XIII-XIV asrlar adabiyoti. Nosiruddin Rabg'uziy. Pahlavon Mahmud

XIII-XIV asrlar adabiyoti. Nosiruddin Rabg'uziy. Pahlavon Mahmud

O'quvchilarga / Adabiyot
XIII-XIV asrlar adabiyoti. Nosiruddin Rabg'uziy. Pahlavon Mahmud - rasmi

Material tavsifi

XII-XIV asrlar adabiyoti. Nosiruddin Rabg'uziy. Pahlavon Mahmud Reja: XII-XIV asrlar adabiyotining xarakterli jihatlari. Nosiruddin Rabg'uziy va uning Qisasi Rabg'uziy asari. Qisasi Rabg'uziy da axloqiy-ta'limiy qarashlar. Pahlavon Mahmud. Shoir ruboiylari. XII-XIV asrlar o'zbek adabiyoti tarixida muhim bosqich bo'ldi. Siyosiy va madaniy hayotdagi ziddiyatlar adabiyotda ham o'z aksini topa bordi va undagi diniy, tasavvufiy hamda dunyoviy yo'nalishlarning kuchayishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Bu davrda ijtimoiy-siyosiy, madaniy adabiy hayotni tasavvur etishga imkon beruvchi bir qator tarixiy asarlar yuzaga keldi. Fazlulloh Rashiddiddinning Jome ut-tavorih, Atomalik Juvayniyning Tarixi jahongo'sha, Faxriddin Banokatiyning Ravzat ul-ahbob Hamdulloh Qazviniyning Nuzxat al-qulub kabi asarlari shular jumlasidandir. Ular bergan ma'lumotlar XII asr oxiri XIV asr boshlarida mamlakat hayotida ma'lum obodlik boshlanganini ko'rsatadi. Xususan, Buxoro, Samarqand kabi shaharlar va ular atrofida hunarmandchilik ancha rivojlandi. Savdo karvoni yo'li ustida bo'lgan Urganchda qadimgi an'analar tiklana boshladi. Bu davrda badiiy adabiyot real tarixiy hodisalarni atroflicha aks ettira boshlaydi. Ayniqsa, Chingizxon istilosi bilan bog'liq voqealarning xalq og'azaki ijodidagi ifodasi ancha ochiq ko'rinadi. (Masalan, Guldursun afsonasi). Yozma adabiyotda bir necha tilda ijod etish ko'zga tashlanadi. Asli balxlik bo'lgan Jaloliddin Rumiy Kichik Osiyoga borib, fors tojik va turkiy tilida asarlar yozadi. Hisomiy Osiliy esa asarlarni fors- tojik, turkiy va arab tillarida yaratgan. Bu davrda mulamma- shiru shakar taraqqiy qildi. Purbahoi Jomiy Turkiy fors-tojik va turkiy tilida qasidalar bitgan. Xorazmiyning Muhabbatnomasi o'zbek va fors-tojik tillarida yaratilgan. O'n bir nomadan iborat bo'lgan bu asarning 4 va 8-nomalari fors-tojik tilida yaratilgan. Bu haqda shoir shunday deydi: Qilayin ikki bobin forsiy ham Kim atlas to'n yarashur bo'lsa ma'lam. Bu an'ana keyingi davr adabiyotida ham ko'zga tashlanadi. Masalan, Alisher Navoiyning Xazoyin ul-maoniy asari to'rtinchi devonidagi 443-g'azal ikki o'zbek va arab tillarida yaratilgan: Ul koni malohatda demon bor edi bir on, Lav tanzur fi husnihi-l-on noma kon O'lgum susabon hajr biyobonida, rahm et, Konat shafahak aynu hayot ano atshon. Bu davrda Rabg'uziy, Pahlavon Mahmud, Badriddin Chochiy, Qutb, Sayfi Saroiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy singari so'z ustalari adabiyot olamiga kirib keldi. G'azal lirikadagi asosiy o'rinni egalladi. Ruboiy, tuyuq kabi kichik janrlar ham katta mavqega ega bo'ldi. O'zbek dostonchiligi yangi an'analar bilan boyidi. Qasida, masnaviy, soqiynoma kabi janrlar takomillashdi. Nasrchilikda bu davr adabiyotining eng yirik namunasi sifatida Rabg'uziyning Qissasul anbiyoi turkiy yoki Qisasi Rabg'uziy ni ko'rsatish mumkin. Rabg'uziy turkiy yozma adabiyot tarixida alohida mavqe qozongan adibdir. Uning asl ismi Nosiruddin bo'lib, Xorazmning Raboti O'g'o'z degan joyida shu mahalla qozisi oilasida dunyoga kelgan. Rabg'uziyning hayoti va ijodi haqida juda kam ma'lumot yetib kelganligiga qaramay, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.96 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.96 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga