Sillabik Metrik Tonik Sillaba - tonik Barmoq Aruz Erkin she'r

Sillabik Metrik Tonik Sillaba - tonik Barmoq Aruz Erkin she'r

O'quvchilarga / Adabiyot
Sillabik Metrik Tonik Sillaba - tonik Barmoq Aruz Erkin she'r - rasmi

Material tavsifi

Sillabik Metrik Tonik Sillaba-tonik Barmoq Aruz Erkin she'r Reja: Sillabik Metrik Tonik Sillaba-tonik Barmoq Aruz Erkin she'r Jahon she'riyatida asosan to'rtta she'r sistemasi (tizimi) mavjud: sillabik, metrik, sillabo - tonik, tonik. Sillabik she'r sistemasi bo'g'inlar miqdoriga asoslanadi. Unga o'zbek, turk, ozarbayjon, uyg'ur, polyak, farang, ispan, rumin xalqlari poeziyasidagi she'r tizimi kiradi. Metrik she'r sistemasi bo'g'inlarning uzun-qisqaligiga, unlilar holatiga asoslanadi. Grek, lotin, arab she'riyatiga shunday xususiyat xos. Tonik she'r sistemasida urg'uli hijolar o'rtasidagi urg'usiz bo'g'in nisbati erkin bo'ladi. Ritm hosil bo'lishi prinsipiga qarab sillabik-tonik, dolnik, aksentli she'rlarga bo'linadi. Rus, ingliz, olmon she'riyatidagi mustaqil tizimdir. Sillabo-tonik she'r sistemasi bug'inlarning urg'uli, urg'usizligiga, ularning miqdoriga va tartibiga, izchil takrorlanishiga asoslanadi. Rus she'riyatining asosiy tizimi sanaladi. Har bir she'riy sistema xalq tilining ichki imkoniyatlari, qudrati bilan yaratiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, o'zbek tilining ifoda va ohang imkoniyatlari, grammatik-stilistik qurilishi - barmoqni milliy she'riy sistema sifatida bunyodga keltiradi. Parmoq vazni butun turklar uchun-da, biz o'zbeklar uchun-da milliy vazndir, musulmonlardan burun butun turk shoirlar shul parmoq vazni bilan tizimlar, she'rlar yozar edilar, - deb ta'kidlaydi A. Fitrat. O'zbek she'riyatida ikkinchi - aruz sistemasi ham bor. A. Fitrat yozganidek, aruz - arablarnikidir. Ulardan forslarga o'tgan va arab aruzi tuzatilib, kamchiliklari to'ldirilib, arab-fors aruzi holiga keltirilgan. Arab-fors aruzi O'rta Osiyo xalqlari poeziyasiga ham kirgan. Qutadg'u bilig (XI asr) o'zbek she'riyatidagi aruzda yozilgan dastlabki asar sanaladi. I. Sulton aruz va barmoq sistemalari orasida ma'lum birlik mavjud ekanligi (Ritmning faqat bo'g'inlar miqdorining soni bilangina emas, balki har misraga kirgan bo'g'inlarning sifati - uzun va qisqaligi bilan tayin etilishi hodisasi)ni ta'kidlaydi va bu fikrni o'zbek xalqining poeziyasida ikki ritmik sistemani yaratish fakti bilan izohlaydi. Barmoq she'r sistemasi. Barmoq misralarda bo'g'inlarning muayyan miqdoriga va izchil takroriga, bir xil turoqlarning o'ziga xos tartibda guruhlanishiga asoslanadi. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 Qarshiga qor yog'adi, qor ustiga 7+4=11 Yigitlar yor olmangiz, yor ustiga 7+4=11 Yigitlar yor olsangiz, yor ustiga - 7+4=11 Namokob quyguncha bor, bol ustiga. 7+4= 11 Misralardagi bo'g'inlar miqdorini barmoqlar bilan sanash juda qulay va oson bo'lgani sababli, mazkur she'r qurilishini barmoq vazn deb yuritish rasm bo'lgan.Biroq barmoqda turli turkumlardan yuzlab vaznlarning yuzaga kelish qonuniyati borligi uchun Barmoq vazni degandan ko'ra, Barmoq sistemasi deyish asosliroqdir. Demak, barmoq sistemasidagi musiqiylik ritm asosida yuzaga kelar ekan, misolimizda yaqqol ko'ringanidek , har misrada bo'g'inlar soni 11 ta va u qolgan hamma misralarda ham bir xil takrorlanadi. Xuddi shu qonuniyat turoqlarga ham xos; birinchi misrada turoqlar 7+4 tartibida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.72 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.72 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga