Tursunoy Sodiqova

Tursunoy Sodiqova

O'quvchilarga / Adabiyot
Tursunoy Sodiqova - rasmi

Material tavsifi

Tursunoy Sodiqova (1944) Shoira Tursunoy Sodiqova nozik ta'b, o'tkir didli, nafosatli adibalarimizdan biri. U 1944 yili Toshkentda tavallud tongan. Urush davri farzandi. Binobarin, hayotning achchiq chuchuklaridan boxabar. Shuning uchun ham uning she'rlarida umid, e'tiqod, yaxshi odamlar va yaxshi kunlarga ishonch bosh o'rinda turadi. U o'rta maktabdan so'ng 1961 - 1966 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida tah'sil olgan. Dastlabki mashqlari shu yerda paydo bo'lgan. Bo'lg'usi shoira avval maktablarda, so'ngra yoshlar tashkilotlarida ishlagan. Hozirgi kunda esa Andijon Davlat Tillar institutida talabalarga saboq bermoqda. Filologiya fanlari nomzodi. Uvali-juvali, viloyat va Respublikada yaxshi tanilgan, e'tiborli jamoatchi hamdir. Uning birinchi she'ri 1961 yilda «Lenin uchquni» ro'znomasida bosilgan. Hozirgacha beshdan ortiq to'plamlari chop etilgan. «Qizlar daftari» (1973) she'riy turkumining tashkilotchilari va mualliflaridan biridir. Shoiraning birinchi she'riy guldastasi «Kuy» nomi bilan 1978 yilda chop etilgan. Ha, chindan ham yaxshi she'r - orombahsh kuydek kishiga huzur bag'ishlaydi. Tuyg'ularni qitiqlab, orzu-o'ylarga, xayollarga yetaklaydi. Tursunoyning ushbu |«Kuy»ini o'qisang, tinglasang arziydigan kuy. Kuy bo'lganda ham orombahsh kuy. To'plamdagi she'rlar bir-biridagi fikr va g'oyani to'ldirib boradi. Eng muhimi yangi-yangi fikr bo'lib tug'iladi, fikrlarga, tuyg'ularga yetaklaydi. «Ko'zlarim» she'riga quloq soling-a: Qarashlarim humorida emish allakim, Kimlargadir orom bo'lib qo'nar ko'zlarim. Allakimni tentiratar hasad tunida, Do'st qalbida kunduz misol yonar ko'zlarim,- desa, «O'quvchimga» she'rida eidi yuqoridagidek maftunkor va afsunkor, jozibali va sadoqatli yor timsolida emas, balki mehribon murabbiy, kechirimli ona sifatida namoyon bo'ladi. To'plamdagi ko'pchilik she'rlar katta bir dard bilan, zo'r zarb bilan yozilganligini his etish qiyin emas. Ma'lumki, ona mavzui muhabbat mavzui kabi boqiydir. Shoira ona haqida kuylar ekan, hech kimni, hatto o'zini ham takrorlamaydi. Loaqal uning «Armonlarim» she'ridagi so'nggi: «Uchrashmagan uchrashuvlar qoldi yo'llarda» misrasiga e'tibor bering-a?! Ha, bu misrada qancha armonlar, o'ylar, tuyg'ular bor? Xullas, Tursunoy she'rlari goh o'ynoqi, sho'x, shalolalardek zavqli, qudratli, ba'zi she'rlari og'ir, vaznin, o'y-xayolga toldiruvchi, inson, hayot, muhabbat va taqdir haqida yana ham chuqurroq o'ylashga da'vat etuvchidir. U «Firoq» degan bir she'rida daryoga murojaat etib: «Betoqatsan, toshqin oqasan» degan edi. Shoiraning keyingi «Iqbol» (1984), «Dil gavhari» (1985) she'riy to'plamlaridagi ko'pchilik asarlarida ham ana shu holat ko'zga yaqqol tashlanib turadi. Mazkur to'plamlarning birinchisida agar insoniy his-tuyg'ular, g'urur, inson ve ezgulik, oliyjanoblik va chin muhabbat kuylansa, keyingi guldastasida lirik, falsafiy ohangdorlik yetakchilik qiladi. Biz bu borada unga omad tilaymiz. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.14 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.14 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga