lida jonni! U pastkashning zoti kim ekan?! Opa urma qalbimga tikan. Uni men ham bilolganim yo'q, Bu yumushni qilolganim yo'q. Lekin ishonch bilan to'liqman, Shu ishonchim bilan ulug'man Ko'rinmagin, yo'qol, ko'zimga, Yo'qol, xotin bo'lsang har kimga, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.09 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.09 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:38 ]
Arxiv ichida: doc