Soxta metod girdobi Sho'ro adabiyotshunosligida eng ko'p qo'llangan, olimu munaqqidlar tilidan tushunmagan, ammo dilga jo bo'lmagan, mohiyati zinhor yarq etib ochilmagan masala qaysi edi? Adabiyotga elday bostirib kirgan, bir pasda ham o'tmish ham kelajak san'atiga hukmini o'tkazmoqchi bo'lgan sotsialistik mamlakatlar adabiyoti tugul jahon halqalari sanyaatiga hukmronlik davo qilayotgan metod qaysi edi? Nihoyat, umri ilon chaqishiday qisqa, ammo zahri qotili million-million onglarini falaj qilayozgan nazariya qaysi edi? Barcha savollarning javobi bitta: sotsrealizm. O'zbek adabiyotshunosligida sotsrealizm haqida yozish, uni tatbiq qilish avjlanayotgan paytda bazi dadil haqiqatni aytishdan cho'chimaydigan yoshlar sotsrealizmga kafan bicha boshlagan edilar. Bu sinchkov yoshlar san'at tabiatida kata haqiqatni targ'ib qilish xususiyati mavjudligini, har xil soxta doktrinalarni haqiqat sifatida ilohiylashtiraverish g'irt zarar ekanligini dillaridan his etdilar. Avvaliga cho'chib sekingina aytilgan haqiqat bora-bora baralla yangray boshladi. Asrimizning 80 yillariga kelib sotsrealizm aksariyat adabiyotlarda nazariy-g'oyaviy murdaga aylangan, san'atshunosu adabiyotshunoslar undan qo'llarini yuvib qo'ltiqqa urib bo'lgan edilar. Afsuski, bazi adabiyotshunoslar hamon sotsrealizmga hurmat-etibor Bilan qarashmoqdalar, unga sadoqat ko'rsatmoqdalar. Biroq sotsrealizmga xayrixohlik bildirib yozilayotgan maqola, aytilayotgan mulohazalarda kishini ishontiradigan asos ko'rinmaydi. Sotsrealizm haqidagi qarashlarni Ozod Sharafiddinov soda, ravon ifoda qilgani menga nihoyatda yoqdi: «Sotsrealizm haqida ko'plab kitoblar o'qidim. Lekin, baribir pirovardida uning mohiyatini hech tushuna olmadim Yangi metod jahon estetikasi taraqqiyotida Yangi sahifa ochishi kerak. Xo'sh, sotsrealizm badiyat borasida qanday karomat ko'rsatdi? Bu savolga javob yo'q edi!» («Inson yo'l izlaydi» suhbat-maqola. «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi, 1996 yil 26 aprel.) Sotsrealizm «insonning o'zini anglash, o'zligini topish yo'lidagina zina» bo'la olmasligi prof. Akram Kattabekovning «Tarixiy xaqiqat va badiiy talqin» («Tafakkur» jurnali, 1996, 1-son) mAqolasida isbotlab berilgan: «Sotsrealizm metodining «hayotni inqilobiy taraqqiyotda ko'rsatish», jamiyat tarixini «sinfiy kuchlar kurashi tarzida aks ettirish»kabi talablari ijobiy qahramon yonida albatta Biron salbiy shaxs bo'lishi va ular qo'chqorlardek olishini shart qilib qo'yar edi». Sotsrealizm qahramon timsolini yaratishda bo'lmasin, hayotni tasvirlashda bo'lmasin, insoniyat tarixini aks ettirishda bo'lmasin o'z yo'riqlariga rioya qildi. u yo'riq Marks asarlarining buzuq-yoriq talqinlaridan g'oyalaridan, nihoyat, davlat tepasida turgan kishilarning boshqaruv usullariga moslangan qarashlardan iborat edi. Sotsrealizm metodidagi: «Hayotni haqqoniy aks ettirish iborasi siyosatchilarning ixtirosi edi, xolos. Ammo siquvning zo'rligidan faylasuf nazariyotchilar, yozuvchiyu adabiyotshunoslar sotsrealizmga ilmiylik libosini kiydirdilar, unga salobat, vazminlik ruhini singdirdilar. Sotsrealizmning asosi-«hayotni inqilobiy taraqqiyotda ko'rsatish» masalasiga bir nazar tashlayli. Professor ozod Sharafiddinov yuqorida eslatilgan maqolasida: «Aytadilarki, sotsrealizm voqelikni revolyutsion taraqqiyotda ko'rsatadi. Bu nima degani?», -deya asosli savol qo'yadi-da, -katta nazariyotchilar, jumladan Lunacharskiy buni shunday tushuntiradi: «Hayotda kamchiliklar borligi Aniq, ularni qalamga olish haqqoniy bo'lishi mumkin. Lekin kamchiliklar, nuqsonlar o'tkinchi, ular yuzasidan yoritishing lozim. Shu tariqa hayotning ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:40 ]
Arxiv ichida: doc