Tardu aks - rasmi

Material tavsifi

Tardu aks Tardu aks «teskari qilib takrorlash» manosini ifodalab, sherning birinchi misrasida keltirilgan ikki so'z yoki so'z bi-rikmalarini keyingi misrada o'rnini almashtirib qaytarish-dan iborat bo'lgan sheriy san'atdir. Bu xil qaytarish natija-sida mazkur so'z yoki so'z birikmalari yana bir bor takidlanib-gina qolmay, ularning manosi ham yangilanadi, misra mazmuni ham takomillashadi. Masalan, Bobur qalamiga mansub Ko'ngulga bo'ldi ajoyib balo qaro soching, Shikasta ko'ngluma ermish qaro balo soching baytining birinchi misrasidagi «balo» so'zi mustaqil holda «ofat» manosini, «qaro» so'zi esa sochning sifatini ifodala-gan bo'lsa, ikkinchi misrada bu ikki so'zning o'rni almashtiri-lishi natijasida ularning-mazmuni ham o'zgarib, «qaro» so'zi «balo» so'zining sifatlovChisigy aylanib bu so'zning manosini yanada kuchaytirgan, har ikki so'z qofiyadosh bo'lganligi sababli takror zulqofiyatayn san'atini hosil qilgan. Boburning Habib bo'lsa edi yo raqib o'lsa edi, Raqib o'lsa edi yo habib bo'lsa edi, baytida ikki so'z birikmasining o'rni almashinib takrorlan-gan. Oqibatda shu birikmalardagi fikr takidlanib, ularning ahamiyati kuchaytirilgan. Yuqoridagi xar ikki misolda so'z yoki birikmalar aynan, o'zgarishsiz takrorlangan. Bobur yaratgan Ne yerda bo'lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning, G'aribingg'a tarahhum aylagilkim, andijoniydur baytida birinchi misrada keltirilgan «andadur joni» so'zlari ikkinchi misrada biroz o'zgartirilib «andijoniydur» tarzida takrorlangan. Ko'rinib turibdiki, bu xil qaytariq birikma manosini keskin o'zgartirib yuborgan, so'z o'yini hosil qilgan, baytga ayricha bir latofat bag'ishlagan. Tardu aks san'atining ikki xil ko'rinishi mavjud bo'lib, so'z yoki so'z birikmalari ikkinchi misrada hech qanday o'zgarish-siz aynan takrorlansa, «aksi tomm» («to'la aks») deb, o'zgartirib takrorlansa, «aksi noqis» («nuqsonli aks») deb ataladi. Boburning avvalgi ikki bayti aksi tommga, keyingi bayti esa aksi noqisga misol bo'la oladi. Takrorlanuvchi so'zlar misralar boshida va qofiya o'rnida ke-lishi mumkin. Masalan, Navoiyning «Farhod va Shirin» dos-tonidan olingan Necha jonimg'a mundog' kecha o'lg'ay, Kecha jonimg'a mundog' necha o'lg'ay baytidagi, Boburning Forig' erdim qanoatim bor edi, Qoni erdim farog'atim bor edi baytidagi tardu aks shu xildadir. Takrorlanuvchi so'zlar misralar o'rtasi va qofiya o'rnida ham keladi. Jumladan, Boburning Nechakim qildim vafo, ko'rdum jafo, Nechakim ko'rdum jafo, qildim vafo bayti shu xil tardu aksga misol bo'ladi. Qofiyadosh so'zlarning bu xil takrori, yuqorida ham ko'rganimizdek, zulqofiyatayn san'atini vujudga keltiradi. Bazan shu xil qaytariq tarsi san'atini ham ro'yobga chiqarishi mumkin. Chunonchi, Boburning Har nechuk tavr qil, bu javr etma, Har nechuk javr qil, bu tavr etma baytida «javr» va «tavr» qofiyadosh so'zlarining o'zgarishsiz takrori tarsi hosil qilgan. Alisher Navoiyning «Sabai sayyora» dostonydagi Dasht aro bir qaro ko'runmish anga, Bir qaro dasht aro ko'rinmish anga. Muncha mehnat aro bu fursat ila, Muncha fursat aro bu mehnat ila, «Saddi Iskandariy» ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.66 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.66 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga