Vali G'afurov

Vali G'afurov

O'quvchilarga / Adabiyot
Vali G'afurov - rasmi

Material tavsifi

Vali G'afurov Jangchi adib Vali G'afurov o'zining ikki kitobdan iborat «Vafodor» romani, «So'nggi pushaymon», «Botirga o'lim yo'q» kabi qissalari, «Shoxlardagi mezonlar» kabi memuar va o'nlab ajoyib hnkoyalar muallifi sifatida adabiy jarayonga hissa qo'shib keladi. U 1922 yilda Toshkentda tug'ilgan. Tarjimai holi nihoyatda oddiy, ayni chog'da hayajonli, jasoratga to'la, sermazmun. Oddiyligk - u ayrim hamkasblari kabi lavozimlarda o'tirmadi. O'qish, mehnat bilan mashg'ul bo'ldi. Toshkent Davlat dorilfununida tahsil oldi, Samarqand viloyat maktablarida o'qituvchilik dildi. 19 yoshga yetar-yetmas jangu jadalga yo'l oldi. Stalingrad ostonalarida mardlik, qahramonlik namunalarini ko'rsatdi. Navbatdagi razvedka vaqtida bir yo'la ikki ko'zidan ajraldi, bir oyog'i nogiron bo'lib qoldi. Jangdan qaytgach tirishqoqligi, mehnatsevarligi va yaxshi odamlar ko'magida brail-igna bilan yozish, o'qish usulini tezda o'zlashtirib oldi. O'qituvchilik qildi, ko'zi ojizlarga rahbarlik qildi. Va nihoyat, 60- yillar boshlariga kelib uning igna bilan yozilgan «Vafodor» romanining birinchi kitobi nashr etildi. 1973 yilda «Vafodor» romanining ikkinchi kitobi: paydo bo'ldi. Asar kitobxon va adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi, rus va qardosh tillarga tarjima bo'ldi. Romanda yozuvchining shaxsiy hayoti, Taqdiri orqali xalqimizga xos metin-mustahkam iroda, qahramonlik, birodarlik tuyg'ulari ulug'landi. Vali G'ofurov Vafodor romanidan so'ng So'nggi pushaymon, Botirga o'lim yo'q kabi qissalar, Shoxlardagi mezonlar kabi memuar xarakterdagi polotnolar va ko'plab hikoyalar yaratdi. Ular orasida So'nggi pushaymon qissasi alohida ajrab turadi. Unda zamonamiz va zamondosh yoshlarning ma'naviy-axloqiy barkamollashuviga to'siq bo'layotgan ayrim eskicha urf-odatlar, nuqsonlarni bartaraf etish yo'llari izlanadi. U O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.84 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.84 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga