Ubaydulla Solih оg'li Zavqiy Reja: Zavqiy ijodini o'rganish tarixi. Zavqiy - lirik shoir Zavqiy-satirik shoir Zavqiyning fevral' va oktyabr' revolyutsiyasi Оzbek demokratik adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Ubaydulla usta Solih o'o'li-Zavqiy o'zbek demokratik adabiyoti tarixida ajoyib lirik shoir sifatida hamda demokratik o'oyalarni erkin kuylagan, hajviyotni rivojlantirishda barakali hissa qo'shgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Zavqiy adabiy merosi bizgacha to'la etib kelmagan bo'lsa-da, o'zbek adabiyotshunosligida bu jo'shqin ijodkorning hayot yo'li va adabiy merosini o'rganish ishiga ahamiyat berib kelingan. Hatto XX asr boshlaridagi uning ayrim asarlari Muqimiy, Furqat asarlari bilan birga bayozlarga kiritilgan. XX asr matbuotida Zavqiyning biografiyasi, xalanlariga qarshi qaratilgan ijtimoiy va adabiy faoliyati haqida dastlab ma'lumot bergan, maqolalar e'lon qilgan marhum adabiyotshunos Sharif Rizodir. U «Guliston» jurnalining 1939 yil, 10-sonida, «Оzbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi 1940 yil 1-sonida va «Literatura i isskustvo Uzbekistana» g. 194o yil z-sonida ma'lumotlar bergan. Zavqiy adabiy merosini to'plash va ular ustida tadqiqot olib borish yuzasidan adabiyotshunos H.Razzoqov (Andijon Davlat pedagogika professori) amalga oshirgan ishlar diqqatga sazovordir. U yozma manbalarda oz miqdorda uchraydigan shoir asarlarini xalq orasidan yio'ish, tanish-bilish, yor-birodorlari qo'lida yoki xotirasida saqlanib qolganlarini yozib olish natijasida shoir adabiy merosini to'plab, Zavqiy Tanlangan asarlarini 1958 yilda nashrdan chiqazdi. H.Razzoqov asarlarini 1958 yilda nashrdan chiqazdi. H.Razzoqov Zavqiy ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borib, 1955 yilda «Fan» nashriyotidan «Zavqiy» monografiyasini chiqadi. Оz davrining ilo'or fikrli shoiri bo'lgan Zavqiy ijodiyotiga qiziqish tobora ortib bordi, u Urta maktab va oliy o'quv yurtlari programmalaridan o'rin oldi. Shoirning ijtimoiy-falsafiy fikrlari yuzasidan I.Mo'minov (Оzbekistonda ijtiomiy-falsafiy tafakkuri tarixidan, T., 1960)ning ishi va hajviyoti to'o'risida A.Abduo'afurovning («Оzbek demokratik adabiyotida satira») kitobi maydonga keldi. Professor ¢.Karimov «Оzbek demokratik shoiri Muqimiy va uning davri adabiyoti» doktorlik dissertatsiyasida va «Оzbek adabiyoti tarixi, Sh kitob darslikligida Zavqiy ijodiga katta o'rin ajratadi. Nihoyat, besh tomlik «Оzbek adabiyoti tarixi»ning 5 tomida Zavqiy haqida atroflicha ma'lumot beruvchi maxsus bob ajratildi. Ubaydulla Solih o'o'li-Zavqiy 1853 yilda Qo'qon shahrining Shayxon dohasida (hozirgi Zavqiy mahal.) kosib-Xunarmand oilasida tuo'ildi. Zavqiyning otasi mahsido'z bo'lib, oo'ir mehnat ostida kambao'alchilik bilan umr o'tkazar edi. Zavqiy bolalik yillarini o'sha zamonning eski usuldagi maktablarida o'tkazib, xat-savodini chiqargandan so'ng, taxminan, 1870-1871 yillarda ilm havaskori va shoir bo'lgan too'asining yordamida madrasaga o'qishga kirdi. Shunday qilib, Zavqiy Qo'qondagi «Madrasai Mir» va «Salpak» madrasalarida ta'lim ola boshladi. Lekin oradan ko'p o'tmay ikki oyoo'i shol bo'lib, o'tirib qolgan tasini boqish, oilani tebratish zaruriyati tuo'ilgani uchun u 1874 yilda madrasadagi o'qishini to'xtatishga va ota kasbi-mahsido'zlik bilan shuo'ullanishiga majbur bo'ldi. Zavqiydagi estetik zavqning rivojlanishida, albatta, madrasa programmasiga muvofiq o'qiladigan Sharq ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
38.8 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:44
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
38.8 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:44 ]
Arxiv ichida: pptx