So'nggi yaqin o'n yilliklarda Yusuf Saryomiy hayoti va ijodining o'rganilishi

So'nggi yaqin o'n yilliklarda Yusuf Saryomiy hayoti va ijodining o'rganilishi

O'quvchilarga / Adabiyot
So'nggi yaqin o'n yilliklarda Yusuf Saryomiy hayoti va ijodining o'rganilishi - rasmi

Material tavsifi

So'nggi yaqin o'n yilliklarda Yusuf Saryomiy hayoti va ijodining o'rganilishi O'zbek mumtoz adabiyotining eng keyingi davri hisoblangan XIX asrning II yarmi XX asr boshlarini o'rganish borasida talay ishlar qilindi. Ayniqsa, bu davr adabiyotining xarakterli xususiyatlaridan bo'lgan ma'rifatchilikni tadqiq etishda bir qator yutuqlar qo'lga kiritildi. Bu borada A.Abdug'afurov, Sh.Yusupov, A.Jalolov kabi etiborli mutaxassislarimizning tadqiqotlari buni ko'rsatib turibdi. Shuningdek, bu davr adabiyoti ijtimoiy-fuqarolik motivlari nuqtai nazaridan ham keng tekshirildi va tekshirilmoqda. Bu jihatdan professor B.Qosimovning tadqiqotlari xarakterli. Muhimi shundaki, XIX asrning II yarmi XX asr boshlari o'zbek adabiyotini tadqiq etish jarayonida ko'plab yangi-yangi nomlar o'rtaga tushmoqda. B.Qosimov yuqorida tilga olingan «Izlay-izlay topganim» tadqiqotida mazkur davrda yashab o'tgan 70 dan ortiq ijodkorning ro'yxatini keltirgan edi. Ular, muallif aytganidek, hammasi ham bir xil mavqei, bir xil ijodiy taqdirga ega emas, albatta. Lekin diqqatga sazovor joyi shundaki, ularning aksariyati sohibi devondirlar. Katta bir qismi esa bevosita davrning ijtimoiy, siyosiy, madaniy voqealarida faol ishtirok etishgan. Davr ijodkorlari haqida gap ketar ekan, uning adabiyotshunoslik fanimiz allaqachon etirof etib asarlarini nashr qilgan va tadqiqotlar yozgan Muqimiy, Zavqiy, Furqat, Avaz kabi vakillari bo'lganidek, Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, Cho'lpon kabi zamona zayli bilan keyingi yillardagina ommalashtirilayotgan namoyandalari ham bor. Istiqlol tufayli ular ijodining keng ko'lamda talqin va tahlil etilayotgani tabiiy va qonuniy holdir. Bugun mustaqilligimiz sharofati bilan yana bir turkum ijodkorlarimizning hayoti va ijodi tadqiq etilib asarlari nashrga tayyorlanmoqdaki, ular sirasiga birinchi navbatda Ziyoviddin Haziniy va Yusuf Saryomiy kabilar kiradi. Zamonasining shoirlari va sher muxlislari orasida benihoya qadr va etibor topgan har ikki shoir o'zbek diniy-tasavvuf adabiyotining XIX asrning II yarmi XX asr boshlarida etishgan oliymaqom namoyandalari edilar. Agarda Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon kabi o'zbek jadid adabiyotining mumtoz vakillari o'zlarining istiqlol haqidagi g'oyalari bilan sho'ro adabiyotshunosligi andozalariga sig'may undan chetda tutilgan bo'lsalar, Haziniy va Saryomiy kabi ijodkorlar asarlarida diniy aqidalar, so'fiyona-mistik g'oyalarga keng o'rin berilgani tufayli adabiyotimiz tarixidan surib chiqarilgan edilar. Nihoyat, adolat tiklanib, haqiqat qaror topib xalqimiz mustaqillikni qo'lga olgach, ular o'z mavqelariga yarasha adabiyotga qaytarilmoqda. Mana shunday shart-sharoitlarda Yusuf Saryomiy hayoti va ijodini har tomonlama o'rganish hamda xolis baholash bugungi adabiyotshunoslik fanimizning kun tartibida turgan masalalaridandir. Yusuf Saryomiy hali hayot vaqtidayoq keng xalq ommasi orasida tanilgan va uning ijodiga bo'lgan etibor kuchaygan edi. Shoir ijodiga bo'lgan munosabatning natijasi o'laroq, uning asarlari o'sha davrda tuzilgan qo'lyozma va toshbosma bayoz-majmualarga («Bayoz» 1893, «Bayoz» (1907), «Armug'oni Xislat» (1911), «Bayozi Muhallo» (1912), «Bayozi gulshani ashor» (1912), «Bayozi Haziniy» (1912)) kiritiladi. Shu jihatdan mazkur bayozlarga Saryomiy ijodiy merosini to'plash va muxlislarga etkazishning eng avvalgi bosqichi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.02 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.02 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga