Siyosiy arbobning tahlil salohiyati

Siyosiy arbobning tahlil salohiyati

O'quvchilarga / Adabiyot
Siyosiy arbobning tahlil salohiyati - rasmi

Material tavsifi

Siyosiy arbobning tahlil salohiyati va notiqlik mahorati Xalqimizda: Hech narsa behikmat emas, - degan dono naql bor. O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga ham shu nuqtai nazardan yondashsak, bu buyuk nemat bizga o'z-o'zicha nasib yetmaganini his qilamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Islom Karimovning bugun muhokama etilayotgan O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitobi aynan O'zbekiston rahbarining mustaqillikka erishish yo'lida jonini jabborga berib olib borgan jasoratli, mardona, oqilona faoliyati bilan tanishish imkonini beradi. Nazarimizda, to'plamda berilgan har bir chiqishda bo'rtib ko'rinadigan ikki muhim fazilat bor: birinchisi - siyosiy arbobning tahlil salohiyati, ikinchisi - uning notiqlik mahorati. Kitobni shu ikki masala yuzasidan kuzatgan kishi talay yangi xulosalarga kelishi mumkin. Islom Karimov o'ta murakkab bir paytda Respublikaga rahbar bo'ldi. Ana shu qaltis davrning o'zi O'zbekiston rahbaridan Respublika hayotini, uning muammo va tashvishlarini, ittifoqdagi o'rni va mavqeini, xalqining dardini teran tahlil qilib, tezroq to'g'ri yechimlar topishni taqozo etar edi. Kitobda So'zboshi o'rnida deb berilgan kirish maqolada to'g'ri takidlanganidek, yurtimizdagi g'oyat qaltis va nosog'lom vaziyat, ozgina uchqun chiqsa, butun Respublika lovullab yonib ketadigan, to'g'ri yo'lni topish o'ta murakkab bo'lgan bir sharoitda inqirozdan chiqish, O'zbekistonning taqdiri va kelajagini hal etadigan eng muhim masalalar bo'yicha ulkan donishmandlik va jasorat bilan bayon etilgan kontseptual yondashuvlar, amaliy fikr-mulohazalar, xulosa va takliflar(4-bet)ni ilgari surish uchun aynan kuchli tahlil salohiyatiga ega bo'lish lozim edi. Ilmda tahlil orqali xulosaga kelinadi, xulosalar tavsiyaga aylanadi. Ammo hayot hamisha ham ilm xulosa va tavsiyalari bilan baqamti yuravermasligi mumkin. Ammo siyosiy arbobning tahlil va xulosalari tavsiyalar bilangina cheklanib qo'ya qololmaydi. Bu yerda tahlil - xulosa -ijro vobastaligi yuz beradi. Chunki davlat rahbari xzimmasiga hayotni o'zgartirish, xalq turmushini yaxshilash, uni bir holatdan ikkinchi bir holatga olib o'tish mas'uliyati yuklangan bo'ladi. Islom Karimov bugunni tarixdan kelib chiqib tahlil etish, qarorni esa ertani ham o'ylab qabul qilish bor. Bu aynan ana shu 1989 - 1992 yillar faoliyatida yorqin namoyon bo'ladi. Islom Karimov ishni ishga munosabatni o'zgartirishdan boshladi. Uning Respublikaga rahbar bo'lganining ertasi kuni so'zlagan nutqi Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o'zi yo'l qo'ymaydi deb sarlavha qo'yilgan. Masalani bunday keskin tarzda qo'yish uchun inkor etilayotgan hayot tarzining puxta-pishiq tahlili kerak. Respublika hayotining izchil tahlili, aslida, ana shu ilk nutqdan boshlangan. Sho'ro davrida Respublikaning oldingi biror rahbari chet mamlakatni tahlil etib, undan o'rnak olishga davat qilganmidi? Shu nutqida Islom Karimov shu kuniyoq Xitoyni misol keltiradi: Xitoyda aholining soni bizdagiga qaraganda bir necha barobar ko'p. Lekin Xitoy qandaydir yo'llarni topib, bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etmoqda (36-bet). Tahlillarda har bir masala o'rtaga qo'yilganda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.34 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.34 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga