Usmon Nosir ijodi R e j a 1. U.Nosir hayoti va ijodi haqida qisqacha ma'lumot. 2. U.Nosir ijodining o'ziga xosligi. 3. U.Nosir she'riyati poetikasi. 4. U.Nosir-dramaturg va tarjimon. U.Nosir o'zbek she'riyatiga chaqmoqday yalt etib kirib kelgan va yorqin iz qoldirgan iste'dodli ijodkorlardan biridir. U 1912 yil 13-noyabrdan Namangan shahrida hunarmand oilasida tug'ilgan. U yoshligidan otasidan judo bo'ladi va onasi Xolambibi Qo'qonlik Nosirhojiboyga turmushga chiqqach Qo'qonga ko'chib keladi. U.Nosir dastlabki savodini Qo'qonda ochilgan internatda chiqaradi. U Qo'qondagi 2-bosqich deb atalgan o'rta maktabni tugallagach, 30-yillarning boshlarida Samarqanddagi pedakademiyaning (hozirgi SamDU) til va adabiyot fakultetida ta'lim oladi. U.Nosirning dastlabki mashqlari internatda o'qib yurganidayoq yaratila boshlagan edi. Shoir ijodiy merosi birin-ketin nashr qilangan beshta she'riy to'plam - «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1933), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) hamda «Norbo'ta « (1932), «Shaxshon» (1934) deb nomlanuvchi ikki doston va «Atlas» nomli she'riy dramalardan tashkil topgan. Bundan tashqarii, Pushkinning «Bog'chasaroy fontani» va Lermentovning «Iblis» («Demon») asarlarini o'zbekchaga o'girgan. Mustabid tuzumning 30-yillardagi qatog'onlik siyosati U.Nosirni o'z qurboniga aylantirdi. 1937 yilda qamoqqa olingan U.Nosir tutqunlikning og'ir azob-uqubatlari oqibatida 1944 yilda vafot etadi. U.Nosir ijodini mavzu ko'lami va poetik obrazlar yaratishi nuqtai nazaridan ikki yo'nalishga ajratish mumkin. Birinchi yo'nalishni davr uchun an'anaviy yo'sinda bo'lgan, zamondosh shoirlar ijodi uchun ham xarakterli bo'lgan mavzularda yaratilgan asarlari tashkil etadi. «Bobomning falsafasi», «Karvon boradi», «Begona, «Gulzor-chaman» deb boshlanuvchi she'rlari, «Norbo'ta», «Naxshon» dostonlari, «Atlas» dramasi shular jumlasidandir. Bu tipdagi asarlarda ham garchi shoirning mahorati ko'zga tashlansa-da, biroq lirik qahoamon ruhiyatida kechayotgan tuyg'ular zamon g'oyalariga mos yoki Ushbu g'oyalarni o'zida mujassamlashtirganligi bilan xarakterlanadi. Bu hol esa lirik qahramon qiyofasiga ma'lum darajadasoya tashlaydi, soxta ko'tarinkilik bahsh etadi. U.Nosir ijodining asosini ikkinchi yo'nalish, ya'ni poetik mahorat bilan yaratilgan chinakam san'at namunasi darajasiga ko'tarilgan asarlari tashkil etadi. Bu jihatdan shoirning «Yurak», «Ikki she'r», «Yana she'rimga», «Bog'im», «Namimaga deganim», «Yo'lchi», «Shirin bo'ldi hayot iqlimi», «Yuoraman oqarib yotadi yo'llar», «Moviylik dengizi borliqni ko'mgan», «Monolog», «Nil va Rim» kabi ko'plab lirik, falsafiy xaraterdagi she'rlar, sonetlar xarakerlidir. Bu tipdagi she'rlarda shoir lirik qahramonning turfa xil ruhiy holatlarini mohirlik bilan chizadi. «Yurak» she'rida lirik qahramon qalbi yashash zavqi, ijod dardi bilan to'lib-toshgan yuksak vatanparvarlik timsoli sifatida namoyon bo'ladi. Lirik qahramon shijoati, e'tiqodi shunday kuchliki, u hech qanday murosaga yo'l qo'ymaydi. Itoat et. Agar sendan Vatan rozi emas bo'lsa, Yoril, chaqmoqqa aylan sen, Yoril. Mayli tamom o'lsam. U.Nosir faqat lirik xarakterdagi she'rlar yaratibgina qolmay, falsafiy she'rlarning ham go'zal namunalarini taqdim etgan shoirdir. Uning «Monolog», «Nil va Rim» kabi asarlari shular jumlasidandir. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
447.15 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
447.15 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:44 ]
Arxiv ichida: doc