Sobir Abdulla

Sobir Abdulla

O'quvchilarga / Adabiyot
Sobir Abdulla - rasmi

Material tavsifi

Sobir Abdulla (1905-1972) O'zbekiston xalq shoiri, taniqli dramaturg, Hamza Mukofoti sovrindori Sobir Abdulla 1905 yili Qo'qon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Eski va sovet maktablarida bilim olgan Sobir Abdulla ishchilar tayyorlov kursini (1924-1926) tamomladi. 1925-1948 yillarda «Yangi Farg'ona», «Yosh leninchi» ro'znomalari, «Mushtum»da xodim, Apdijon teatrida adabiy emakdosh bo'lib ishladi. Sobir Abdullaning ijodi 1925 yildan boshlangan. Shoirning «Erk ilhomlari» nomli birinchi to'plami 1931 yilda bosilib chiqdi. «Ko'klam, nash'asi» (1932), «Taajjub», «Gulshan» (1939) she'rlar to'plami, «Navbahor» (1930), «Do'stlik» (1937) hikoya to'plamlarida xalqning hayoti, sevgisi va ma'naviy dunyosi o'z ifodasini topgan. Sobir Abdulla - sermahsul dramaturg. Uning «Bog'bon qizi» (1930), «Oyxon» (1935), «Tohir va Zuhra» (1939) sahna asarlari, «Alpomish», «Muqimiy» kabilar teatrlarimizning ko'rki bo'ldi. Ulug' Vatan urushi yillarida adib jang maydonlari qaxramonlari va front orqasida kishilarning fidokorona mehnat mo'jizalarini aks ettiruvchi «Agar Vatan buyursa», «Chegarachi», «Olga qadam tashlanglar» she' larini yozish bilan birga, «Qurbon Umarov» (1941), «Davron ota», (1942) kabi p'esalarnipg yaratilishida faol ishtirok etdi. Urushdan keyingi yillarda Sobir Abdulla yaratgan «Vatan sevgisi», «Baxtim qilur namoyish», «Paxtakor tongi», «Ravshan zamon» qo'shiqlari xalqimizdagi vatanparvarlik va mehnatsevarlik fazilatlarini uluglashga xizmat qildi. Shoir g'azalnavis, qo'shiqchi shoir sifatida zamondoshi, do'sti G'afur G'ulom bilan hamkorlikda ijod qilgan. Umrining so'nggi yillarida demokrat shoir Muqimiy tarjimai holi badiiy aks ettnrilgan «Mavlono Muqimiy» nomli romanning ham muallifidir. Sobir Abdulla 1972 yilda og'ir hastalik bilan vafot etdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.85 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.85 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga