Sirlar olamiga sayohat- (Abdulla Qahhor ijodi) O'zbek adabiyotining taraqqiyotida, ayniqsa, unda yangi janr hisoblangan realistik hikoyaning kamol topishida, yuksak chukkiga kutarilishida ulkan so'z san'atkori Abdulla Qahhorning xizmati katta buldi. o'zbek adabiyoti yangilanish jarayonini boshdan kechirayotgan xx asrning 20-30 yillarida xuddi Abdulla Qodiriy o'zbek romanchiligida, xamza xakimzoda dramaturgiyada, Chulpon shepriyatda isloh yasagani singari A.Qahhor xam epik turning kichik janri hisoblangan hikoyachilikning rivojlanishiga ana shunday xissa kushdi. uning xar bir asari o'quvchini uzining badiiy go'zalligi bilan maftun kiladigan, syujeti va kompozitsion qurilishining pishikligi bilan xayratga soladigan, tilining mukammalligi hamda samimiyligi bilan xayajonlantiradigan ijod namunalaridir. Bu asarlarni mutolaa kilgan xar qanday kitobxon o'zini sexrlar olamiga kirib kolgandek his qiladi. Bu sirlar olamining ayrim fazilatlari haqida talay tadqiqotlar olib borilgan bulsa-da, yillar utgan sari ular tobora kupayib borayotir va yangi-yangi kirralari kashf etilyapti. Abdulla Qahhorning hikoyanavislik san'ati uzidan keyingi butun bir ijodkorlar avlodi uchun ibratli maktab bo'lib koldi. Adibning, ayniqsa, hikoya makrostrukturasini ko'rish va so'z ustida ishlash tajribasi tuganmas sabok bulyapti. Bu xakda davrimizning katta adibi Odil Yoqubovshunday yozadi: «til masalasida uzim uchun bir narsa olish maqsadida Abdulla Qahhorni kulga olaman.» Bu taprif bejiz aytilmagan. Chindan xam yozuvchi asarlarida avtor nutqi xam, personaj nutqi xam o'ta saykal topgan, kolipga solingan g'ishtday pishik va tekis bo'lib, uning birontasini xam olib tashlash yoki almashtirish mumkin emas. Chindan xam A.Qahhor hikoyalarini umrbokiy kilgan sirlar kosxonasining olmos ustunlaridan biri uning so'z ustida ishlashidir. Yozuvchi xalq tilini benixoya yaxshi bilar, kadrlar va unga mas'uliyat bilan yondashar edi. Shu bois uning hikoyalarida avtor nutqi xam, personaj nutqi xam o'quvchiga o'ta tushunarli, tabiiy tuyiladi. Shunisi borki, asar organizmidagi bironta so'zning ortikchaligi sezilmaydi. Aksincha, ixcham iboralardan tashkil topgan tasvirlar manodorligi bilan istalganidan kura kuprok mazmun kasb etadi. Masalan, yozuvchining «Tomoshabog'» hikoyasida shunday epizod bor: tobi kochib kolgan kadokchi xamrokulni shahardagi «Romanska» tomoshabog'ining korovuli «Yuzini keksalikdan kura kuprok kurguliklar g'ijimlab tashlagan» usta kulol (Stokgulov) kuyarda-kuymay bokka olib kiradi. ular utgan yili bahorda, shu uris kishisining «gul kuyadigan vazasini kadaklab berganida tanishgan edi»lar. usta kulol dustiga suv ichirdi va biroz dam olishga undadi. Birok shu payt bu yerga «xotinchalish bir ofitser» etib keladi va ikkovi kariyani tepadi. Chunki «uzlariga soxiblik qilib turgan rusiya turalarining istirohatgoxlariga» yerlik sartiyalarning kirishi mumkin emas-da! Yozuvchi bu holatni ortikcha izoxlar bilan tasvirlab utirmay, «Churr Mirshab!» degan iboraniishlatadi. Mana shu qisqa iboraning zamirida manzara xam, ruhiy holat xam, tuknashuv xam, yana aytilmagan kanchadan kancha mazmun xam bor. Adib tasvirlamasa xam o'quvchi bu iboradan mirshabning shporlarini jaranglatib etib kelganligini, lunjini ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.24 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.24 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:39 ]
Arxiv ichida: doc