Siddiqiy Ajziy hayoti va ijodi (1864-1927 YIL) Reja: Siddiqiy Ajziy hayoti va ijodining o'rganilishi. Shoirning hayot yo'li. Muallimlik faoliyati. «Mir'oti ibrat» dostoni. Shoirning ijtimoiy qarashlari. Milliy uyg'onish davri adabiyotida tutgan o'rni. Millatining ishqi, dardi bilan sug'orilgan Siddiqiy Ajziy shoir, dostannavis, tarjimon, hajvgo'y, maktabdor, publitsist sifatida biz bilan hamkor va hamdast bo'ldi. Siddiqiy Ajziy ijodiga munosabat shoir hayotlik chog'idayoq boshlangan edi. Davriy matbuotlarda shoir haqidagi maqolalar, asarlaridan parchalar berilib bordi. Shuningdek, XX asr adabiyotini o'rganishda muhim manba hisoblangan Ne'matulla Muhtaramning «Tazkirat-ush shuarosiga ham uning nomi kiritilgan. XX asr adabiyotida Vadud Mahmudning «Turk shoiri Ajziy», Tursunqul (Rahim Hoshim)ning «Siddiqiy to'g'risida mulohazalar» kabi maqolalar shoir haqidagi tasavvurlarimizni to'ldiradi. XX asrning 20 yillaridagi bu ikki zukko tanqidchilar davr adabiy jarayonini ziyraklik va sergaklik bilan kuzatar ekan, shoir Ajziyning hayot yo'lini aniq va real voqelik asosida tavsiflab, adabiy ijodini san'at nuqtai nazaridan tekshiradilar va har tamonlama talqin etadilar, shuningdek, uning o'axslik sifatlarini hamda shoirlik fasohatini yuqori qadrlab V.Mahmud « Ajziy millatining ishqi, dardi bilan sug'orilgan bir shoirdir. U ko'z yosh to'ksa, millati uchun to'kadur, birovdan xafalansa millatining holiga boqmagani uchun xafalangandur. Birovdan xursand bo'lsa, millati, xalqi uchun bo'ladur» desa, Tursunqul «Siddiqiy mafkura va o'ylashda o'z chog'dosh (zamondosh - T. M) va maslakdoshlaridan yuqori turadi. Ul san'atda, adabiy ijodda ham o'z davri shoirlaridan oldindadir. Ul eski adabiyot bilan yangi jadid adabiyoti orasida bir ko'prik tashkil qiladi va eski usulning shirin va yoqimli havolari bilan o'zining yangi navolarini eshittirmoqchi bo'ladi. Siddiqiy jadid shoirlari orasida xayol jihatidan boy, mustag'niy bir siymodir» deya e'tirof etadi. Biroq hamma vaqt ham shoir ijodi o'zini haqqoniy bahosini topmadi, ya'ni S.Ajziy ijodiyoti bo'yicha talqinlar turlicha kechdi. Jumladan, H.Mirzazoda, I.S.Braginskiylar Ajziy asarlarining reaksion burjua adabiyoti namunasi sifatida talqin qildilar. YA'ni, shoir Ajziy hayoti va ijodi adabiy-siyosiy bahslar mavzusiga aylandi. 60-yillarga kelib shoir ijodiga munosabat anchayin xolis bo'ldi. Bu R.Arslanov, M.Fattayev, S.Halimov kabi adabiyotshunoslarning shoir hayoti va ijodiyoti haqidagi qarashlarida ko'rinadi. Ajziy borasidagi siyosiy-adabiy bahslar va turlicha qarashlarni 70-yillar boshidayoq e'tiborli olim, professor Begali Qosimov S.Ajziyning kimligi, hayot yo'li, ijodining mohiyati va mafkurasining neligini aniqlab, mufassal talqini bilan yakun toptirdilar. B.Qosimov Ajziy hayot yo'li va ijodiy faoliyatini birinchilardan bo'lib ilmiy-adabiy jihatdan talqin qilar ekan, uni milliy uyg'onish davri adabiyotining umidli vakili o'laroq sifatlaydilar. Demak, yirik adabiyotshunos olim B.Qosimov XX asrning 70-yillaridan boshlab Siddiqiy Ajziy hayoti va ijodini jiddiy va keng ko'lamda tadqiq va targ'ib, tashviq eta boshladilar. Ustoz domlamiz bu davrdan boshlab Siddiqiy asarlarini to'plash, o'rganish, nashr etish ishlarini qizg'in va samarali olib borib, shoir ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
449.7 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
449.7 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:39 ]
Arxiv ichida: doc